Банк ва молия бозорлари


Валюта бозори ва уни турлари



Download 31,73 Kb.
bet4/7
Sana21.07.2022
Hajmi31,73 Kb.
#834942
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Банк ва молия бозорлари

51.Валюта бозори ва уни турлари( биржа, валюта алмаштириш, қатнашчилар, курс). Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo‘yicha xorijiy valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir. Turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslarining pullik qarz majburiyatlarini to‘lovi bilan bog‘liq xalqaro to‘lov aylanmasiga valyuta bozori tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Valyuta operatsiyalarining hajmi va tavsifi, ishlatilayotgan valyutalarning soni hamda erkinlashtirishning darajasiga ko‘ra valyuta bozorlari jahon, hududiy va milliy (mahalliy) bozorlarga bo‘linadi. Valyuta bozorlari iqtisodiyot va siyosatdagi o‘zgarishlarga sezgir bo‘lib, ularga o‘z aks ta'sirini o‘tkazgan holda jahon xo‘jaligining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Jahon valyuta bozorlaridagi kunlik bitimlar hajmi 1 trln. AQSh dollaridan ziyodni tashkil qiladi. Kurs nisbatlarining keskin tebranishi valyuta bozorlari faoliyatini qiyinlashtiradi. Valyuta bozorlarining mexanizmi valyuta chayqovi uchun sharoit yaratib beradi, chunki ushbu mexanizm valyutaga haqiqatda ega bo‘lmagan holda bitimlarni amalga oshirish imkonini beradi. Valyuta operatsiyalari natijasida "qaynoq pullar"ning stihiyali harakati, kapitalning "qochib ketishi", valyuta kurslarining tebranishi kuchayadi. "Valyuta talvasasi" kuchsiz valyutalarga salbiy ta'sir etadi, ayrim mamlakatlarning valyuta-iqtisodiy holati, jahon iqtisodiyoti va valyuta tizimining barqarorsizligini oshiradi. Valyuta bozorlarining stihiyali faoliyati oqibatida og‘irlashayotgan valyuta qiyinchiliklari mamlakatlar iqtisodiy siyosatiga ma'lum bir ta'sir ko‘rsatadi va iqtisodiyotni muvofiqlashtirish yuzasidan ularning o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlarining muhim muammosi bo‘lib hisoblanadi.
52.Валюта иттифоқлари (сиёсат, давлат, валюта, вазифа, мақсад). Birinchi jahon valyuta tizimi stixiyali ravishda sanoat inqilobidan so'ng oltin monometalizmi asosida oltin-tanga standarti shaklida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim 1867 yil Parij shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada, davlatlararo kelishuv sifatida rasmiylashtirilgan. Ushbu jahon valyuta tizimi jahon pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi. Ikkinchi Jahon valyuta tizimi 1922 yilda Genuya shahrida bo'lib o'tgan konferensiyada davlatlararo kelishuv sifatida yuridik jihatdan shakllangan edi. Mazkur xalqaro konferensiya arafasida jahonning 30dan ziyod davlatlarining pul tizimlari oltin-deviz standartiga asoslangan edi. Davlatlarning milliy kredit pullari xalqaro to'lov va zahira vositalari sifatida ishlatila boshlandi. Biroq Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari orasidagi davrda zahira valyutasi maqomi rasmiy ravishda biror-bir valyutaga hali biriktirilmagan edi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng jahonning yetakchi davlatlari boshliqlari 30-yillar inqiroziga olib kelgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilib, 1944 yilning iyul oyida, keyinchalik "Bretton-Vuds tizimi" nomini olgan, BrettonVudsda qat'iy valyuta kurslari tizimini yaratdilar. Bretton-Vuds valyuta tizimining inqirozi jahon valyuta bozoridagi tartibsizliklarga olib keldi. Ammo bunday tartibsizliklar uzoqqa cho'zilmadi. 1976-78 yillarda AQShning Kingston (Yamayka) shahrida bo'lib o'tgan xalqaro moliya-kredit konferensiyasida to'rtinchi jahon valyuta tizimiga asos solindi. "Delor rejasi" asosida 1991 yilning dekabr oyiga kelib Yevropa Ittifoqi tuqrisidagi Maastrixt bitimi ishlab chiqildi. Ushbu ittifoq valyuta-iqtisodiy bitimning bosqichma-bosqich shakllanishini ko'zda tutgan edi. Yevropa Ittifoqi to’g’risidagi bitim Maastrixtda (Niderlandiya) 1992 yilning fevral oyida Yevropa hamjamiyatining 12 davlati tomonidan imzolangan. Ushbu bitim 1993 yilning 1-noyabrida ratifikatsiya qilindi va kuchga kirdi. Keyinchalik EIga Avstriya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlari qo’shildi.

Download 31,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish