Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni
Hozirgi kunda respublikamizda juda ko‘plab filial va mini banklar-ga ega bo‘lgan keng tarmoqli 31 ta tijorat banki Markaziy bank bosh-chiligida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, muassa-salar hamda yuridik maqomga ega bo‘lmagan tadbirkorlar va barcha jis-moniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi. Banklar tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan turli mulkchilik shakllaridagi korxona, tashkilot, muassasalar, tadbirkorlar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi.
Chunki har doim ham bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir bank mijozi bo‘lavermaydilar. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (aylanmalar) orqali olib boriladi. Banklararo aylanmalarning mazmuni shundan iboratki, bunda bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘idan boshqa bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘iga hujjatda ko‘rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o‘tkaziladi.
Demak, bir-birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarning hisobvaraqlari turli banklarda ochilganligi ikkita bank o‘rtasidagi hisob-kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o‘zaro aloqada bo‘lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo aylanmalar vujudga kelmaydi. Unda pul o‘tkazish operatsiyalari bir bankning o‘zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi aylanmalar boshlang‘ich bank aylanmalari deyiladi. Operatsiyalarni tugallagan bankdagi aylanmalar yakuniy aylanmalar deyiladi. Har bir boshlang‘ich aylanmaga yakuniy aylanma mos kelishi shart. Bu banklar o‘rtasida operatsiyalar yakunlan-ganini bildiradi.
Mustaqillik yillarida yangi bank tizimi barpo etilishi munosabati bilan banklararo hisob-kitoblarga ham o‘zgarishlar kiritildi, progressiv usullar izlab topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 1995-yilda Markaziy bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo‘natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi “elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.
2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta o‘zgarish-lar bo‘lib, banklararo hisob-kitoblar yagona vakillik hisobvarag‘i asosida tashkil etila boshlandi. Hududiy hisob-kitob Markazlarining faoliyati tugatilib, faqat Toshkent shahar Hisob-kitob Markazi faoliyati saqlab qolindi. Hozirgi kunda turli tipdagi banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar aynan Toshkent shahar Hisob-kitob Markazi orqali amalga oshiriladi. Bir tipdagi bankka tegishli bo‘lgan barcha operatsiyalar bosh bankning yagona vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |