Bank ishi va investitsiyalar


 Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
6.5. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
XX asr o‘rtalarida keng tarqalgan maxsulotlar va xizmatlarni, kapital va 
ishchi kuchini, ilmiy-texnik axborotlar va boshqarishning yangi usullarini xalqaro 
ayirboshlash qator davlatlarning o’zaro kelishilgan harakatlari asosida xal etilish 


77 
kerak bo’lgan bir qancha muammolarni yuzaga keltirdi. Boshqacha qilib aytganda, 
turli mamlakatlar o‘rtasida jahon xo’jalik aloqalari barqarorligi va o‘sishni 
ta’minlash, ayirboshlash uchun teng huquqli sharoitlarni yaratish va uning 
yo‘lidagi barcha to‘siqlarni yo‘qotish maqsadida makroiqtisodiy munosabatlarni 
tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarga ehtiyoj sezildi. 
Yevropa hamjamiyati «Umumiy bozor» iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni 
birgalikda hal etish maqsadida davlatlarning birlashuvini jahon amaliyotidagi 
birinchi 
yirik 
tajribasini 
o’zida mujassamlashtirgan. G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarining bu birlashgan guruhi 1967 yilda uchta yirik Yevropa iqtisodiy 
tashkilotlarining qo’shilishi natijasida tashkil topdi: 

1958 yilda tuzilgan va keyinchalik Yevropa hamjamiyatiga kirgan 15 
mamlakatni birlashtirgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati; 

Ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi; 

Atom energetikasi bo’yicha Yevropa hamjamiyati. 
YeH ga a’zo davlatlarda jahon aholisining 7% i yashab jahon savdosining 
deyarli 41%i, valyuta zaxiralarining 36%idan ortigi to’g’ri keladi. 
YeH ning rahbar tashkilotlari bo’lib Yevropa Kengashi, Vazirlar Kengashi, 
YeH komissiyasi, yevropa parlamenti, YeH sudi, Iqtisodiy va ijtimoiy qo’mita 
hisoblanadi. Ular milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining ichki muammolarini 
muvofiqlashtiradi, barcha a’zo mamlakatlar uchun yagona tashqi iqtisodiy 
siyosatni amalga oshiradi. 1985 yilda bu tashkilot tomonidan maxsulotlar, kapital, 
xizmatlar va ishchi kuchini yagona ichki bozorini yaratishning 7 yillik dasturi 
qabul qilindi. Bunda ularning faoliyatidagi barcha to’siqlar, ya’ni chegara va 
bojxona nazorati, milliy andozalardagi soliq farqlari, valyuta tizimlaridagi turli-
tumanlik va boshqalar bosqichma-bosqich yo’qotiladi. 
1998 yil 2 mayda YI hukumati yagona valyutaviy munosabatlarni amalga 
oshirish to’g’risidagi kelishuvga imzo chekdi. YeVT ga a’zo davlatlar aniqlandi, 
valyuta pariteti belgilandi. Yevrohududda valyuta bilan bog’liq masalalar xal etildi. 
Yevropa valyuta tizimining vujudga kelish tarixiga nazar tashlaydigan 
bo’lsak, 1958 yil «Umumiy bozor» tashkil etilgandan so’ng, yagona bozor uchun 
yagona valyutaga ehtiyoj sezildi. Shunday sharoitda umumiy valyuta o’rnini 
oltinga erkin almashinuvchi va dunyoning qariyb barcha davlatlarida rezerv 
valyuta sifatida saqlanadigan AQSH dollari bosdi. Valyuta tizimining boshqaruvi 
esa XVF tomonidan boshqarildi. 
1969 yilga kelib, AQSH dollari inqirozga uchradi. Bu holatning asosiy 
sababchilari AQSH va Fransiya bo’lib, Fransiya prezidenti de Goll siyosati 
bo’yicha dollardagi valyuta rezervlarini oltinga almashinish jarayoni boshlandi. Bu 
esa dollar inflyatsiyasini yuzaga keltirib, AQSH hukumatining dollar standartidan 
voz kechishga olib keldi. Endilikda, yevropa davlatlari oldida dollar o‘rnini 
bosuvchi barqaror valyuta instrumentini yaratish muammosi vujudga keldi. 
1972 yil o‘zaro munosabatlarda dollar bilan bog‘liq bo‘lgan valyutalarning 
parallel tebranishiga asoslangan «valyuta iloni» nomini olgan mexanizm yaratildi. 
Bu tizimda yetakchi valyuta rolini nemis markasi o‘ynadi. Ammo ma’lum davr 
davomida dalatlarning iqtisodiy salohiyatining turlichaligi 1978 yilga kelib 


78 
faqatgina Germaniya, Daniya va Benilyuks davlatlarini yuqoridagi valyuta 
mexanizmi doirasida o‘z valyuta siyosatini yuritishga olib keldi. 
1979 yilga kelib, «valyuta iloni» mexanizmi o‘rnini yevropa valyuta tizimi 
(YeVT) bosdi. Bu tizimga a’zo davlatlar uchun maxsus tebranish kursi ± 2,5% 
miqdorida belgilandi. O’sha yillari Italiya nisbatan pastroq darajadagi iqtisodiyotga 
ega bo’lgani uchun bu tebranish foizi ± 6 qilib belgilandi. Keyinchalik YVT ga 
Buyuk Britaniya, Ispaniya va Portugaliyaning a’zo bo‘lish munosabati bilan ko‘p 
o‘zgarishlar kiritildi. Yagona valyuta tizimi yuzaga kelgandan so’ng «Bretton 
Vuds shartnomasi» tizimi bo’yicha rivojlangan Yevropa mamlakatlari o’rtasida 
kapital oqimi ustidan konvertatsion nazorat o‘rnatildi. Bu davrgacha har bir 
davlatda turlicha valyuta siyosati mavjud edi. Fransiya simmetrik usulni yoqlab 
chiqqan bo’lsa, Germaniya nosimmetrik yo’lni afzal ko’rdi. Simmetrik tizim 
mavjud bo’lgan davlatlarda shunday valyuta tizmi mavjud bo’ldiki , almashinuv 
kursi past bo’lgan davlatlarda qattiq valyuta siyosati, almashuv kursi yuqori 
davlatlarda esa erkin valyuta tizimi yuzaga keldi. Germaniya pul emissiyasi yuqori 
darajada bo’lgan va yuqori inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi simmetrik usulni qabul 
qilmadi. 
Nihoyat 1979 yil murosaga kelindi va xar bir davlat o’zining ichki valyuta 
siyosatini o’zgartirgan holda almashinuv kursiga ta’sir etish javobgarligini oldi. 
Germaniya davlati buning uddasidan chiqdi. 1980 yilga kelib Germaniyada 
inflyatsiya darajasi pasaydi va Germaniya markasi Yevropa mamlakatlari uchun 
«valyuta langari» nomini oldi. 1983 yil navbatdagi neft inqirozi yuzaga keldi. 
Fransuz franki kuchli qorabozor ta’siriga kirib qoldi. YVT da vujudga kelgan bu 
holat GFR ning kansleri G.Kollning noroziligiga sabab bo’ldi. Bryussel 
uchrashuvidan so’ng, Fransiya hukumati YVT doirasida qolishi kelishib olindi. 
Fransiya Moliya Vaziri Delor frankni markaga nisbatan maxsus paritetini o’rnatish 
orqali, revalvatsiya qilmoqchi bo’ldi. Ammo Koll qarshi chiqdi, sabab marka 
allaqachon umumvalyutaga aylangan edi. Fransiya valyuta siyosati esa haqiqatda 
Bundesbank tomonidan boshqarildi. Orqaga yo’l yo’qligini bilgan Fransiya 
hukumati yagona valyuta tizimi sari harakat qildi va bu orzu 1985 yildan 1994 
yilgacha bo’lgan davrni oralig’ida, Fransiya Moliya vaziri Delorning YI 
boshqaruvi a’zosi bo’lgandan so’ng ushaldi. 
1998 yil YeH sammitida YeH komissiyasining prezidenti Jakus Delor 
boshchiligidagi komitet tuzildi. Bu komitetning asosiy maqsadi YVT ini barpo 
etishdir. 1989 yili ushbu komitet 1991 yilning dekabr oyida «Maastrix 
shartnomasi»da qabul qilinadigan takliflar e’lon qilindi. 
Delor YeVT ga utishni 3 bosqichi orqali amalga oshirilishini ta’kidladi. 
1-bosqichda, 1990 yil kapital ustidan nazoratni ya’ni cheklashlardan voz 
kechish orqali erkin almashuv kursi mexanizmini yaratish. 
2-bosqich, 1994 yilning 1-yanvaridan boshladi va bu davrda YeH moliyaviy 
institutlarining YeVT ga tayyorgarlik jarayoni yuz berdi. 2-bosqichda davlatlarning 
budjet defitsitini oldini olishga harakat qilindi, ammo bu urinishlar zoye ketdi. 
3-bosqichda (muddati belgilangan) YeVT ga a’zo davlatlarning valyutaviy 
almashuv kursini tenglashtirish va bu ma’suliyatni Yevropa Markaziy Banki 
(YeMB) zimmasiga yuklash kelishilib olindi. 


79 
3-bosqichning amalda qo’llanishi «Maastrixt shartnomasi»da ham o’z aksini 
topdi. 2-bosqichda Yevropa monetar institutlari (muassalari) YeH davlatlarining 
monetar siyosatiga moslashuv jarayoni yuz berdi. Shu davrga kelib, monetar va 
fiskal mezonlar yuzaga keldi. 2 yil davomida nominal kriteriyaga muvofik 
davlatlarning monetar siyosati (1) past inflyatsiyani, (2) past darajadagi nominal % 
stavkasi, (3) barkaror bo’lgan nominal almashuv valyuta kursini ta’minlash kerak 
edi. 
Yagona valyuta tizimini barpo etish masalasi 1985 yilda (dekabr oyida) 
kabul kilinan «Yagona evropa pakti»da ta’kidjlab utildi. Bu Rim shartnomasining 
(«Yagona bozor») davomi bo’ldi. Bu pakt 1993 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan 
bo’ldi. Tabiiyki, xech kanaka chegara cheklovlari bulmagan yagona bozor, yagona 
valyuta tizimini talab kildi. Ammo M.Petcher xukumati(oldin) karshi chikdi. Uz 
markasi mavkeini tushib ketishini xoxlamagan Koll xukumati oldin siyesiy ittifok 
tuzish kerakligini ta’kidladi. Keyinchalik bu taklifga Angoiya xukumati xam imzo 
chekdi. Bu taklif kelgusi davrlarda kurib chikilishi tugrisida suz bergan YeI 
boshqaruvi a’zolari YeVT ini eklab chikdi. Deor YeI ga a’zo davlatlarning 
boshqaruvi raislarini yig‘ib, tovar, xizmat va kapitalning erkin harakati tugrisida 
kelishib oldi va Rim uchrashuvidan sung eVT ning kuchga kirish kuni belgilab 
olindi. 
Uzoq tortishuvlar natijasida valyutaning kuchga kirish muddati uzaydi va 
1992 yil kabul kilingan «Maastrixt shartnomasi» yagonai valyutaning kuchga 
kirish muddati 1999 yil 1 yanvar kilib belgilandi. 
Bu bilan evroxududning kurilish jarayeni tugamadi. 1992 yil Germaniya 
chukur iqtisodiy inkirozga yuz tutdi. Inflyatsiya yuqoriligi sababli, Bundesbank % 
stavkalarni kutarishga majbur bo’ldi, nostabil valyutalarni sotib markr yiga 
boshladi. Shubxasiz bu holat YeVT ga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1992 yilning 5 
sentyabridagi Nyu-York uchrashuvida (maxfiy) Buyuk Britaniya,Fransiya va 
Germaniya moliya vazirlari bu muammoni xal kilish yullarini ko‘rib chiqdilar. 
Angliya Moliya vaziri Lamont funt sterlingning iqtisodiy mavkeini tushib ketishga 
sabab bulayetgan Germaniya valyuta siyosatidagi valyuta foiz stavkalarini 
tushirishni suradi. Germaniya moliya xodimlari esa marka uchun devalvatsiya 
talab kildi. 9 kundan sung Italiya lirasining bardosh bera olmaganligi sababli? Lira 
devalvatsiya kilindi. Oktyabr oyiga kelib bu jarayen uz ta’sirini Angliya funt 
sterlingiga xam utkazdi va bu holat Angliyani eVT idan chikishiga sabab bo’ldi. 
Fransiya va Germaniya xukumati Miteran va Koll uchrashuvidan sung, uzlarining 
Bundesbank va Fransiya MB orkali 2 valyuta paritetini nazorat kilishga kelishib 
olindi. Ammo bu xam navbatdagi inkirozdan kutkara olmadi. 2 davlatning MB lari 
amalga oshirayetgan kuchli intervensiya siyosatiga karamasdan 1993 yil 30 
yanvarda «kora juma» nomini olgan iqtisodiy tanazzul yuzaga keldi. 
«Maastrixt shartnomasi»ga kura, yagona evropa valyutasi «YeKYu» nomi 
bilan ataldi. Dastlab «YeKYu» 1973 yilda tashkil etilgan valyuta xamkorligi 
doirasidagi evropa valyuta fondida asosiy xisob birligi sifatida, valyuta bozorining 
asosiy kotirovka valyutasi, bank kreditlari va qarz majburiyatlarining tulov vositasi 
sifatida namoyen bo’ldi. 


80 
Yevropa Ittifokida yagona valyuta birligini YeKYu davom ettirish mumkin 
edi, ammo Germaniya xukumati asosida Fransiya termini etgan YeKYu pul birligi 
urniga umumevropa nomini eslatuvchi «Yevro» birligini kiritishni taklif kildi. 
Yevropa valyuta tizimining tashkiliy va xukukiy asoslari xamda vazifalari. 
YeVT ning boshqaruv organlari xozirgi kurinishga kelgunga kadar evropa 
Valyuta Fondi (YeVF) tomonidan amalga oshirilgan. 
YeVT ning amaldagi boshqaruvi 2 muxim usul bilan amalga oshirilgan: 
1. 
Administrativ usul; 
2. 
Bozor usuli. 
2-usulda YeVT uchun asosiy shartlaridan biri bu EKYu ning konvertatsiya 
masalasidir. Konvertatsiya muammosining yuzaga kelishi YeVF tashkil etilishiga 
sabab bo’ldi. 
1-usulda esa YeVF ga a’zo davlatlarning emission banklari EKYu bilan 
bo’ladigan operatsiyalar jarayonida davlatlararo to’lov balansi saldosini tartibga 
solish. Bu operatsiyalar doirasida xar bir davlatning MBi o’z valyutasidagi 
aktivlarni EKYu ga konvertatsiya qilish xuquqiga ega bo’ldi. Bu turdagi valyuta 
almashinuvlari YeVF funksiyalari doirasida amalga oshirildi. YeVF qisqa, o’rta va 
uzoq muddatli moliyalashtirishni amalga oshirdi. 
Baden-Vyurtemburgdagi MB ning boshqaruvchisi G.Klotenning taklifiga 
ko’ra, turlicha tashkilotlarning modeliga ega bo’lgan YeVF, Milliy MB lar va 
milliy hukumatlar o’rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan muammolarni xal 
etishning 5 ta usulini ko’rsatib o’tdi: 
1)
«Minimal»
2)
«Boshqaruv» 
3)
«Yevropa Regional Fondlarini (YeRF) tartibga solish» 
4)
«YeMB» ni tuzish
5)
«Sui generis» 
Minimal prinsip. Yevropa valyutaviy-siyosiy hamorlik fondi YeVF nomini 
oldi. Boshqaruv organlari esa milliy MB larning boshqaruvchilaridan tashkil 
topgan. Bu usulda ko’proq YeVF tomonidan amalga oshiriladigan o’rta va uzoq 
muddatli moliyalashtirish kiradi. 
«Boshqaruv» usuli esa o’zining amaliy faoliyati bilan birinchidan farq 
qilmaydi. 
Hududiy valyuta fondlarining amaldagi boshqaruv markazi YeVF bo’lib 
qoldi va YeVF o’zining muddatli kreditlari orqali administrativ boshqaruvni 
o’rnatdi. 
YeVF ning MB larining valyuta masalalaridagi faoliyatlarini birlashtirib o’z 
boshqaruv yo’nalishining 2-pog’onasiga asos soldi. Nazoratchi rolini o’ynagan 
YeVF a’zo davlatlarining valyuta siyosatini tartibga soldi. 
YeVF ning faoliyati «sui-generis» bazaviy prinsipga asoslanganligi sababli 
MB lar va xukumatlar bilan bo’ladigan to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv oson kechdi. 
Bunda xalqaro valyuta bozorida vositachilik funksiyasi, o’rta muddatli va qisqa 
muddatli moliyalashtirish, a’zo davlatlarning valyutaviy munosabatlarini tartibga 
solish vazifalari qo’yildi. 


81 
Germaniya Bundesbanki YeVT ni bosh boshqaruvchisi nomini olgan YeMB 
ning huquqiy va tashkiliy asoslari doirasidagi masalalarni ko’tarib chiqdi. YeMB 
ning asosiy vazifasi «Maastrixt shartnomasi»da keltirilishicha – «narxlar 
barqarorligini saqlashdir». YeMB ning qolgani vazifalari yuqoridagi vazifani 
amalga oshirishga qaratilagan. Masalan, narxlar barqarorligiga erishish uchun 
bozor iqtisodiyotining tamoyillariga asoslangan erkin raqobat sharoitida Ittifoqning 
umumiy iqtisodiy siyosatini rag’batlantirish orqali erishish mumkin. 
«Maastrixt shartnomasi»da keltirilishicha yevrohududga a’zo davlatlar 
quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: «barqaror narxlar darajasi, davlat 
moliyasi, valyuta kredit shart-sharoitlari va to’lov balansi». 
Yevrohududda YeMB ning vazifalari, huquqlari tog’risida so’z borar ekan, 
menimcha har bir valyuta-kredit doirasidagi masalani YeMB ning o’zi hal qilishi 
kerak, 
siyosatchilar 
emas.(Angliyada 
valyuta-kredit 
siyosatini 
asosiy 
yo’nalishlarini davlat belgilaydi). YeMB xech qanday yuridik organlari oldida 
hisobot bermasligi zarur (AQSH da FRS kongress oldida xisobot beradi) va 
xukumat tomonidan berilgan yo’l-yo’riq va takliflar qabul qilmasligi kerak (AQSH 
da FRS xar bir masalani prezident bilan muxokamadan so’ng qabul qiladi). 
YeMB faqatgina Yevropa Parlamentining (YeP) komissiyasi takliflarini 
qabul qilishi mumkin. 
YeMB ning qolgan funksiyalariga: 

Valyuta operatstyalarini tashkil etish; 

A’zo davlatlarning maxsus almashinuv resurslarini saqlash (boshqarish); 

O‘zaro to’lov tizimi ustidan nazorat o’tkazish; 

YI ichida pul emissiyasini tashkil qilish. 
YeMB ning Sovetiga YeMB ning direksiya va 11 ta davlatning MB lari 
kiradi. Bu sovet pul siyosati va asosiy foiz stavkalarini yevroxudud doirasida 
amalga oshishini ta’minlaydi, pul massasi ustidan nazorat o’tkazadi. Quyidagi 
sxemada YeMB boshqaruv a’zolarini tuzilmaviy ko’rinishi keltirilgan. 
«Maastrixt shartnomasi» ning 7-moddasida keltirilishicha «YeMB xam, 
milliy MB xam, boshqarma organlari a’zolari xam YI ning organlari tasarrufidagi 
muassasalardan yoki a’zo davlatlarning hukumatlari tomonidan taklif qilingan 
yo’riqnomalarni qabul qilishga haqqi (huquqi) yo’q». 
Shu o’rinda Yamayka shartnomasida qabul qilingan SDR ning pul birligi 
sifatida (suz) va kredit vositasi sifatida muomalada bo’lganligi haqida so’z 
yuritishni joiz topdim. 
1969 yil vujudga kelgan SDR mamlakatlarining valyuta siyosatida asosiy 
rezerv aktivlari sifatida namoyon bo’ldi. Dastlab SDR oltin asosida aniqlandi, 
ammo 1974 yil suzuvchi valyuta kursiga o’tilishi bilan «oltin asos» tizimiga chek 
qo’yildi. SDR ning kursi «valyuta savati» –bunda 16 ta davlat milliy valyutalarini 
o’rtacha nisbati orqali aniqlandi, shu bilan bir qatorda a’zo davlatlarning jahon 
savdosidagi ulushi 1%dan kam bo’lmasligi kerak. 1981 yil SDR kursi 5ta davlat 
valyutalaridan tanlov asosida aniqlandi. 
Ko’pgina iqtisodchilarning hisoblashlaricha , SDR rezerv valyuta sifatidagi 
harakatidan ko’ra, kredit vositasidagi ko’rinishi ko’proq darajada qayd etilgan 
ekan. 


82 
EKYu esa YI ga a’zo 12 davlatning valyutalari asosida muomilada bo’lgan. 
EKYu korzinasida xar bir davlatning ulushi YI ning Yalpi Milliy Mahsulotidagi 
ulushi va YI miqyosidagi eksportning holati bilan aniqlandi. SDR dan farqli 
ravishda EKYu oltin va dollarga qisman almashingan. EKYu ning emissiya hajmi 
SDR nikidan yuqori bo’lgan. SDR kabi EKYu xam naqdsiz formada ya’ni 
Markaziy Bank va tijorat banklarining hisob varaqlariga ezilish orqali muomalada 
bo’lgan. 
Yevrohududga a’zo davlatlar uchun «Barqarorlik pakti»ni qabul qilinishi 
davlatlarning budjet defitsitini YaIM ga nisbatan 3% miqdorida (limit) belgilandi 
va bu chegarani buzgan davlatlardan jarima undirib olish tizimi yaratildi. Bu 
tizimni amalda ishlash mexanizmini Germaniya yoqlab chiqdi. 
«Maastrixt shartnomasi» yevrohududga a’zo davlat bo’lib qabul qilinishning 
5 ta shartini qo’ydi; ya’ni YeVI a’zolari bo’lgan davlatlar iqtisodiy jihatdan yuqori 
rivojlangan va mustaxkam rahbariyatga ega bo’lgan hamda quyidagi iqtisodiy 
ko’rsatkichlarga erishgan davlatlar bo’lishi mumkindir: 
1)
budjet kamomadi (taqchilligi) YaIMning 3% miqdoridan oshmasligi 
kerak; 
2)
davlat qarzi YaIM 60% dan oshmasligi kerak; 
3)
YeVT tomonidan aniqlanadigan valyuta kursi 2 yil davomida 
tebranmasligi zarur; 
4)
uzoq muddatli qarzlar bo’yicha foizlar 2% dan oshmasligi kerak; 
5)
inflyatsiya darajasi 2.7% dan oshmasligi kerak. 
Bu ko’rsatkichlar bajarilishini ta’minlash yagona yevro valyutaga o’tuvchi 
barcha Yevropa davlatlari uchun majburdir. Albatta, bu kabi qiyin iqtisodiy 
shartlarni bajarish hamma davlatning ham qo’lidan kelavermaydi. Bu talablarga 
javob bera olmagani uchun ham Gretsiya davlati yevropa valyuta ittifoqiga qabul 
qilinmadi. 
2-asosiy mezon bu davlatning qarzdorlik darajasidir. 1997 yil bu talabga 
faqat 4 ta davlat: Lyuksemburg (6,7%), Finlandiya (55,8%), Buyuk Britaniya va 
Fransiya (58%) javob bera oldi. Qolgan davlatlarda qarzdorlik darajasi yuqori 
bo’lsa ham (Belgiya 122,2%, Italiya 121,6% va x.k). YI Soveti tartibga solib 
turiladigan qattiq iqtisodiy tizimni o’rnatish sharti bilan YeVT ga a’zo bo’ldi. 
1993-1998 yillar ichida yevrohududga a’zo davlatlarning o’rtacha budjet 
defitsiti 9,1% dan 2,4% ga tushdi (1999 yil 2% ni tashkil etilishi kutilmoqda). 
Davlat xarajatlari 52,4% dan 48,7% ga tushgan. 
YaIM esa 1997 yil 2,6% o’sgan (1996 yil 1,8%ni tashkil etgan), yalpi 
iste’mol-2,3% (1,5%), ichki investitsiya-4,39% (1996 yil-2,1%) ga ko’paydi. 
Iqtisodchilarning aytishicha YI ning iqtisodiy jihatdan barqarorligi xam bir 
tomondan xalqaro kapitalning ichki investitsiya sifatida yevropaga kirib kelishni 
ta’minlagan bo’lsa, (bu ko’rsatkich 1997-98 yillarda 36%ga oshgan). 2-tomondan 
Osiyo, Rossiya va Lotin Amerikasida yuz bergan iqtisodiy krizislarning 
tezlashuviga sabab bo’ldi. 
1999 yil 1 yanvardan boshlab, yevropa valyuta ittifoqi a’zolari bo’lgan 
davlatlarda pul-kredit siyosati bo’yicha qarorlar qabul qilinishi bo’yicha vakolatlar 
11ta milliy MB lardan yagona YMB ga o’tdi. YeMB Kengashi valyuta ittifoqi 


83 
ishtirokchilari bo’lgan davlatlar uchun yagona pul siyosatini aniqlash huquqiga ega 
bo’ladi. YMB ning 1-prezidenti qilib, 62 yoshli Gollandiya fuqarosi Vima 
Deysenburg 8 yil muddatga saylandi. Ammo fransuzlar bu nomzodga qarshi ovoz 
berib, Fransiya bankining boshqaruvchisi bo’lgan Jan-Klod Trishe nomzodini 
ilgari surdilar va nihoyat ikki tomon o’zaro kelishuv asosida, to’rt yildan keyin 
janob Deysenberg «ixtiyoriy ravishda» o’z joyini janob Trishega bo’shatib 
berishga kelishdilar. Albatta, bu holat yuridik tomondan hech qayerda 
rasmiylashtirilmagan, faqatgina janob Deysenbergning vijdon amriga havoladir. 
YMBning birinchi navbatdagi vazifasi yevropaning yuzaga keladigan ochiq 
valyuta bozorida baholar barqarorligini ta’minlashdir. Fikrimizcha, valyuta 
ittifoqining dastlabki yuzaga kelish bosqichlarida YeMB ochiq bozor 
operatsiyalarini keng qo’llashga majbur bo’ldi. Bir tomondan ochiq bozorlar 
operatsiyasining afzalligi uning soddaligidadir, bu murakkab makroiqtisodiy xisob-
kitoblardan qochib, pul massasi me’yorini aniqlash imkonini beradi. Boshqa 
tomondan esa, ochiq bozorlardagi operatsiyalar sezilarli tebranishlarga va hattoki 
YeMB zaxirasi, oltin rezervi valyutasini holdan toyishiga olib keladi. Agar, YeMB 
bu moliyaviy vositani doimiy ishlatsa, valyuta chayqovchilarining bozoridagi 
o’zgarishlar dinamikasini bilib qolishi va ular bozorini o’zgartirib yuborishi 
mumkin. Vaholanki, bunaqangi holat bir marta bo’lgan emas, 1990 yillarning 
boshlarida funt, lira va fransiya franki bilan bo’lgan o’yinlarni eslash kifoyadir. 
Ma’lumki, 1993 yilda EKYu nomi bilan «Maastrixt shartnomasi»ga asosan 
yevropa valyutasi timsoli sifatida paydo bo’lgan edi. 1995 yilda Germaniya 
taklifiga asosan uning nomi yevroga almashtirildi. 1997 yil yozida 1999 yil 1 
yanvardan boshlab yevroni naqd pulsiz oborotga kiritishga kelishildi, ya’ni bu kuni 
yevroga «rasmiy tug’ilish guvohnomasi» berildi. Ammo naqd pul holida aholi 
qo’lida yoki xamyonida 2002 yilgacha bo’lmaydi. 1999 yildan 2002 yilgacha 
barcha to’lov operatsiyalari YVI a’zolari bo’lgan davlatlarning milliy valyutasida 
amalga oshiriladi. 
2002 il 1 yanvardan to 1 iyulgacha aholiga qog’oz va tanga yevro pul 
birliklari tarqatiladi. Mana shu olti oy davomida bir-birlari bilan savdo qiluvchi 
davlatlar to’lov uchun ikki valyutani, ya’ni milliy va yevroni qabul qilishga 
majburdirlar. 2002 yil 1 iyuldan boshlab, yevropa uchun yevro yagona pul birligi 
bo’lib qoladi. Barcha milliy valyutalar muomaladan chiqariladi va muomalada 
faqatgina yevro qoladi, holos. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish