Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
Nazorat uchun savollar 
1. Pul muomalasini tashkil qilish asoslarini yoritib bering?
2. Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar hamda pul 
massasi va uni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tushuntirib bering? 
3. Pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini, pul muomalasi tushunchasini, pul 
muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar tushuntirib bering? 
4. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublarini, 
I.Fisherning “almashuv tenglamasi”ni tushuntiring? 
5. K.Marksning muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash 
formulasini yoritib bering?


72 
VI BOB. PUL TIZIMI: MAZMUNI, TURLARI VA ELEMENTLARI 
Reja: 
6.1. “Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining turlari.
6.2. Pul tizimining elementlari.
6.3. “Pul tizimi” ni tashkil qilish shart-sharoitlari.
6.4. Pul tizimining shakllari: bimetallizm; monometallizm; qog‘oz va 
kredit pullari tizimi. 
6.5. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Tayanch iboralar: 
tizim, Markaziy bank, tijorat banklari, pul tizimi 
elementlari, milliy va jahon valyuta tizimi, tamoyillari, turlari, shakllari, 
Bimetallizm, monometalizm.
 
6.1.“Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining shakllari 
Pul tizimi
pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va 
qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul 
muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari 
va normalari majmuidir. 
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul 
mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pul mablag‘larining ikki 
turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. 
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita 
muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha 
funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. 
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va 
monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda 
ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm 
esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o‘tishni anglatadi. Bunda bimetallizm 
holatida quyidagicha xillar ajratib ko‘rsatiladi: 
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o‘rtasidagi o‘zaro nisbat 
bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 
2) qo‘shaloq valyuta tizimi – ikki metall o‘rtasidagi o‘zaro nisbat davlat 
tomonidan ushbu metallarga bo‘lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi 
iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo‘ladiyu, 
lekin teng huquqlarga ega bo‘lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb 
qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. 
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham 
ayrim o‘zgarishlar yuz berdi: 
1) oltin tangali standart – to‘laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda 
tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi; 
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bo‘lmaydi, lekin unga katta 
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin 
yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi. 


73 
Valyuta tizimi - bu mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarini tashkil 
etish shaklidir. 
Valyuta tizimi - bu xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan 
shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning 
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. 
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ektlarning ushbu 
faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni 
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish