Bank-moliya xizmatlari


Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish



Download 326,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana06.03.2021
Hajmi326,25 Kb.
#60842
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
xalqaro kredit va uni rivojlanishi

Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish 

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, kreditning foiz stavkasi bu bank qo‘ygan 

investitsiyaning bahosi hisoblanadi. Xalqaro bank krediti bahosi xuddi har bir moliyaviy 

aktiv bahosi singari o‘zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk uchun 

mukofotlarni mujassamlashtiradi. Risksiz komponentning bahosi o‘z-o‘zidan daromadning 



22 

 

minimal  stavkasi  talabidan  kelib  chiqadi. 



 

Bu bozor uchun normal hisoblanib, bunda inflyatsiyaning ham o‘rni bo‘ladi. Risksiz 

komponent uchun ko‘pincha hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari foizi 

olinadi. Risk uchun mukofotning bahosi o‘zida 3 omilni mujassamlashtiradi: 

1.  Ëikvidlik riski uchun mukofot; 

2.  Foizli risk uchun mukofot; 

3.  Kursli valyuta riski uchun mukofot 

Bularga izoh beradigan bo‘lsak, masalan, likvidlilik riski bu mijozning kreditni 

qaytarmasligining eng katta havfi hisoblanadi. Bu yerda bankdan kredit havfsizligini 

oshirish talab qilinadi. ×unki, bu yerda mijoz kreditni butunlay qaytara olmaslik holatiga 

tushadi. 

 

Foizli risk esa kelajakda foiz stavkasini oshirishning havfini qoldiradi. Bu albatta 



kreditdan olinadigan daromadlarning tushishiga olib keladi. Foiz stavkalarining darajasi va 

harakatining o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rish havfi tug‘iladi. Foiz riski debitorlarni ham, 

kreditorlarni  ham  o‘z  qa’riga 

tortadi. 

 

Foiz risklarining boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan tashkil topadi. Foiz 



risklarini boshqarishning bir nechta tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat: 

1.  Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‘lsa, foiz risk darajasi shuncha past bo‘ladi. 

2.  “Spred” tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka va 

to‘langan majburiyatlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka o‘rtasidagi farq tahlil 

qilinadi. Tahlil uchun ma’lumotlar odatda bankning statistik hisobotidan olinadi. 

3.  Bankning o‘zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan balansdan tashqari aktiv 

va passivlarni tahlil qilishdan iborat. 

Foiz risklarning darajasi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: 




23 

 

· 



Aktivlar tuzilishidagi o‘zgarish, shu jumladan, kredit va investitsiyalarning hajmi, 

aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi stavkalarda, ularning bozordagi 

narxining dinamikasi; 

· 

Passivlarning tuzilishidagi o‘zgarish, ya’ni shaxsiy va zayom mablag‘larining 



mutanosibligi, muddatli va jamg‘arma depozitlar; 

· 

Foiz stavkasi dinamikasi. 



Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq bir 

holatiga bog‘liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim. 

Valyuta riski – unchalik yaxshi bo‘lmagan almashish kursi natijasida bank 

tomonidan boshqarilayotgan kreditga pul oqimini kamaytiradi. Xalqaro kredit mahalliy 

kreditdan farq qiladi, bunda bank boshqa davlatdagi kreditlash riskini ham baholashi kerak 

bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro kreditning deyarli barcha operatsiyalarida tomonlardan biri 

albatta valyuta konversiyasiga, ya’ni konversiya riskiga to‘qnash keladi. Shunday ekan 

bunday riskning oldini olish uchun ko‘plab banklar xalqaro kreditni chet el valyutasida 

emas, balki o‘z mahalliy valyutalarida berishni hohlaydilar. Bu harakati bilan bank valyuta 

kursini o‘zgarishidan ko‘radigan havfni va o‘zining moliyaviy holatining yomonlashuvi 

oldini 

oladi. 


Keyinchalik, olingan kredit mijozning o‘z mamlakatida yoki boshqa mamlakatda 

ishlatilishi kerak bo‘lsa, bunda kreditni olgan mijoz o‘ziga kerakli valyutaga almashtirib 

olishiga to‘g‘ri keladi. Agar kreditni olgan mijoz bank-kreditor mamlakatiga importni 

moliyalashtirsa, u o‘sha mamlakat valyutasiga ega bo‘ladi. Ëekin bu valyuta qarz to‘lash 

uchun foydasiz bo‘lishi mumkin, agar hukumat chet el valyutasini chetga o‘tkazish ustidan 

nazorat olib borayotgan bo‘lsa, bu valyuta riskini nazorat qilish deyiladi. 

 

Bunday riskning oldini olish uchun kredit oluvchi mamlakatning valyutasi holatidan 



boxabar bo‘lishi kerak. Va oldindan bo‘ladigan keskin devalvatsiyalarning prognozini 

qilish kerak. ×unki, devalvatsiya qarzni qaytarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ayrim 

mamlakatlarda mijoz kreditni yoki uning foizlarini chet elga to‘lash uchun hukumatdan 



24 

 

ruhsatnoma olishiga to‘g‘ri keladi. Albatta bunday holatlar xalqaro kredit berishga 



to‘sqinliklar qilishi mumkin. 

Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy risk 

– bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so‘ng kredit olgan mijoz qarzni to‘lay olmaydigan 

holda, ya’ni to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday havfni baholash 

uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro miqyosda “uchta Si”: 

Character – reputatsiya, harakter; Cash flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish 

quvvati; Capital – kredit oluvchi kapitali kabi ko‘rsatkichlar bilan hisoblanadi. 

 

Bank xalqaro kredit oluvchining foaliyatini baholashdan oldin uning jiddiy kompaniyami 



yoki yo‘qmi, majburiyatlarini bajara oladimi va o‘z biznesi to‘g‘risida yetarli malakaga 

ega ekanligi haqida ma’lumotlar to‘playdi. 

Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o‘z tajribasi, boshqa 

banklarning kredit berish malakasi asosiy baza bo‘lib hisoblanadi. “Dun&Bradstreet” 

xilidagi firmalar yer yuzidagi barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo‘jalik va 

hukumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni beradi. Hozirgi kunda 

ko‘plab banklar mahfiy ravishda mijozlarning operatsiyalari haqida ma’lumot 

almashadilar. Bundan tashqari bank kredit tarixini o‘zida mujassamlashtirgan kredit 

paketini 

ham 


yuritib 

beradi. 


 

Bank kredit oluvchining pul oqimi, ishlab chiqarish quvvati va kapitalini baholash uchun 

moliyaviy hisobot talab qiladi (firmaning balansi, daromadlar haqida hisobot va pul oqimi 

haqida hisobot). 

Firmaning balansi o‘sha paytdagi moliyaviy holatini ifodalab beradi. Daromadlar 

hisoboti esa firmaning o‘sha yildagi daromadlari va harajatlarini ko‘rsatib turadi. Albatta 

bu ma’lumotlar mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. 

Bank uchun hisobotlar olish oson bo‘lmaydi. ×unki, ularning shakllari hamma 

mamlakatlarda ham bir xil emas. Balansdagi moddalar va daromadlar hisobotidagi 



25 

 

raqamlarni solishtirib bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Balans va 



hisobotlarining bir necha yilliklarini tahlil qilish orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarni qay 

holda o‘zgarayotganini ko‘rishi mumkin va oxirida bu raqamlarni asosiy raqobatdoshlar 

ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab firmaning faoliyatiga va istiqboliga baho beradi. 

Agar bank firmaning sho‘’ba korxonasi arizasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu uchun 

firma miqyosidagi global operatsiyalari va umumiy moliyaviy holat haqidagi ma’lumotlar 

kerak bo‘ladi. Bu albatta qiyin bo‘ladi, chunki ekkaunting (hisob-kitob) amaliyoti har 

davlatlarda har xildir va ular bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari kompaniya o‘zining 

ichki  operatsiyalari  bilan  bankni  chalg‘itishi  mumkin. 

 

Yuqorida sanab o‘tilgan, kredit berishda ko‘riladigan risklar bank tomonidan 



o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, bu kredit bahosiga yo ijobiy yo salbiy ta’sir etishi mumkin. 

×unki bu risklardan himoyalanish o‘z-o‘zidan kredit bahosining oshishiga olib keladi. 

Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‘p himoyalanuvchi yoki 

qochuvchi bo‘lishlari kerak. Buning sababi shundaki, bankning boshqa kreditorlarga 

nisbatan o‘z mablag‘i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar, ya’ni jismoniy, huquqiy 

shaxslarning vaqtincha bankda turgan mablag‘lari bilan ishlaydilar. Bankning kredit berish 

imkoni u jalb qilgan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. 

Bank o‘z navbatida bu jalb qilingan mablag‘larni talab qilingan vaqtda mijozga 

qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud 

risklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqazo 

etadi. 

 

Hukumatlararo kreditlarda xalqaro va mintaqaviy valyuta- kredit va moliyaviy tashkilotlar 



ishtirok etadi. 

Rivojlanayotgan  mamlakatlarga  moliyaviy  oqimlar  rivojlanishni  rasmiy 

moliyalashtirish (RRM) orqali, banklar tomonidan, qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish 

orqali, portfel investitsiyalarni aksiyalarga qo‘yish, to‘g‘ri investitsiyalar orqali, tashqi 




26 

 

qarzdorlik hamda to‘lovga layoqatlilikni aniqlash orqali kirib keladi. Endi bularni har 



birini alohida ko‘rib chiqamiz.  

Rasmiy resurslar moliyaviy oqimlarning kam qismini tashkil qiladi (1997 yilda 15 

%). Lekin, xususiy kapitalni jalb qilishga imkoni bo‘lmagan ba’zi kam rivojlangan 

mamlakatlar uchun bu yagona tashqi moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi.  

RRMning asosiy massasi subsidiya hamda imtiyozli kreditlarga to‘g‘ri keladi. 

Moliyalashtirishning bu ko‘rinishi rivojlantirishning rasmiy ko‘makchi (RRK) sifatida 

yuzaga keladi. Bu terminlar rivojlantirishga ko‘maklashish komiteti faoliyatiga kiritilgan. 

Belgilangan mezonlarga ko‘ra RRKga subsidiyalar hamda grant elementi 20 %dan kam 

bo‘lmagan kreditlar kiradi. Bu ko‘rsatkich kreditning qiymati, uning muddati va imtiyozli 

davrlarni hisobga olgan holda hisoblanadi. Qaytarilmaydigan subsidiyalar uchun grant-

element 100 %ga teng. RRK chegarasidagi o‘rtacha shartlari quyidagicha: narxi – yillik 3 

%, muddati – 30 yil, imtiyozli davr – 10 yil.  

Ikki tomonlama yordam uchun mablag‘lar byudjetdan ajratiladi. Uning miqdori 

mamlakat-donorlarning byudjetiga bog‘liq. Lekin mamlakatlarning byudjet tuzilishi turli 

xil bo‘lgani uchun mamlakat-donorlarning harakati ularning YAIMga foiz nisbatida 

o‘lchanadi. 1970 yil BMT kongresi tomonidan tegishli ko‘rsatkich 0,7 % qabul qilingan, 

ya’ni donor-mamlakatlar yordam uchun YAIMning kamida 0,7 %ini yuborib turishlariga 

rozi bo‘ldilar.  

RRKning asosiy maqsadlari 50-yillarning boshlarida tashkil qila boshlandi. Dastalab 

donor-mamlakatlarning resurlari siyosiy va harbiy-strategik masalalarni yechishga 

qaratilgan. Keyinchalik iqtisodiy muammolar, avvalambor, qashshoqlik bilan kurash 

muammolari birinchi o‘ringa chiqa boshladi. 50-60-yillarda resurslarning asosiy massasi 

infrastrukturali daromad  keltiruvchi  loyihalarga  joylashtirilgan.  Lekin  bunday 

strategiyaning ijtimoiy samarasi juda past edi. 70-yillarda boshlab infratuzilmalarni 

moliyalashtirish asosiy yo‘nalish bo‘lib kelgan, lekin resurslarning ma’lum qismi “asosiy 

ehtiyojlar” (oziq-ovqat, turar-joy, toza suv, sog‘liqni saqlash, ta’lim) ga yo‘naltirgan. 90-

yillarda maqsadlar o‘zgara boshlagan.  



27 

 

Dastlabki RRK ko‘proq Uzoq Sharq, Janubiy-Sharq va Janubiy Osiyo 



mamlakatlariga berilgan. Lekin keyinchalik e’tibor eng qoloq Afrika mamlakatlariga 

qaratildi. Bir qancha mamlakatlar uchun uzoq vaqtni RRK doirasidagi moliyalashtirish 

kutilgan natijalarga olib keladi. Lekin, ba’zi mamlakatlar (avvalambor Janubiy Koreya va 

Tayvan) RRKga tayangan holda iqtisodiy rivojlanishga muyassar bo‘ldilar, bu esa ularga 

imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan voz kechishga imkon yaratdi. 

Demak, ikki tomonlama RRK bu jahon xo‘jaligini markazidan ba’zi tijorat asosidagi 

chet qoloq sub’ektlarga resurslarni qayta taqsimlashning spesifik moliyaviy-kredit 

mexanizmi hisoblanadi. Bu moliyalashtrish ssuda kapitallar bozoriga bog‘liq emas, chunki 

mablag‘lar byudjetdan kelib chiqadi. Bu mablag‘larni taqsimlashda donor-

mamlakatlarning hukumati ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda harbiy-strategik fikrlarga 

asoslanadilar. Bunda har bir donor-mamlakat o‘zining maqsadlarini ko‘zlaydi.  

Banklar tomonidan kreditlash ko‘p vaqt davomida rivojlanayotgan mamlakatlar 

RRM hamda to‘g‘ri loyihaviy investitsiyalardan foydalanib, xalqaro fond va kredit 

bozorlari bilan ham aloqada bo‘lib kelganlar. 70-yillarning boshlarigacha rivojlanayotgan 

mamlakatlarning xalqaro ssuda kapitallar bozori bilan bog‘lab turuvchi yagona narsa 

bo‘lib eksport kreditlari hisoblangan.  

Eksport kreditlari “aralash” kategoriyasiga kiritilgan, chunki unda ham xususiy 

sub’ektlar (asosan tijorat banklari) bank eksport-import banklar (davlat tomonidan) 

ishtirok etadilar. Eksportli kreditlardagi banklarning ishtiroki ularning sharoitlari kredit 

bozoridagi vaziyatdan bog‘liqlik darajasini belgilab beradi. Davlatning ishtiroki vaziyatni 

yumshatishga bu kreditlardan bozorni egallash uchun foydalanishga imkon beradi. Bunday 

harakatlar raqobatga xavf-tug‘dirib donor-mamlakatlar kongresini imzolashga majbur 

qildi. Bu bitim imtiyozli kreditlarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari to‘g‘risida bo‘lib, 

vaziyatga qarab har yarim yilda xalqaro kredit bozorida foiz stavkasining eng quyi 

chegarasi, kredit muddatining maksimal darajasi hamda maksimal imtiyozli davrga 

kelishiladi.  




28 

 

Odatda eksportli kreditlar mashina va asbob-uskunalarni yetkazib berishda beriladi. 



Shuning uchun uning hajmi investitsion jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi. Banklarning 

eksportli kreditlari odatda eksport-import banklar tomonidan sug‘urtalanadi. Shuning 

uchun bunday kreditlashda ishtirok etayotgan tijorat banklar qarzdor mamlakatda 

qarzdorlik inqirozi sodir bo‘lganda minimal zarar ko‘radilar.  

70-yillarda kreditlar har yili 20 %ga oshib ularning ulushi esa 1/2 yetganda 

rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli sinditsirlangan kreditlarni bank tomonidan 

berish uchun imkon yaratildi. Bu qonuniyat quyidagi omillar orqali amalga oshirilgan:  


Download 326,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish