44.Банкларнинг келиб чиқиши (тижорат, стол, сарроф, ғарб банк тизими). Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so‘zi italyancha “banca” so‘zidan olingan bo‘lib “stol”, banknota “pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustida qo‘yib hisob-kitob qilganlar. Dastlabki banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan tashqari, odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanganlar. Keyinchalik bankirlar shu narsani tushindiki, bankda harakasiz yotgan pullarni ma’lum foiz evaziga berib daromad olish mumkin. Shu tariqa banklarning kredit operatsialari paydo bo‘lgan.
45.Банкларнинг операциялари ва уларга қисқача тушунча (қонун, пассив, актив, ўтказма). Тижорат банки қўйидаги операцияларни амалга оширади: Мижозларнинг ҳисоб варақаларини олиб боради, Мижозларга касса хизмати кўрсатади, Мижознинг топширигига биноан нақд пулсиз ҳисоб-китобларни бажаради, қисқа ёки узок муддатли кредитлар беради, Шартнома ёки пуллик асосида буюртмачининг топширигига биноан капитал қуйилмаларни маблағ билан таъминлайди. Бўш пул маблағлари-депозитларини муомилага жалб қилади, Аҳолидан омонатларни қабул қилади, Инвестиция операцияларини, Лизинг операцияларини, Тижорат банки давлатнинг ҳамда бошқаларнинг қимматли қоғозларини харид қилади ва сотади, Хорижий валюта ва қимматбаҳо металларни харид қилади ва сотади, Ўз мижозлари учун кафолат ва мажбуриятлар беради, Бюджетнинг касса ижросини, Банк операциялари бўйича маслахатлар беради.
46.Банкларнинг ресурслари ва уларнинг таркиби (ўз маблағ, депозит, бюджет маблағлари, грантлар). Bank resurslari - bu bank siyosati doirasida bank faoliyatini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan, bankning o’z mablag’laridan va jalb qilingan mablag’laridan tashkil topgan, bankning daromad olishga asos bo’luvchi zahira va imkoniyatlarning yig’indisidir degan ta’rifni keltirmoqchimiz. Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalari yordamida shakllanib, bank balansining passiv qismida ikki katta guruhga bo’lib hisobga olinadi. Bular: banklarning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’laridir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo’lib qaraladi. Birinchisi, bu jalb qilingan depozitlar, ikkinchisi, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurslardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli hil sohalarga joylashtiriladi. O’z mablag’lari: Ustav kapital, Qo’shimcha va rezerv kapital, Taqsimlanmagan foyda ,Kelgusi davr daromadlari, Hisob-kitoblar tizimidagi o’z mablag’lari. Jalb qilingan mablag’lar: Depozitlar, Olingan banklararo kreditlar Boshqa kreditorlar, Qimmatli qog’ozlar emissiyasi, Hisob-kitoblar tizimidan jalb qilingan mablag’lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |