- Tayyorladi Komiljanov Diyorbek
Reja:
1 - Banklarning mohiyati va asosiy funksiyalari. 2 - Bank tizimi va uning operatsiyalari.
3 - Markaziy bank va uning funksiyalar.
4 - 0‘zbekiston banklarning rivojlanish yollari va islohotlari.
0‘zbekistonda tijorat banklarini yaratish va faoliyat ko'rsatishi 0‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelida qabul qilishcha «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga binoan olib boriladi.
Ushbu qonunga asosan bank- bu tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb
hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
- yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
- to‘lovlarni amalga oshirish.
Bankning tarixan aniq paydo bo‘lgan sanasi yo‘q. Bank faoliyati unsurlarining u yoki bu miqdorda rivojlanishi Italiyada, Gretsiyada, Misrda va boshqa mamlakatlarda yangi davrga qadar qayd qilingan. Birlamchi banklar tangalarni sotish, sotib olish, almashtirish, muddatli kelguncha majburiyatlarni hisobga olish, mijozlarning mulklarini (moliyasini) boshqarish, kreditlarni berish, ipoteka va lombard ope- ratsiyalarni, dalolatnomalarni tuzish hamda boshqa operatsiyalarni amalga oshirganlar.
Ishlab chiqarish va muomalaning o‘sishi munosabatda barcha mamlakatlarda banklarning ahamiyati ko'tarildi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksiyalarga yangilar, masalan, boiz keltiradigan kapitalni boshqarish funksiyalari qo‘shildi.
Ta’kidlash mumkinki — bank bu kredit ishining shunday rivo- jolanish bosqichiki, unda kredit, pul va hisob-kitob operatsiyalari majmuasida bir markazda yig‘iladi. Umuman olganda yakun qili aytish mumkinki:
Bank — bu pul mablag‘larini jamlash va ularni o‘z nomidan qaytarib berishlik, toiovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotdir.
Ikkinchidan banklar o'zlariga yuridik va jismoniy shaxslar ol- didagi qa’tiy belgilangan summa bo‘yicha shartsiz majburiyatlarni oladilar.
Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama almashtirish xarakterli (xos)dir: ular o'zlarining majburiyatlarini (depozit) shakilantiradilar va jalb qilingan mablag'larni qarz maj- buriyatlariga, qimmatli qog‘ozlarga (boshqalarning chiqargan qog'oz- lariga) joylashtiradi;
Banklarning asosiy maqsadi pul mablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va
sotuvchilardan xaridorlarga o‘tkazishda vositachilik qilishdir. Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag‘larni o‘tkazishni boshqa moliyaviy va kredit — moliyaviy tashkilotlar: investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari, brokerlar, demir firmalari va hokazolar bajarilishlari mumkin. Biroq banklar, moliyaviy bozor subyekti sifatida boshqa subyektlardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi.
Ammo shuni nazarda tutish zarurki, bugungi kunda aniq olingan bank tashkiloti amaliyotida barcha sanab o‘tilgan bank operatsiyalari amalga oshirilmaydi yoki deyarli mavj'ud emas.
Yuqorida ko'rib o'tilganlarga asosan, aytish mumkinki, banklarni me'yor faoliyat
ko‘rsatishi va yashashi uchun aniq asosiy faoliyat «to'plami» mavjuddir.
Bunday operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- depozitlarni qabul qilish;
- pul to‘lovlari va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- kreditlarni berish.
- Bank mohiyatini to‘liqroq (to‘laroq) uning funksiyalarini ochib beradi.
- Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi.
- Tijorat banklari quyidagilarni bajaradi:
vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘larai yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
korxona, taslikilotlar va aholini kreditlash;
muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish; xalq xo'jaligida hisob-kitoblar va toiovlarni amalga oshirish;
- moliya-valuta bozorida faoliyat
ko‘rsatish;
- iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |