"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

 
 
 
 
 
 


75 
3-mavzu. Tijorat banklarini tashkil etishning xuquqiy va iqtisodiy asoslari 
 
Reja: 
1.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining faoliyati va uning asosiy 
jixatlari
2. Tijorat banklarini tugatish va qo‘shishning huquqiy asoslari 
3.O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tugatish tartibi va uning huquqiy 
asoslari 
4. Tijorat banklarini qayta tashkil etish va qo‘shib olish asoslari 
 
Bank - bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi va jamg‘aruvchi, kredit 
beruvchi, hisob-kitoblarni olib boruvchi, pul va qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, 
oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir. Lekin bu 
ta’rifdan tijorat banklariga tegishli vazifalarni olib, banklar - kredit, hisob-kitob, kassa, 
lizing, faktoring, valyuta, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni va noan’anaviya xizmat 
turlarini bajaruvchi tijorat muassasadir deyish ham mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga 
asosan:
8
«Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat 
turlari majmuini, ya’ni: 
• yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; 
• qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish; 
• investitsiyalash uchun foydalanish; 
• to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir». 
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga 
mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar 
o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida 
yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. 
Darhaqiqat, iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‘lgan bank faoliyatining tashkil etilishi 
va ishonchli faoliyat yuritishi bizning iqtisodiyotimiz uchun juda ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tijorat banklari faoliyati nafaqat banklarning o‘ziga balki davlat uchun ham 
dolzarb ahamiyatga ega. Banklar faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turish 
zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
1. 
Banklar jamoatchilik mablag‘larining eng ishonchli saqlanadigan joyidir. Lekin 
o‘z mablag‘larini saqlash xohishiga ega bo‘lganlarning ko‘pchiligi bankning 
ishonchliligini baholashda va moliyaviy masalalarda etarli ma’lumotga ega emaslar. SHu 
tufayli, banklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar banklar moliyaviy holatini tahlil 
qilish uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plashga mas’uldirlar. Bu bilan ular 
omonatchilarni himoya qilib, ularning moddiy zarar ko‘rishlarining oldini oladilar. 
8
Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги Қонуни. 1996 йил 25 апрель


76 
2. 
Davlat tomonidan vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan taftishlar natijasida bank 
mablag‘larini noqonuniy sarf qilinishi, firibgarlik, qalloblik, birovning haqiga xiyonat 
qilish va suiste’molliklarning oldini oladilar. 
3. 
Omonatchilar qo‘yilmalarining asosiy qismi qisqa muddatli depozitlardan iborat 
bo‘ladi. SHu bilan birga banklar yirik hajmdagi uzoq muddatli kredit berish va 
mablag‘larni investitsiyalarga yunaltirish bilan ham shug‘ullanadilar. Bu o‘z navbatida 
banklarni o‘z omonatchilari oldida juda ayanchli ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bu 
o‘rinda banklar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarishni ta’minlash 
imkonini beradi. 
4. 
Banklar arzon narxdagi depozitlarni kreditlarga yo‘naltirish bilan mamlakat 
iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadilar, chunki jamg‘arilgan pul massalari iqtisodiyot 
bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, pulning qadrsizlanishining oldini oladi yoki unga 
imkoniyat yaratib beradi. SHuning uchun nazorat organlarining muomaladagi pul hajmini 
nazorat qilishi o‘ta muhimdir. 
5. 
Banklar xususiy shaxslarning iste’mol va investitsiya ehtiyojlarini qondirish 
uchun mablag‘larni kreditga beradilar. Banklarning bu faoliyatini davlat tomonidan 
nazorat qilish va tartibga solishning ahamiyati shundaki, xususiy shaxslar manfaatlari 
himoya qilinadi va ularning hayot tarzi yaxshilanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bizning 
mamlakatda kishilarning yoshi, jinsi, millatiga va irqiga qarab kredit berish yoki 
bermaslikni hal qilish taqiqlangan. 
Banklarni davlat tomonidan nazorat qilinishining sababi shundaki, banklar azaldan 
xalqning, avvalo, xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan muassasadir. 
Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha omonatchilar va 
kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga va banklarning inqirozga yuz tutishi 
tufayli kelib chiqadigan oqibatlardan saqlashga harakat qiladi.Bir bankning inqirozga 
uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin 
moliyaviy ahvolda qolishlari mumkin.Bankning operatsiyalari va taklif qilinayotgan 
xizmat turlari, kreditlarning sifati va miqdori, bank sarmoyasining etarliligi, mijozlarga 
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi. 
Banklar kreditlar berish yoki to‘sqinliksiz sarf qilinadigan depozitlar hisobiga o‘z 
investitsiya faoliyatlarini amalga oshirish yo‘li bilan pul ishlash imkoniyatiga ega 
bo‘lganliklari tufayli ham qattiq nazorat ostida bo‘ladilar. Hosil qilinayotgan pul 
miqdorining o‘zgarishi iqtisodiyot holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni pul qadrsizlanishining 
kuchayganligi yoki ortganligi aniqlanadi.Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana 
bir sababi shuki, ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo‘l bilan 
iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar. 
Qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ustidan nazorat qiluvchi organ sifatida 
Markaziy bank o‘z vazifalarini bajaradi. Unga ko‘ra Markaziy bank moliya-bank tizimi 
barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari 
himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va 
kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular 
tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni 


77 
maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring 
hamda nazorat qiladi. 
Markaziy bank banklarni ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga 
oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab 
chiqarishni litsenziyalaydi.Banklarni ro‘yxatga olish, banklarga litsenziyalar berish 
Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli 
qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot e’lon 
qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda 
tanishib chiqish uchun ochiqdir.Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, 
banklar hamda qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar 
reestrini yuritadi. 
Bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini 
yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni 
aynan Markaziy bank belgilaydi.
Bank, shu jumladan, chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida 
amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va 
bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat byudjetiga olib qo‘yiladi. 
O‘zbekistonda tijorat banklarini tashkil etishning o‘ziga xos iqtisodiy va amaliy 
jihatlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankitijorat banklarining ustav 
kapitallarini shakllantirishlari bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 
SHuningdek, respublika bank tizimi kapitallashuv va likvidlik darajalarini oshirish, 
moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda bank tizimini xalqaro me’yor va 
andozalarga muvofiq yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-
tadbirlar natijalari jahon hamjamiyati, xalqaro moliya va reyting tashkilotlari tomonidan 
yuqori baholanmoqda. 
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat 
muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko‘lamining oshishiga xizmat 
qilmoqda. 
Bank muassasalarida jismoniy shaxslar tomonidan ochilgan, har 1000 ta katta yoshli 
aholiga to‘g‘ri keladigan bank hisobvaraqlari 1028 birlikni (1000 tadan ko‘p «yuqori» 
hisoblanadi) tashkil qilib, mazkur ko‘rsatkich ham «yuqori daraja»dagi bahoga mos keladi. 
SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 
apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, 
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank sohasi 
faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari tijorat banklarining 
hududlardagi filiallari ko‘rsatkichlarining yuqoriligini ko‘rsatdi. 
Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa to‘lovlarni bevosita aholi yashash 
joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan ko‘chma kassa faoliyati yo‘lga 
qo‘yildi. 


78 
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik 
aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta 
vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 
Lekin bank tizimida shunday muvaffaqiyatlarga erishilayotganligiga qaramasdan 
tijorat banklari faoliyatida bir qator muammolar yuzaga keladi. Tijorat banklari faoliyatini 
mamlakatimizda tashkil etish va yo‘lga qo‘yish borasida bir qancha chora-tadbirlar amalga 
oshirilishi va qo‘llanilishi barobarida ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelishi kuzatilmoqda. 
Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajara olmaslik 
natijasida bir qancha banklar o‘z faoliyatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishadi. Bu esa 
oxirgi yillarda bir necha banklarning tugatilishi bilan yakunlanmoqda.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish