БД-81, 82,83,84-II-босқич гуруҳи талабалари учун “Банк ва молия бозорлари” фанидан 2021/2022 ўқув йили 1-семестр якуний назорат бўйича ёзма иш саволлари
40.Банк тизими (банк, марказий банк, қоидалар, урф-одатлар, қонун). Bank tizimi vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini akkumulyatsiya qilish funksiyasini amalga oshiradi. Bank tizimining muvoffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko‘rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish bog‘liq bo‘ladi. Bank deb pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 2 pog’onadan iborat: 1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki; 2.Tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari. Мамлакатнинг Марказий Банки - шу давлат банк тизимининг асосий кисми бўлиб ҳисобланади. Марказий банк- биринчи уринда давлат ва иқтисодиёт ўртасида воситачи бўлиб хизмат килади. Аммо Марказий банк уз олдига фойда олишни максад килиб куймайди. Марказий банкнинг асосий функцияси:- «муомалага кредит пуллари- банкноталарни чиқариш ва пул муомаласини тартибга солишдан иборатдир».
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘grisida” gi Qonuni hamda "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi Qonun, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. Банкнинг бошқарув органлари қуйидагилар ҳисобланади: I. Акциядорлар умумий йиғилиши. II.Банк кенгаши (кузатув кенгаши) III.Банк бошқаруви. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo‘linadi. Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: - passiv operatsiyalar; - aktiv ssuda operatsiyalari; - bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; - bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar.
41.Банклар ва уларнинг вазифалари. (банк, пул маблағлари, вазифа, муассаса). Tijorat banklari aholiga va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, hisob-kitob kassa xizmat ko‘rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar berish huquqini berilganligidir. Tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish. 2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. 4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish. 5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish. 6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish. Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug‘urta va savdo faoliyati bilan shug‘ullanish man etilgan instituti. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. bank faoliyati “hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak.
42.Банкларнинг актив операциялари (кредит, фоиз, даромад, харажат). Bankning aktiv operatsiyalari uning operatsiyalarining aniqlab beruvchi qismi xisoblanadi. Aktivlar strukturasi deganda bank balansi aktivlari turli sifatli moddalarining balans yakuniga nisbati tushuniladi. Bank aktivlarining sifati aktivlar strukturasi, aktiv operatsiyalarni diversifikatsiyalash, riskli aktivlar hajmi, kritik va to’liq bo’lmagan aktivlar xamda aktivlarning o’zgaruvchanlik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Tijorat banklari aktivlarini 4 kategoriyaga bo’lish mumkin: kassadagi naqd pul va unga tenglashgan mablag’lar; qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar; ssudalar; imorat va uskunalar. Agar aktivlar tarkibini bank faoliyatidagi assosiy turlari bo’yicha guruhlashtirsak, u xolda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: 1. Bank aktiv operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit operatsiyalar egallaydi. Ularning ulushi 19,90% dan 83,25% gacha tashkil etadi. 2. Bank aktivlarida ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi (2,15% dan 29,18% gacha). 3. Uchinchi o’rinda — kassa aktivlari (0,2% dan 12,94% gacha). 4. Boshqa aktivlar ulushi xisob-kitob xususiyatlaridan kelib chiqib bank operatsiyalarida juda ham keng spektrni o’z ichiga oladi (2% dan 78% gacha). Bank aktiv operatsiyalari asosan 4 qismdan iborat: 1.Mablag’larni boshqarilishi. 2.Kreditlar: boshqa banklarga kredit, Mijozlarga kredit Asosiy kapitalga nvestitsiyalar. 3.Qimmatbaho qog’ozlar investitsiyalar: Asosiy kapitalga nvestitsiyalar, Fond bozoridagi operatsiyalar. 4.Tijorat banklari boshqa operatsiyalari: Lizing operatsiyalari, Faktoring operatsiyalari, Ipoteka operatsiyasi.
43.Банкларнинг иқтисодиётдаги ўрни ва аҳамияти (банк, пул, ўтказма, кредит, жамғарма). Banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilardan iborat: jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida
o’ziga jalb etadi; qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag’lar beradi; milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul -kredit siyosatini amalga oshiradi; pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi; aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu
mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni
qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta
taqsimlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |