Xalqaro davlatlar krediti yoki hukumatlararo kreditlar u yoki bu mamlakat
hukumati kredit muassasalari tomonidan boshqa mamlakatning u bu tarmoqlarini
ustuvor rivojlantirish maqsadida beriladi. Hukumatlararo kreditlar xususiy kreditlarga
nisbatan past foizlarda yoki imtiyozli ravishda yoki umuman foizsiz, ayrim hollarda
beg‘araz yordam sifatida ham berilishi mumkin.
Masalan, 2000 yilda Turkiyada ro‘y bergan zilzila oqibatlarini tugatish va
iqtisodiyot obektlarini tiklash maqsadida AQSH «Eksimbank»i 50 mlrd. AQSH dollari
miqdorida imtiyozli kredit ajratdi.
O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreya
hukumati respublikamizga 37 mln. AQSH dollari miqdorida, Yaponiya hukumati
tomonidan ham kreditlar berdi. Bunday kreditlar Yevropa mamlakatlari tomonidan ham
berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |