"bank ishi" kafedrasi


 Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari 
 
1
Савинова Д.В. О формировании механизма привлечения кредитных ресурсов в малый бизнес //Деньги и кредит. - 
Москва, 2009. - № 5.
3
Минакова Т.В. Стратегия и развития малых и средних предприятий промышленности в условиях социально 
ориентированной экономики. Aвтореф. дисс. на соиск. учен. степ. к.э.н. -М.: МГУ,2008.


42 
O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklari bilan birga 
nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi 
davrlarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006 
yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga 
asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006 yil 7 oktyabrdagi 
№24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi me’yoriy 
hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini 
tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul 
qilinishiga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlash Markaziy bank 
tomonidan ishlab chiqilgan va Adliya vazirligida tasdiqlangan nizomlar, tartiblar va 
yo‘riqnomalar, shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ichki 
siyosatlari doirasida amalga oshirilar edi. 
Mazkur qonunnning qabul qilinishi bilan fuqarolarni va tadbirkorlik sub’ektlarini 
mikromoliyalashning xuquqiy bazasi yanada takomillashdi. CHunki ushbu qonunnning 
asosiy maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik 
sub’ektlari faoliyatini kuchaytirish uchun ularni moliyaviy mablag‘lar va xizmatlarga 
bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat, deb 
ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing 
tushunchalari to‘liq ochib berilgan. 
Xusuan, mikromoliyalash-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning 
qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, 
mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombard 
tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin. 
Mikrokredit-qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam 
ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va 
qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul 
mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida 
(maqsadli mikrokredit) beriladi. 
Mikroqarz-mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz 
oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada 
muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa
to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir. 
Mikrolizing-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing 
oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish 
va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq 
evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga 


43 
oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki 
ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. 
Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlardan biri–bu mikrokredit 
tashkilotidir. Mikrokredit tashkilotlari 2006 yil 26 avgustdagi “Mikrokredit tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Unga ko‘ra 
mikrokredit tashkiloti - Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va “Mikrokredit tashkilotlari 
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik 
shaxs deb ko‘rsatib o‘tilgan. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-
vositachilik va mazkur qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita 
shug‘ullanishga haqli emas. 
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu 
tashkilotlar davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar 
tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. 
Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi 
yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda 
quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: 
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi; 
- boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi; 
- mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi; 
- mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek 
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-
mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda 
kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori 
litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan 
shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit 
tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad 
etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va 
litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz 
kalendar kun ichida qabul qilinadi. 
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 
- litsenziya berish haqidagi ariza; 
- mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 


44 

mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi; 
- mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
- mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi: 
o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari; investorlar, shu jumladan chet ellik 
investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; banklarning 
kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari, 
nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat 
tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotlari faoliyatini 
tartibga solishni amalga oshiradi. Jumladan: 
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda: 
- mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda moliyaviy va 
kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur 
tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi; 
- mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida 
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan 
ko‘rsatmalar beradi; 
- mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni 
belgilaydi; 
- mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch 
oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi; 
- mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki 
litsenziyani bekor qiladi. 
Aholining faol qismi o‘z biznesini tashkil etishi va boshlashi uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi bandligini oshirishga ko‘maklashuvchi 
kichik va mikrobiznes sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“2010 
yilgacha 
O‘zbekiston 
Respublikasidamikromoliyalashtirishnirivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarorining 
qabul qilinishi kichik biznesni mikrokreditlashni rivojlantirishda yangi sahifa ochdi. 
Mazkur Dasturga ko‘ra quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosiy 
yo‘nalishlari etib belgilangan va ijro etilgan.
- mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj bo‘lgan aholi to‘liq qamrab olinishini 
ta’minlagan holda mamlakatning barcha mintaqalarida mikrokredit tashkilotlari tarmog‘ini 
kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
- normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda mikrokredit tashkilotlarining 
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ular faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini 
yaratish;


45 
- moliyalashtirishning tijorat manbalari, xususan xalqaro moliya institutlari, tijorat 
banklari va davlat maqsadli jamg‘armalarining kredit liniyalari hisobiga mikrokredit 
tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga ko‘maklashish;
- mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish, xususan mikrolizing xizmatlarini 
rivojlantirish;
- mikrokredit tashkilotlari professional xizmatlarga va zarur kredit axborotlariga 
kirib borishini ta’minlovchi yordamchi xizmatlarni va infratuzilmani rivojlantirish. 
Undan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi 
«2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning 
barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor 
yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, mikrokredit tashkilotlari 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi. Uni 3-jadval ma’lumotlaridan 
ko‘rish mumkin: 
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar 
Mahkamasining Qarorlari va Markaziy bankning kichik biznesni mikrokreditlashga oid 
qator yo‘riqnomalari kichik biznes faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamladi, kichik 
biznes sub’ektlari uchun ma’lum kafolatlar va imtiyozlar belgilandi, kichik biznesni 
qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma tizimi shakllandi. SHu bilan birga, fikrimizcha, kichik 
biznesning qonuniy asoslarini zamon talablaridan kelib chiqib, doimiy ravishda 
takomillashtirib borish uning rivojlanib borishiga va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mikrokredit tashkilotlari faolityaining tashkiliy-huquqiy 
asoslarini shakllantirish bo‘yicha qonunlarning qabul qilinishi: 1) mikromoliyalash bilan 
bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi yagona huquqiy bazaning shakllanishiga; 2) 
mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mablag‘laridan foydalanish imkonini 
ta’minlashga; 3) aholining keng qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga 
ixtisoslashgan mikromoliyaviy tashkilotlar tuzish va faoliyatini rivojlantirishga; 4) 
mikromoliyalash jarayonini tartibga solish asosida mikrokredit tashkilotlari hamda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni 
rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish