Девальвация ва ревальвациянинг инфляцияни пасайтиришдаги роли (пул қадри, девальвация, ревальвация, тўлов баланси). Devalvatsiya odatda eksportni, revalvatsiya esa importni rag‘batlantiradi. Jahon valyuta tizimining barqarorsizligi Xalqaro savdo va hisob-kitoblar sharoitlarini yomonlashtiradi. Milliy valyuta kursining pasayishi kutilgan holda eksport va import bo‘yicha to‘lov muddatlarining o‘rnidan siljishi ro‘y beradi, ya'ni importyorlar to‘lovlarni tezlashtirishga, eksportyorlar esa aksincha xorijiy valyutadagi tushumni olishni kechiktirishga harakat qiladilar. Xalqaro hisob-kitoblar muddatlaridagi kichik bir qisqa uzilish mamlakatdan kapitallarni chetga oqib ketishiga olib kelishi mumkin. Baho va to‘lov valyutasi sifatida ishlatilayotgan yetakchi valyutalar kurslarining tebranishi ko‘pchilik davlatlarning to‘lov balanslariga ta'sir etadi. eksportni rag‘batlantirish, tovarlar importini qisqartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |