O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”
fanidan
AMALIYoT
TOPShIRIQ №1
Audiovizual texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi
Guruh: 513-19
Bajardi: Toshtemirov Azizbek
Qabul qildi: Rahmanova Gulnora
Toshkent 2021
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan
|
Toshtemirov
|
Azizbek
|
№ 4.
|
4, 18
|
I. Nazariy savollar:
4. “Standartlashtirish”, “Metrologiya” va “Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish” to‘g‘risidagi qonunlar qachon qabul qilingan va uning mohiyati.
O‘lchash qonun qoidalari yo‘llarini va o‘lchov vositalarini qo‘llanishini majmui bo‘yicha o‘lchash usullari qandaylarga bo‘linadi?
1-savolga javob
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida Bitim (13.06.1992, Moskva). Vaqt va chastotani o‘lchash birxilligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim (09.10.1992, Bishkek). Qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o‘tiladigan me'yoriy hujjatlar, etalonlar, o‘lchash vositalari va standart namunalarni olib o‘tishga bojxona to‘lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdan ozod qilish to‘g‘risida Bitim (10.02.1995, Almati). O‘zaro etkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo‘yicha kelishilgan me'yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to‘g‘risida Bitim (12.04,1996, Moskva). Erkin savdo hududida texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim (20.06.2000, Moskva). MDH davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Konsepsiya. MDH mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg‘unlashtirish maqsadida DAK da model qonunlar ishlab chiqilgan: "Standartlashtirish to‘g‘risida" (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-yalpi majlisida qabul qilingan); "O‘lchashlar birliligini ta'minlash to‘g‘risida" (MDH PAA ning 11-yalpi majlisida qabul qilingan). DAK doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda: Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish va o‘zaro tan olish prinsiplari to‘g‘risida (04.06.1992, Krasnodar). Davlat sinovlari va xilini tasdiqlash, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent).
Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan. Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |