Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o‘stirgan holda
olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o‘tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan
birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining ma’lum bir
hajmidan oshgan yillik to‘lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jamg’armalarning
shakllanish manbalariga salbiy ta’sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar uchun
qulay bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda mustahkamlanishiga
ko‘maklashadi.
Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo‘jalik aloqalari yangi
shakllarining paydo bo‘lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga ob’ktiv asos
bo‘lib
xizmat
qiladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |