Elektron to‘lovlar tizimi bu – umumdavlat tizimi bo‘lib, bank-lararo to‘lovlarni tashkil etadi va u qog‘ozsiz texnologiyalarni O‘zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o‘tkazilishiga asoslangan.
|
Hozirgi kunda elektron to‘lovlar tizimi yuqori o‘tkazish imkoniya-tiga ega bo‘lib, to‘lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobay-nida o‘tishini ta’minlaydi. Elektron to‘lovlar tizimi quyidagi funksiya-larni bajaradi:
1. O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni jadallashtirish;
2. Uzatiladigan elektron to‘lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl etishdan himoya qilish;
3. Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish;
4. Kredit va risk darajasini boshqarish;
5. To‘lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga rioya qilish;
6. Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank fao-liyati me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha Markaziy bankning nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish;
7. Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Elektron to‘lovlarni o‘tkazishda initsiator va benifitsiar banklar ishtirok etadi. Initsiator bank bu – to‘lov operatsiyalarini boshlovchi bank, benifitsiar bank esa to‘lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. Banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar elektron to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Elektron to‘lov hujjati O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-kitob hujjatlari asl nusxasi asosida yaratilgan “elektron” belgili hujjat bo‘lib, uning asosiy nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo‘ladi. Elektron to‘lovlar tizimida uzatish uchun mo‘ljallangan hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilganligi uchun bank mijozi javobgar bo‘ladi.
Hududiy axborotlashtirish markaziga qayta ishlash uchun uzatila-digan elektron to‘lov hujjatlarini hisoblab o‘tkazish, hisobdan chiqarish va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to‘g‘riligi uchun javob-garlik initsiator bankka, hududiy axborotlashtirish markazidan qabul qili-nadigan to‘lov hujjatlari uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi.
Elektron to‘lov tizimi bir qator prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatib, ular quyidagilardir:
1. To‘lovlar bo‘yicha transaksiyani o‘tkazish tashabbusi initsiator-bankka tegishli bo‘ladi;
2. To‘lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanma-lar va qoldiq mablag‘lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3. Amalga oshirilgan transaksiya qaytarilmaydi;
4. To‘lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan;
5. To‘lovlarning initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvara-g‘idagi mablag‘ qoldigi chegarasida to‘lanadi. Undan ortiqcha mablag‘ sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Elektron to‘lovlar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Marka-ziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to‘lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markaz-lari va tijorat banklari hisoblanadi. Elektron to‘lovlar tizimi ishtirokchi-lari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari tijorat banklari, axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to‘lovlar tizimiga ko‘shilishi uchun avvalo Respublika Markaziy bankida ro‘yxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ushbu bank elektron to‘lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo‘lishi lozim. Shundan so‘ng bank elektron to‘lovlar tizimiga ulanguncha axborotlashtirish bosh markazi xodimlari yordamida ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish bo‘yicha bir necha sinov tajribalarini o‘tkazish yo‘li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o‘tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so‘ng hududiy axborotlashtirish markazida bankning elekron to‘lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va bank elektron to‘lovlar tizimiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |