Bank ishi va investitsiyalar


Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar 
Hisob – kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to‘lovchining) 
topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni oluvchi foydasiga to‘lovni amalga oshirish uchun 
mablag‘ ma’lum muddatga deponentlanadi. 
Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo‘linadi.
Qoplangan akkreditivda sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni 
mijozning bankida ochilgan 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha 
depozitlari” hisobvarag‘ida deponentlanadi.
Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan 
summani o‘zining hisobvarag‘idan alohida hisobvaraqga deponentlamaydi, balki 
mijozning banki uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda to‘lov 
kafolatini oladi. 
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan yoki chaqirib 
olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi mavjud bo‘lmagan 
holda, akkreditiv chaqirib olinadigan hisoblanadi. 


50 
Chaqirib olinadigan akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag‘larni 
oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi 
mumkin. Akkreditivni chaqirib olish bank – emitent zimmasiga mablag‘larni 
oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To‘lovchi chaqirib olinadigan 
akkreditivning shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi barcha 
ko‘rsatmalarni mablag‘lar oluvchiga, faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, 
ushbu bank mablag‘larni oluvchining banki (ijrochi bank)ni, u esa – mablag‘ 
oluvchini, xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari 
o‘zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo‘lsa, u 
chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni 
amalga oshirishi mumkin. 
Mablag‘ oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib 
olinmaydigan akkreditiv, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan 
akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda, chaqirib olinmaydigan akkreditiv 
tasdiqlangan akkreditiv bo‘ladi. 
Tasdiqlangan akkreditiv bo‘lganda, ijrochi bank, bank – emitentning 
akkreditiv shartlariga muvofiq, to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari bo‘yicha 
o‘z zimmasiga qo‘shimcha ravishda majburiyatlar oladi. 
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki 
bekor qilinishi mumkin emas. 
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona 
jo‘natgan tovar va ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov kafolatlanadi. Shu bilan 
birga aytish lozimki, akkreditiv bilan hisob – kitoblarda mol sotib oluvchi 
korxonaning mablag‘lari ma’lum muddatga o‘z ixtiyoridan chiqib ketadi.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar tartibini ikkita bank bo‘limi misolida 
quyidagi chizmada ko‘rib chiqamiz.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish