Bank ishi va investitsiyalar


ketadigan harajatlar salmog‘ining usishi natijasida tovarlar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
ketadigan harajatlar salmog‘ining usishi natijasida tovarlar
 
bahosining 
oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. 
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu iqtisodiyotning turli sohalari o‘rtasida 
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor jamg‘arma va iste’mol 
o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va harajatlari o‘rtasidagi 
muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi 
nomutannosibliklardan iboratdir. 
 
5.5. Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini o‘lchovchilardan (ko‘rsatkichlaridan) iborat. Pul 
agregatlari statistikada pullar harakatining muayyan sanaga bo‘lgan yoki muayyan 
vaqt davridagi o‘zgarishini tahlil etish uchun qo‘llaniladi. 
Pul agregatlarini qurish uchun moddiy ne’matlarning likvidliligi darajasiga 
qarab ularning bosqichma-bosqich joylashtirilishi asos qilib olingan. Moddiy 
ne’matlarning likvidliligi deganda ushbu ne’matlarning tez va unchalik ko‘p 
zararlarsiz pulga aylanishi qobiliyati tushuniladi. Moddiy ne’matlarning likvidliligi 
vaqt bilan o‘lchanadi. Moddiy ne’matni pulga aylantirish uchun qanchalik kam 
vaqt talab qilinsa, uning likvidliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Naqd pullar mutloq 
likvidlilikka ega, chunki ularni pulga aylantirish uchun zarur bo‘ladigan vaqt nulga 
tengdir. 
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi 
ko‘rsatkichlardir. 
 


67 
Muomaladagi naqd pullar M
o
agregatini tashkil etadi. Naqd pullar 
banknotalar, g‘azna pattalari (biletlari) (agar mamlakatda ikkita emissiya markazi 
mavjud bo‘lsa) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Metall tangalar naqd 
pullarning juda kam qismini (rivojlangan mamlakatlarda 2%-3% ni) tashkil qiladi. 
Ularni keyinchalik yombiga aylantirib sotishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odatda 
arzon metallardan zarb qilinadi. Shuning uchun tanganing real qiymati nominal 
qiymatidan birmuncha pastroq bo‘ladi. 
M
o
agregatini pul bazasidan farqlash zarur. Pul bazasi tarkibiga tijorat 
banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari kiradi. M
o
agregatining 
tarkibiga tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zahiralari rasman 
kirmaydi. 
M
o
agregatiga kamroq likvidli mablag‘larni izchillik bilan qo‘sha borish bilan 
M
1
, M
2
, M
3
... MN gacha bo‘lgan agregatlar olinadi. 
Pul agregatlarining soni va tarkibi mamlakat kredit tizimining o‘ziga xos 
xususiyatlari va tuzilishiga hamda uning moliya bozorlarining rivojlanish 
darajasiga bog‘liqdir. 
Pul massasi alohida elementlardan iborat bo‘lib, bunday elementlar pul 
massasining holatini baholash jarayonida qo‘llaniladi va uni tartibga solish 
uslublari va hajmlarini birmuncha aniqroq tanlashga imkon beradi. 
Ushbu pul agregatlari asosan to‘lovning turli shakllarda ifodalangan u yoki 
boshqa vositalarini hisobga olish asosida ajratiladi. Odatda, har bir agregat nominal 
raqamga ega bo‘ladi. Raqamning o‘sib borishi bilan ushbu agregat yordamida 
hisobga olinadigan vositalar soni ham oshadi. Shunday qilib, katta sonli 
koeffitsiyentli agregat kichik indeksli (raqamli) agregatlarda hisobga olingan 
barcha pul mablag‘larini o‘z ichiga oladi. Faqat muomalada bo‘lgan naqd pul 
mablag‘larini hisobga oladigan M
o
pul agregati o‘z ma’nosi va mohiyatiga ko‘ra 
birinchi bo‘lib hisoblanadi. 
M1 – muomaladagi naqd pul mablag‘lari (ya’ni, M
o
agregati), korxonalarning 
hisob-kitob, 
joriy 
va 
maxsus 
hisobvaraqlaridagi 
mablag‘lari, sug‘urta 
kompaniyalari 
mablag‘lari, aholining tijorat banklaridagi “talab qilib 
olingungacha” hisobvaraqlaridagi depozitlari. 
M 2 – M 1 agregati + aholining banklardagi muddatli omonatlari. 
M 3 – M 2 agregati + davlat zayomlarining sertifikatlari va obligatsiyalari. 
M 4 – M 3 agregati + xorijiy valyutadagi depozitlar. 
Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi: 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga 
chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va 
korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy 
etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim 
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda 
summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + 
jamg‘arma sertifikati. 


68 
M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + 
korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori 
o‘zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining 
qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul 
agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. Shuning 
uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim. 
Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi 
xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat 
muassasalariga tegishli harid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida 
ifodalaydi. 
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy 
o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini 
tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar ( 
pul agregatlari) dan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma 
qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va 
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun 
quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar 
(maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, 
mahalliy budjet schyotlari, budjet, kasaba, uyushmalari, jamoat va boshqa 
tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash 
fondi) dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi 
talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli 
qo‘yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul 
massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism 
– jamg‘armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.


69 
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va 
jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z 
ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari “kvazi” - “qariyb pullar” deb 
ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi 
mumkin.
 
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan 
to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni hisobga olish kerakki, bunday agregatlarning belgilanishi turli 
mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Ushbu agregatlar o‘z holicha mamlakat 
to‘lov oboroti sohasida yuz beradigan jarayonlar, jamg‘armalar hajmlari, 
shuningdek, ushbu jamg‘armani amalga oshirishda qo‘llanilgan vositalarning sonli 
ifodasi vositalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyotning joriy holatini belgilashga imkon 
beradi va keyingi vaziyatni prognoz qilishda ko‘maklashadi. 
Pul massasi agregatlari, iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyentini hisobga 
olish yordamidagi hisob-kitob eng namunali hisob-kitobdir. Monetizatsiya 
koeffitsiyenti iqtisodiyotning pullar bilan ta’minlanishi darajasi yoki tovar 
aylanishining to‘lov vositalari bilan ta’minlanishi darajasini aks ettiradi. Bunday 
koeffitsiyent M2 pul agregati summasi va ushbu iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan 
xorijiy valyutadagi depozitlarning YaIM hajmiga o‘zaro nisbati sifatida hisoblab 
chiqiladi. Ushbu koeffitsiyentni hisob-kitob qilishda suratga birdaniga M2 
agregatini va xorijiy valyutadagi depozitlarni o‘z ichiga oladigan M4 pul agregatini 
qo‘yish qulayroq bo‘ladi. Ushbu koeffitsiyent mohiyati idealda birga teng bo‘ladi. 
Shunga qaramasdan, 0,7 yoki 0,8 darajasidagi natijalar yo‘l qo‘yilishi mumkin 
mohiyatlar deb hisoblanadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish