Валюта курсларининг ўзгарувчанлигининг камчиликлари (курс, валюта, мамлакат). Valyuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro iqtisodiy, shu jumladan valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar muvozanatsizligini kuchaytiradi hamda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga, ayrim davlatlarni zararlarga, ayrimlarini esa yutuqlarga olib keladi. Milliy valyuta kursining pasayishi importning qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa mamlakat ichkarisida baholar o‘sishiga, tovar olib kirish va iste'mol qilishni qisqarishiga hamda milliy tovar ishlab chiqarishni o‘sishiga olib keladi. Valyuta kursi ko‘tarilsa mamlakat ichkarisidagi baholarning raqobatdoshligi hamda eksportning samaradorligi pasayadi. o‘z navbatida ushbu jarayonlar eksport tarmoqlari hamda yalpi milliy ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
57.Валюта операцияларини суғурталаш (хеджирлаш, муддатли, спот, своп). Valyuta tavakkalchiligini sug'urtalashning eng keng tarqalgan usullari quyidagilardir: xedjirovka, "mos kelish" usuli, "netting" usuli, shuningdek forvard operatsiyalari - forvard operatsiyalari, valyuta fyucherslari, valyuta opsiyalari, svop operatsiyalari. Bundan tashqari, ba'zi tijorat banklarining risk menejerlari VaR (Value-at-risk) ni hisoblashadi. Xedjlash (inglizcha hedge - sug'urta, kafolat) - boshqa bozorda teng, ammo qarama-qarshi pozitsiyaning narx xatarlari ta'sirini qoplash uchun bitta bozorda bitimlar ochish. Odatda xedjing lotin bozorlarida bitimlar tuzish orqali narxlarning o'zgarishi xavfini sug'urta qilish maqsadida amalga oshiriladi. Валюта операцияларининг ўз характери ва намоён бўлиш усулига кўра, улар қуйидагиларга бўлинади:Muddatli: Forvard, Valyuta opsionlari, Valyuta fyucherslari; Cpot, Cvop.
58. Валюта тизими ва унинг бўғинлари (давлат, валюта, тизим, элемент) Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.5 Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlathuquqiy shaklidir.6 Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Valyuta tizimlarining 3 ko'rinishi farqlanadi, ya'ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta munosabatlarining yig’indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi. Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo’jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo'lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.
60.
Do'stlaringiz bilan baham: |