Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni



Download 252,07 Kb.
bet4/7
Sana26.05.2022
Hajmi252,07 Kb.
#609469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-Banklararo hisob

Hisob-kitoblar Markazi – bu O‘zbekiston Respublikasi Marka-ziy banki hududiy bosh boshqarmalarining buxgalteriya hisobi, hisob va hisob-kitoblar boshqarmasining bo‘limi bo‘lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.

7.3. Elektron to‘lovlar tizimining joriy etilishi

O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan bank tizimida bir qator o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Ikki pog‘onali bank tizimi paydo bo‘ldi, tijorat banklarining shoxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari, turli mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi banklar o‘rtasidagi munosabatlarning ko‘payishiga olib keldi. Shu munosabatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tugildi.


Ilgari pochta yoki telegraf orqali to‘lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo‘natilganda to‘lovlar bir necha kunga, hatto 15-20 kunga cho‘zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo‘na-tish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to‘lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yilning 18-martdagi 146-sonli “Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari” haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshi-lash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular quyidagilardir:
1. Bank tizimini kompyuterlashtirish va bank kompyuter markazlari-ni joriy etish;
2. Elektron pochta (elektron to‘lovlar) tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
3. Hisob ishlarini avtomatizatsiyalashtirish;
4. Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalari o‘tkazishning oldini olish;
5. Noqonuniy avizo-ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik.
6. Pochta avizolarini bekor qilish.
Ko‘pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexani-zatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to‘lovlar tizimini texnik jihatdan o‘rnatishning uncha qimmat emasligi, qisqa muddatda tatbiq etilishi, kadrlarni tez muddatlarda o‘qitilishi yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi. Dastlab tajriba o‘tkazildi. 1994-yilning iyul-oktabr oylarida Markaziy bank tomonidan dastur ishlab chiqildi va shu yilning 1-oktabridan elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalanila boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo‘yicha o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab to‘lovlarni 2-4 kun ichida o‘tkazilishga erishildi.
Iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995-yil boshidan boshlab har bir viloyatda Markaziy bank qoshidagi hududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari faoliyat ko‘rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to‘xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Res-publika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog‘i bilan ikki kun ichida o‘tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi.




Download 252,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish