Pulning vazifalari



Download 19,74 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi19,74 Kb.
#495000
Bog'liq
pulning vazifalari


Mavzu: “Pulning vazifalari”

Qiymat o’lchovi vazifalari - Bunda Tovar (xizmat) ning almashuv qiymati pul vositasida xisoblanadi va baxolanadi. Shuningdek, iqtisodiy resurs sarf-xarjatlari va daromadlarni xisoblash o’lchov birligi ham puldir.


Pul qiymat oʼlchovi sifatida. Pulning birinchi funktsiyasi uning qiymat oʼlchoviligidir, yaʼni pul barcha tovarlarning qiymatini uchraydi, ularning bahosini aniqshda vositachi boʼlib xizmat qiladi. Qiymat oʼlchovi funktsiyasida pul, tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu fuiktsiyasida naqt pullar emas uylovdagi pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo dukoniga kirib, biron tovarni bahosini kurib, baho shu tovarga arziydigan bahomi, yoki tovarga baho yukori yoki past kuyilganmi - shu tutrisida oʼzimizning xulosamizga ega boʼlishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz asosida pulning qiymat oʼlchovi funktsiyasi yotadi.
Muomala vositasi vazifasi – Bunda pul tovarlar muomalasi jarayonida vositachi sifatida maydonga chiqadi.
Muomala vositasi funktsiyasida pul yordamida tovar oʼzining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu funktsiyani bajarish uchun naqt pul boʼlishi lozim. Bu funktsiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash-barter usuliga chek kuyiladi.
Oʼzbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qogʼoz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq xajmiga, ish xaqi toʼlashning vaqtiga, axolining bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bogliq.
Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatdari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-bu funktsiyani real, naqt pullar bajaradi;
-tovar va pul bir-biriga karma karshi, bir traektoriyaga xarakat qiladi;
-tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;
-tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi oʼrtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega boʼladilar;
-pul muomala vositasi boʼlishi uchun avvalombor qiymat oʼlchovi boʼlishi kerak.
To’lov vositasi vazifasi – tovarlar nasiyaga tolov muddati kechiktirilib sotilganda va turli hil to’lov majburiyatlari amalga oshirilganda pul bu vazifani bajaradi.
Tovarlar xar doim xam naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqgan vaqtda tovarni sotib olish uchun iste’molchining yetarli naqd puli boʼlmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug’iladi, yaʼni tovarning pulini toʼlash muddati kechiktiriladi. Toʼlov vositasi funktsiyasining asosiy xususiyati tovar va pul xarakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, xarakatning bir tomonlamaligi va xarakatda boʼlinishlar mavjudligidadir.
Pulning toʼlov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir boʼladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki koʼrsatilgan xizmatlar uchun toʼlovlar usha zaxotiyoq naqt pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning toʼlov vositasi funktsiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
Toʼlov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar istʼemolchi ixtiyoriga kelib tushadi va u oʼz extiyojini kondirish uchun tovardan toʼla foydalanishi mumkin.
Аgar tovar uchun toʼlov oldindan (avans) amalga oshiriladigan boʼlsa, tovar maʼlum vaqtdan keyin isteʼmolchi ixtiyoriga tushushi mumkin. Demak, ikkala xolda xam tovar va pul xarakati bir vaqtning oʼzida amalga oshmaydi.
Jamg’arish vazifasi – pul muomaladan chiqarib olinganda bu vazifani bajaradi. Real ravishda oltin pul va oltin buyumlar boylik to’plash vazifasini bajaradi.
Pulning bu funktsiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat boʼlmagan xolda yuzaga keladi. Аgar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa pul muomala va toʼlov oborotidan chetlashadi. Yig’ilgan pullar jamgarma vositasi funktsiyasini bajaradi. Tovar ishlab chiqarish va muomala jarayoni pulni jamg’arishga imkoniyat yaratadi. Jamgarma ikki yunalishda yuzaga kelishi mumkin. Maqsadli jamgʼarish yoki umuman jamg’arish. Shunaqa jamg’armalar borki, anik bir mo’ljal boʼlmagan xolda yig’ib boriladi, maqsadli jamg’armada odamlar mashina, asbob-uskuna, uy joy sotib olish yoki boshqa maʼlum maqsadni amalga oshirish uchun mablag’ jamgaradilar.
Jahon puli vazifasi – Oltin pulga tegishli. Bazi nufuzli valyutalar ham ideal ravishda bu vazifani bajarishi mumkin.
Аdabiyotlarda pulning jaxon puli funktsiyasi to’g’risidagi g’oyani xam uchratish mumkin. Bu funktsiyani biror valyutaga boglab qo’yish to’g’ri deb boʼlmaydi.
Аgar biz tarixga eʼtibor beradigan boʼlsak, tashqi savdo, xalqaro aloqalar, xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi jaxon puli sifatida oltinning qo’llanilishiga olib kelgan. 1867 yilda Parijda qabul qilingan kelishuvga asosan oltin davlatlar oʼrtasida yagona pul (jaxon puli) sifatida qabul qilingan. 1922 yilda Genuyada o’tkazilgan konferentsiyasidagi valyuta bitimiga asosan АQSh dollari va Аngliya funt sterlingi oltinning o’rinbosari sifatida eʼlon qilindi va xalqaro toʼlovlarda qo’llanila boshladi.
Download 19,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish