Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Nazorat uchun savollar 
1. “Pul tizimi” tushunchasining mazmunini, pul tizimining shakllarini yoritib 
bering?
2. Pul tizimining elementlarini tushuntirib bering?
3. “Pul tizimi” tushunchasining mazmunini, pul tizimini tashkil qilish shart-
sharoitlarini va pul tizimini tashkil qilish prinsiplarini yoritib bering?
4. Pul tizimining shakllari: bimetallizm; monometallizm; qog‘oz va kredit 
pullari tizimini ochib bering?. 
5. Yevropa hamjamiyati pul tizimi va uning xususiyatlarini yoritib bering. 
 


84 
VII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING 
ELEMENTLARI 
Reja: 
7.1
 
O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi. 
7.2
 
O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi 
va uning elementlari. 
7.3 O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash 
omillari. 
Tayanch iboralar: 
pul
 
tizimi, Markaziy bank, milliy valyuta, so‘m-kupon, 
kupon, so‘m, pul tizimi elementlari, milliy va jahon valyuta tizimi, tamoyillari, 
turlari, pul tizimi barqarorligi.
7.1 
O‘zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi 
O‘zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo‘yicha 
o‘z mustaqil tizimiga ega bo‘lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning 
tarixi to‘g‘risida to‘xtalmoqchimiz.
Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda, O‘rta Osiyoda birinchi pullar 
Iskandar Zulqarnayn davrida miloddan avval 261 - 250 yillarda chiqarila 
boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi zaminida, ya’ni Buxoro davlatida birinchi metall pullar 
zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul 
birligi sifatida bug‘doy va qog‘oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu pullar 
kumush tangalar bo‘lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro Xudot tomonidan 
chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo‘lgan toza kumushdan zarb qilingan. 
Tanga o‘rtasida shohning tasviri va uning atrofiga Qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu 
kumush pullar «dirham» deb atalgan. Buxoro Xudot 40 yil davlatni boshqargandan 
keyin, taxtga xalifa Abu Bakr Siddiq o‘tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Horun 
ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo‘lib, savdo ko‘proq 
dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o‘zining kumush 
tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko‘proq dirhamlar bilan savdo olib 
borishni afzal ko‘rgan. Dirhamlarga bo‘lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining 
ko‘pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda 
yuqori proba va sifatga ega bo‘lishi asta - sekinlik bilan ularning muomaladan 
yo‘qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish 
maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall 
qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida 
«gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past 
va kumush temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo‘lgan. Bu pullar aholi 
orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga 
nisbatan yangi kumush gidrifining majburiy kursini belgilab qo‘ygan, ya’ni 6 
gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to‘lovlarni faqat 
gidrifida olishni joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga 


85 
erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to‘lovlarni faqat gidrifida to‘lashni 
joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi 
tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Mahak Qasrida 
zarb qilingan. 
Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo‘lgan 
metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo‘laklarga 
bo‘linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko‘rsatganki, rus davlatida IX-X 
asrda savdoda qo‘llanilgan dirhamlar 40 bo‘lakka bo‘linib, har bir kumush 
bo‘lakchasi pul birligi sifatida ishlatilgan. Keyinchalik rus davlatiga, yevropa 
davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiyev knyazi 
Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan.
X asrning o‘rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro 
davlati maydoni kengayib hozirgi O‘rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha 
maydonini o‘z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq yevropa mamlakati 
maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga 
yana sifatli kumush tangalar – dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar 
muomalada donalab va og‘irligi o‘lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati yevropa 
davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush 
tangalar yevropa va Rus davlatiga oqib o‘tgan va biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
Rus davlati bu dirhamlarni bo‘laklarga bo‘lib, pul birligi sifatida muomalada 
ishlatgan.
XI asrda somoniylar davlatidan turklarning o‘rin olishi pul muomalasini ham 
o‘zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida 
saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, keyinchalik Temuriylar 
davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko‘plab zarb qilingan. 
Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islohoti o‘tkazilib, cheklangan miqdorda 
muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar 
chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb 
nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo‘lib «pul» deb 
nomlangan.
Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning 
vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo‘lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini 
kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan. 
O‘zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda 
Buxoroda o‘tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot shoh Ubaydullaxon tomonidan 
o‘tkazilgan bo‘lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda 
kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo‘lgan va ular davlatning urush 
bilan bog‘liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush 
tanganing og‘irligi 1 misqolga teng bo‘lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 
4 ga bo‘linib, endi to‘rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1 
misqolga teng bo‘lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi 
pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga bo‘lingan. 1 misqol 24 nuxudga 


86 
tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng 
bo‘lgan. 
Ubaydullaxon o‘tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi 
kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va 
undan keyin amaliyotda qo‘llanilgan emas. Bu to‘g‘rida quyidagi jadval 
ma’lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish