Kurs ishi:
Mavzu: Kompaniya kapitali tarkibi va uni oshirish yo'llari!!!
Reja:
Kirish
1.Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha
2. O'zbekistondagi korxonalar kapitali tuzilishining joriy holati
3.Kompaniya kapitalini oshirish yo'llari va xorij tajribasi.
Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish,
iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar
qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz
uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh
qilishning beshta tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi
subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi
zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun
talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta ro’l
ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga
mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning
talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona - huquqiy shaxs
maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib,
o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar
(xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish,
xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Hozirgi kunda O’zbekiston
iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan
500 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280
mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng
katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat
(9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.11 O’zbekistonda
ko’plab kichik, va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib,
ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil
sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab
chiqarishgacha qamrab olgan. korxonaning belgilari, funktsiyalari va
vazifalarini ko’rib chiqamiz. Zamonaviy korxona-mustaqil xo’jalik yurituvchi
subyekt bo’lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari o’ziga
tegishli bo’ladi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va
nodavlat; tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va
gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo; ishlab chiqarish
miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik; faoliyat yuritish
muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.Biroq
ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat
yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu
organning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona
rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy
bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi ko’rsatilgan bo’ladi. Agar Nizomda
korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab
chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, pul mablag’lari
va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. Nizom jamg’armasi
qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va
jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad
hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasi
ko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning
iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi
Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi
fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat
natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali
bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali
iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar
оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil
qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida
bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan
ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar
egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda.
Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan
chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga
aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish,
tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy
maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish
jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka
asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy
kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega
bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va
bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi.
Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib
borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning,
shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik
beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada
ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga
katta e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar
tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu
shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga
topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi
korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik
faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu
bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga
olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday
ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va
unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat
ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar,
xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend
to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi
jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim
fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga
asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi
sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15
yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-
shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan:
ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda,
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar .
Xususiy kapital deganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir
qancha belgilar bo'yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy
kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini,
tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok
etish darajasini ham e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari,
tasniflash belgilarining tartibini to'g'ri asoslash ham uni o'rganishda muhim
omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini
bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks
ettirish, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni umumiylikka qarab yig'ish, jamlash,
to'plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va
metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy
bo'lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy
kapitali barcha aktivlaming bir qismi sifatida buxgalteriya balansining
«AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z ifodasini
nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida
joylashadi
Xizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapital korxona va tashkilotlarda
qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan
tasniflanadi. Ushbu belgi bo'yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va
qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi
sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu
muddatga ko'ra bir yildan ko'p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1
yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital
hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar
(patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam
bo'lmagan muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy
kapitalni adabiyotlarda (shu jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib
kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar.
Ularga ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag'lari va
boshqalar kiradi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra barcha xususiy kapitallar faol
va faol bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna
mablag'lar, asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona
faoliyatida faol ishtirok etadi va ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha
boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital, ya'ni Debetorlik qarzlar korxona
faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Turgan joyiga ko'ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya'ni
foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga
bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa
vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga
mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha
omborda turib qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir.
Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital real moddiy-tovar
boyliklaridan iborat bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor
mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular
ham buxgalteriya balansida o'z aksini topgan.
Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi
manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalarining
mablag'laridan, ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib
bermaslik sharti bilan olingan mablag'lardan va hokazolardan.
Korxona ustav, qo’shilgan va rezerv kapitalining tarkibi va
uni shakllantirish manbalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o'z
moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar,
odatda, korxona ta'sischilari tomonidan o'z xususiy mulklarini ustav kapitaliga
ulushi sifatida qo’shish bilan yaratiladi.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda korxonaning
xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy boyliklar, pul
mablag'lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga
muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning
birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan
qayta o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi; Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, korxonalar ustav kapitalini
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir yil;
Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi
mumkin;
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har
biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida
sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga
yo‘naltiriladi. Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk
shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat
tomonidan birkitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy mulkchilik
asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va
badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan
oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining
yig‘indisidan tashkil topadi.
Kоrхоna ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnоmasiga muvоfiq
qоidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisоbiga barpо etiladi. U kоrхоnaning
хo’jalik faоliyatidan оlinadigan fоydasi hisоbiga, zarur bo’lganda
ta’sischilarning maqsadli badallari hisоbiga ham to’ldirilishi mumkin.
Kоrхоna ustav kapitaliga hissa sifatida binоlar, inshоotlar, qurilmalar va
bоshqa mоddiy qiymatliklar: yer, suv va bоshqa tabiiy resurslardan fоydalanish
huquqlari, shuningdek, bоshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan
fоydalanish uchun, «nоu-хau» va bоshqa nоmоddiy aktivlar); qo’shma kоrхоna
ishtirоkchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirbоshlanadigan valyutalarda
pul mablag’lari qo’shilishi mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar,
aksiyadorlik jamiyatlari va ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga
chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlar «Chet el valyutasida amalga
оshiriladigan muоmalalarni buхgalteriya hisоbi, statistik va bоshqa hisоbоtlarda
aks ettirish tartibi tog’risida”gi Qonun
2
talablariga muvоfiq amalga оshiriladi
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta'sis hujjatlari
asosida amalga oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy
aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga
ko'ra baholanadi va hisobga olinadi.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital rezervlar va
taqsimlanmagan foyda bo'yicha buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iborat: • Ustav kapitalini shakllanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
• Korxona muassislari, kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalar
turlari bo'yicha axborot to'plash;
• Ustav kapitalininig holati va harakati xususida hisobot tuzish bo'yicha
ma'lumotlar olishni ta'minlash;
• Qo'shilgan kapital hamda rezerv kapitalininig shakllanishi bilan
bog'liq muomalalani o’z vaqtida hisobda aks ettirish;
• Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o'z vaqtida
hisobga olish hamda nazorat qilish.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar
o'z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi,
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma'suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi,
qo'shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning
doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy resurslar va pul mablag'lari
summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylamna mablag'lar shakllanadi.
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga
xizmat ko'rsatish ob'ektlariga qarab, aylanma mablag'lar esa normativlar asosida
beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni
taqsimlashni korxonaning o'zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga kо’ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis
hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak. Davlat korxonalari
uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga
ustav kapitalini o'tkazish to'g'risidagi buyrug’i ta'sis hujjati hisoblanadi.
Ba'zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o'zgarishi
mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o'zgartirishi
mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan
aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo'ladi. Bunda chiqariladigan jami
aksiyalaming nominal qiymati bir xil bo'lishi mumkin. “Akiyadоrlik jamiyatlari
va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn
Respublikasi Qоnuniga muvоfiq оchiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (ОAJ)
ustav kapitalining eng kam miqdоri jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda
qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan to’rt yuz ming AQSh dllar miqdordan
kam bo’lmasligi, yopiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (YAJ) ustav kapitali esa
jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan bir
yuz ellik ming AQSh dollar miqdordan kam bo’lmasligi kerak3
.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko'payishi yoki
kamayishi mumkin. “Aksiyadоrlik jamiyatlari va aksiyadоrlarning huquqlarini
himоya qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi qоnunining 21-
mоddasiga muvоfiq “Jamiyatning ustav fоndi aksiyalar nоminal qiymatini
оshirish yoki qo’shimcha aksiyalarni jоylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi
mumkin”.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz
beradi va uni ko'paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali
miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog'liq
bo'ladi. Shu jumladan, jamiyatning o'zi haqini keyinchalik to'lash bilan
aksiyalami sotib olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa
tariqasida pul bilan baholanadigan va ta'sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari
haqini to'lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o'zga huquqlami
to'lashlari mumkin. Jamiyat ta'sis etilayotganda uning aksiyalari pulini to'lash
shakllari jamiyatni tashkil etish to'g'risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida,
qo'shimcha akiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar pulini to’lash ularni
joylashtirish to’g’risidagi qarorda ko’rsatiladi.
Aksiyador ta’sis yig’ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat
ro’yxatdan o’tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to’liq pulini
to’lashi kerak. Aksiyalarni sotib olish muddati o’tganidan keyin aksiyadorlar
jamiyati ularni o’z ixtiyoriga qarab sotishga haqli. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV–bob, 62–moddasiga
muvofiq, mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaхs
tоmоnidan ta’sis etilgan, ustav fоndi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan
belgilab qo’yilgan miqdоrlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan оlinadi.
Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo'lingan hissalar miqdori ta'sis hujjatlarida
belgilab qo'yiladi. Uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o'z mulki
doirasida javob beradi.
Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning
hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi
hammaning roziligi bilan hissa qo’shuvchilarning ko'payishi yoki kamayishi
bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o'z hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan
keyin bir yil davomida to’lashi lozim.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv
kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan
kam bo'lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o'tkazish
yo'li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguncha tashkil etiladi.
Rezerv kapitali korxona ko'rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun
dividend to'lash, aksiyadorlar talabiga ko'ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun
ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli
aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq
foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo'ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda
solig'i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo'li bilan yoki
o'tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo'yicha hisobda aks
ettiriladi.
Qo’shilgаn kаpitаl - аksiyalаrni nоminаl qiymаtidаn yuqоri bo’lgаn
nаrхlаr bo’yicha birinchi bоr sоtilishidа vujudgа kеlgаn emissiya dаrоmаdi
vа Ustav kаpitаlini shаkllаntirishdаgi kurs fаrqlаrini hisоbgа оlish uchun
mo’ljаllаngаn. Sоtib оlingаn хususiy aksiyalаrni jаmiyat o’z bаlаnsidа ushlаb turishi
yoki ulаrni jаmg’аrmа bоzоridа qаytаdаn sоtishi mumkin. Aksiya egаlаri
qаrоri bilаn ustav kаpitаli sоtib оlingаn хususiy aksiyalаr summasigа
kаmаytirilishi, aksiyalаrning o’zi esа bеkоr qilinishi mumkin. Lеkin,
O’zbekiston Respublikasining "Aksiyadоrlik jаmiyatlаri vа aksiyadоrlаr huquqini
himоya qilish to’g’risidа"gi Qоnunigа muvоfiq bundаy aksiyalаr hisоbdа
bir yildаn оrtiq bo’lgаn muddаtdа ushlаb turilishi mumkin emаs.
Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning barcha yillar bo’yicha faoliyati va
hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir –
biridan farq qiladi.
Foydani taqsimlash to’g’risidagi qarorni xo’jalik yurituvchi
sub’yektning mulkdorlari (aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, MCHJ
ishtirokshilarining yig’ilishi, xususiy korxona egasining qarori) qabul qiladi.
Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
Ustav kapitalini ko’paytirishga;
Rezerv kapitalini yaratish va to’ldirishga;
Aksionerlarga dividend to’lashga;
Zararlarni qoplashga;
Mulkdorlarning qarori bo’yicha boshqa maqsadlarga.
Aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi lozim bo'lgan majburiy to'lovlar va
barcha soliqlar to'langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi
dividend hisoblanadi.
Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo'yicha hisoblanadi. Biroq
aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat
ustavida taqiqlanmagan bo'lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar
to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to'lash sanasi
aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig'ilishi qarori bilan
belgilanadi.
Korxona faoliyati bu korxona samaradorligining turlaridan biri bo'lib, natijaning sarflangan moddiy va moliyaviy resurslarga nisbati aks etadi. Ushbu turdagi samaradorlik, birinchi navbatda, ularning tuzilishi bilan barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq. Bu munosabatlar asosan ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari, texnik jihozlar, texnologik rivojlanish darajasi, mehnatni tashkil etish darajasi va intensiv ishlab chiqarishning keng omillariga nisbati bilan belgilanadi. Tuzilishning holatiga tashqi bozor omillari, manbalar bozori, ma'lum bir turdagi talab va taklif, resurs bahosi va boshqalar ta'sir qiladi. Korxona samaradorligining rejalashtirilgan yoki allaqachon olingan darajasini o'lchash jarayoni mezonni aniqlash va tegishli ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan bog'liq. korxonalar bir nechta guruhlarga bo'lingan: Umumiy samaradorlik; Mehnatni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar; Ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va taqsimlanish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlar; Barcha moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar. Korxonaning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha harakatlar va choralar majmuasi korxona samaradorligini oshirish yo'llari deb ataladi. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy usullari - mehnat zichligi ko'rsatkichining pasayishi va o'sishi, shuningdek resurslar va xom ashyolardan oqilona va tejamli foydalanish, kapitalning intensivligi ko'rsatkichining pasayishi va kompaniyaning investitsion faolligini oshirish. Korxonaning samaradorligini oshirish yo'llari korxonada ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni, shu jumladan, muhandislik va texnologiyaning so'nggi yutuqlari asosida ishlab chiqarish vositalarini inqilobiy qayta jihozlashni o'z ichiga oladi. Texnologiyalardagi bunday tub o'zgarishlar, texnik, tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning safarbar etilishi mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Korxona samaradorligini oshirish yo'llari tejash rejimidan foydalanishni ham o'z ichiga oladi. Yoqilg'i, xom ashyo, materiallar va energiyaga tobora ortib borayotgan talabni qondirish uchun resurslarni tejaydigan omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, korxonaning samaradorligini oshirish usullari tashkilotning asosiy resurslari va mablag'larini yaxshiroq taqsimlash va ulardan foydalanish bo'yicha tadbirlarni o'z ichiga oladi. Korxonaning ishlab chiqarish potentsialidan maksimal darajada foydalanish, ishlab chiqarish ritmini, ishlab chiqarish uskunalarining maksimal yukini kuzatish juda muhimdir. Ushbu chora-tadbirlarning natijasi keraksiz investitsiyalar va investitsiyalarsiz tayyor mahsulotlarning jadal o'sishi bo'ladi. Tashkilot faoliyatining o'sishi uchun muhim o'rinni tashkiliy va iqtisodiy omillar egallaydi. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilma va boshqaruvni rivojlantirish zarur. Boshqaruv usullari va shakllarini, rejalashtirish, rag'batlantirish, targ'ib qilish usullarini takomillashtirish kerak. Sotish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar resurslarni sarfini kamaytirish va tashkilotning butun iqtisodiyotini intensivlashtirishda alohida o'rin tutadi. Mahsulot sifati darajasi jiddiy monitoringni talab qiladigan asosiy omil bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo'llari - ko'rsatilgan sohalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy usullari: mehnat zichligini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarning moddiy iste'moli va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulotlarning kapital sarfini kamaytirish va korxonalarning investitsion faolligini oshirish. Har qanday tijorat korxonasi uchun korxonaning samaradorligini oshirish faqat bitta narsani anglatishi mumkin - foyda oshishi. Ammo bu erda samaradorlikni oshirishning ko'plab usullari mavjud. Ko'pincha ular xarajatlarni kamaytirishning turli usullaridan foydalanadilar: materiallarni eng past narxlarda sotib olishdan tortib, xodimlarning ish haqini kamaytirish va kamaytirishgacha. Ammo har qanday korxona xarajatlarni qisqartirish uchun emas, balki daromad olish uchun yaratiladi. Va bundan tashqari, ishchilarni qisqartirgan holda, biz bugungi kunda qolishimiz mumkin, ammo korxonaning kelajagiga xavf tug'diramiz. Shuning uchun, xarajatlarni boshqarish kerakligini anglab, zamonaviy bozor sharoitida korxona samaradorligini oshirishning bunday usuli juda sekin va xavfli deb o'ylayman.
Ikkinchi o'rinda modernizatsiya qilishning turli xil variantlari mavjud: zamonaviy dasturlarni joriy etishdan boshlab ishlab chiqarish uskunalarini yangisiga va samaralisiga almashtirishgacha. Har xil korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish, ya'ni. korxonaning biznes-jarayonlarining bir qismini avtomatlashtirish yoki xodimlar bilan aloqa darajasini oshirishga imkon beradigan dasturiy ta'minot. Bular qatoriga elektron hujjat aylanishiga oid dasturlar, CRM va ERP-tizimlari va boshqalar kiradi, shu jumladan korporativ veb-portallar. Avtomatlashtirishdan foydalanish uzoq vaqtdan beri o'zini korxona samaradorligini oshirishning eng yaxshi usuli sifatida shakllantirgan. Rivojlanayotgan korxona uchun uskunalarni almashtirish muammosiz amalga oshirilishi kerak, ammo bu eng qimmat usuldir, chunki modernizatsiya odatda katta sarmoyalarni talab qiladi va yangi uskunalarning to'lov muddati odatda bir necha yilni tashkil etadi. Shuning uchun, modernizatsiya orqali samarani oshirish mumkin, ammo agar siz cheklovni to'g'ri aniqlay olsangiz, ya'ni. Korxonangizdagi butilka. Boshqa mashhur usul bu so'nggi yillarda ishlab chiqilgan va yaxshi tashkil etilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanish. O'zlarining noyob tizimini sinab ko'rish va xatolarni ishlab chiqish emas, balki boshqa korxonalar tomonidan yaratilgan tizimlarni qo'llash. Eng mashhurlari: Sifatni boshqarish tizimi (SMS). Yog'och ishlab chiqarish, tizimni cheklash nazariyasi (TOS), TPS va 6 sigma. Men nafaqat ushbu vazifaning murakkabligini, balki ushbu boshqaruv tizimlaridan foydalanishga asoslangan o'zgarishlarning samaradorligini ham ta'kidlashni istardim. Yuqori menejmentning ular tomonidan yaratilgan boshqaruv tizimini tanqidiy baholash qobiliyati va hatto uni o'zgartirishga qaror qilish, rahbarning yuqori professionalligi belgisidir. Ko'pincha boshqaruv tizimi korxonaning yangi egasi kelishi yoki top menejerlar jamoasining o'zgarishi bilan o'zgaradi. Korxona egalari eski menejerlar jamoasining kompaniya daromadlarini ko'paytirishini kutmay, jamoani o'zgartirishga majbur bo'lishadi. Kompaniya birin-ketin o'zgarishlarni amalga oshirganda, teskari holatlar mavjud, ammo bu korxona samaradorligini oshirishga yordam bermaydi, bu, qoida tariqasida, top-menejmentning o'zgarishiga olib keladi. Boshqa yo'l bor, u hatto eng ommabop, ammo men uni umuman tanlamadim, chunki u biron bir tarzda yoki boshqa yo'l bilan yuqorida aytilganlardan birini ishlatadi. Ushbu ibora eng yaxshi tarzda "biror narsa qilish kerak" iborasi bilan tasvirlangan. Odatda, direktor o'zining birinchi o'rinbosarlarini chaqirib, korxona samaradorligini oshirish mavzusida "aql bo'roni" tashkil qiladi. Ko'pincha, bu korxonaning tashkiliy tuzilmasini o'zgartirishga olib keladi. Bo'limlar va xizmatlarni birlashtirish va ajratish, ularning yangi rahbariga qayta tayinlash va shunga o'xshash boshqa tadbirlar. Ushbu o'zgartirishlarning asosiy maqsadi qarorlarni qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va biznes-jarayonlar uchun javobgarlikni taqsimlashdir. Hammasi yuqorida aytib o'tilganidek, xodimlarni qisqartirish yoki uskunalar va dasturiy ta'minotni yangilash bo'yicha takliflar bilan yakunlanadi. Ammo agar ushbu usullar allaqachon ishlatilgan bo'lsa yoki darhol samarasiz bo'lib tuyulsa, unda boshqaruv tizimlaridan birini qo'llash hayotiy chiziqqa aylanadi. Korxonaning samaradorligini oshirishda muhim omil - bu ilmiy-texnik taraqqiyot. Zamonaviy sharoitda inqilobiy, sifatli o'zgarishlar, tubdan yangi texnologiyalarga, keyingi avlodlar texnologiyasiga o'tish, fan va texnikaning so'nggi yutuqlariga asoslangan iqtisodiyotning barcha sohalarini tubdan qayta jihozlash zarur. Muhandislik va texnologiyadagi tub o'zgarishlar, nafaqat texnik, balki tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni jalb qilish mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Eng yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishni ta'minlash, ishlab chiqarishda mehnatni ilmiy tashkil etishning ilg'or shakllaridan keng foydalanish, uning ratsionini yaxshilash, ishlab chiqarish madaniyatining o'sishiga erishish, tartib va \u200b\u200bintizomni mustahkamlash zarur. Korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va oshirishning muhim omillaridan biri tejash rejimi hisoblanadi. Resurslarni tejash yoqilg'i, energiya, xom ashyo va materiallarga bo'lgan o'sib borayotgan talabni qondirishning hal qiluvchi manbai bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosiy vositalardan samarali foydalanishga bog'liq. Yaratilgan ishlab chiqarish potentsialidan yanada intensiv foydalanish, ishlab chiqarish ritmiga erishish, uskunaning yukini maksimal darajada oshirish, uning smenali ishini sezilarli darajada oshirish va shu asosda ishlab chiqarish maydonining har bir kvadrat metridan har bir asbob-uskunadan ishlab chiqarishni ko'paytirish kerak. Ishlab chiqarish quvvatlaridan intensiv foydalanishni tashkil etishning natijasi qo'shimcha kapital qo'yilmalarsiz mahsulotlarning o'sish sur'atlarining tezlashishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tashkiliy va iqtisodiy omillar muhim o'rin tutadi. Ularning roli, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarning murakkablashishi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish ko'lamining o'sishi bilan ortib bormoqda. Ishlab chiqarish samaradorligi darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan sanoat ijtimoiy infratuzilmasi keyingi rivojlanish va takomillashtirishni talab qiladi. Bu boshqarish, rejalashtirish, butun iqtisodiy mexanizmni iqtisodiy rag'batlantirishning shakllari va usullarini takomillashtirish. Xuddi shu omillar guruhida iqtisodiy hisobga olish va moddiy rag'batlantirish, moddiy javobgarlik va boshqa o'zini o'zi qo'llab-quvvatlaydigan iqtisodiy rag'batlantirishning xilma-xilligi keng qo'llaniladi. Korxona iqtisodiyotini jadallashtirish, resurslarning o'ziga xos iste'molini kamaytirishda mahsulotlar sifatini yaxshilash alohida o'rin tutadi. Bu vazifa doimiy e'tibor va nazorat mavzusi bo'lishi kerak, har bir mehnat jamoasi faoliyatini baholashning asosiy omili
Xulosa
Biz yaxshi bilamizki korxona, tashkilot va firmalarni
moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
• O’z mablag'lar manbai;
• Qarz mablag’lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag'lar manbaiga byudjetdan ajratmalar
ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o'tganimizdan keyin bu mablag'lar
manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo'q qilinishi Respublikamizdagi
boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi. Endilikda esa yuqorida sanab o'tgilganlar korxonalarni mablag'lar bilan
ta'minlash manbai bo'lib kelmoqda. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish
davrida o'z mablag'larini belgilab olishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini
o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning
foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay
va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari
hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi.
Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital
deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada
ekanligini bildiradi.
Hususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib
korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi
tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal
variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning
o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib
faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming
o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi. Mazkur vazifalarni hal
etishda korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizom»ni chuqur
bilishlari lozim.
Yuqоridаgi хulоsаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgilаrni tаklif qilаmаn:
- Korxona va tashkilotlarda ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali hisobini
xalqaro andozalar asosida olib borish;
- Korxonalarda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining kapital
konsepsiyasini qo’llash;
- Korxona va tashkilotlar o’zlarining sof foydasi o’sishini ta’minlash.
Korxona va tashkilotlarda “Hususiy kapital” to’g’risidagi 5-shakl
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda dasturiy ta’minotlardan
foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |