"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

 
 


36 
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari 
Reja: 
1.Nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari 
3.Mikrokredit tashkilotlari faoliyatiningasosiy yo’nalishlari 
4. Lombard tashkilotlari faoliyati tahlili 
 
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, 
ularning hayotlari farovonligini ta’minlashda mikromoliyaviy xizmatlarning o‘rni muhim 
ahamiyat kasb etmokda. O‘z navbatida, aholi o‘rtasida mikromoliyaviy xizmatlarga 
bo‘lgan talabning kuchayishi mahalliy mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini 
xalqaro talablar darajasiga olib chiqish va sifatli xizmat turlarini taklif etishni talab etadi. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari 
faoliyatinining dastlabki davrlarida ularning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda 
tijorat banklariga muqobil ravishda nobank kredit tashkilotlarining ham ahamiyati kattadir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan respublikada faoliyat 
ko‘rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari, xususan, mikrokredit tashkilotlari hamda 
lombardlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasida amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar, shuningdek, ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasi yanada 
takomillashtirilishi nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini va faoliyati 
ko‘lamini kengaytirishga mustahkam zamin yaratmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015 
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish 
va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari 
to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarorida, aynan, nobank tashkilotlari faoliyatini 
takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Bunda nobank tashkilotlari faoliyatini 
yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish 
hajmlarini kengaytirish, nobank tashkilotlari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat 
turlari tarmog‘ini kengaytirish, nobank tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa 
texnologiyalarini joriy etish, nobank tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish
mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish 
shular jumlasidandir.
2015 yilda mikrokredit tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘lib, jami aktivlari qoldig‘i 2014 yildagiga nisbatan 30,2 foizga 
oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 67,5 mlrd. so‘mga, kapitali 25,3 foizga oshib, 
46,7 mlrd. so‘mga va ajratilgan kredit va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari qoldig‘i 24,2 foizga 
oshib, 54,4 mlrd. so‘mga etdi
1

SHuningdek, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, lombardlarning jami aktivlari 
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,0 foizga oshib, 41,5 mlrd. so‘mni, kredit 
1
2015 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. Bozor, pul va 
kredit jurnali. 2016. №1. 


37 
qo‘yilmalari qoldig‘i 44,7 foizga oshib, 34,6 mlrd. so‘mni va jami kapitali hajmi 29,6 
foizga oshib, 35 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 
Nobank kredit tashkilotlari tarmog‘i va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan 
mikromoliyalash xizmatlari ko‘lamining kengayib borayotganligi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, aholini kreditlash hajmlarining oshib 
borishiga xizmat qilmoqda. 
Jahon bankining ma’ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati 
uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan 
dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan. 
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga 
etgani yoki 1,8 barobar oshgani alohida ta’kidlandi
2

Bugungi kunda mamlakatimizda axolining kam ta’minlangan katlamini moddiy 
jixatdan ko‘llab kuvvatlash, ularning xayotlari farovonligini ta’minlashda mikromoliyaviy 
xizmatlarning o‘rni muxim kasb etmokda. O‘z navbatida axoli, o‘rtasida mikromoliyaviy 
xizmatlarga bo‘lgan talabning kuchayishi maxalliy mikrokredit tashkilotlari va lambardlar 
faoliyatini xalkaro talablar darajasiga olib chikish va sifatli xizmat turlarini taklif etishni 
talab etmokda. 
Nobank kredit-moliya institutlari - bu rasman bank emas (bank litsenziyasiga ega 
emas), ammo asosiy faoliyati moliyaviy hizmatlar ko‘rsatish bo‘lib, ko‘p jihatdan 
banklarnikiga bog‘liq va muqobil hisoblanadi. SHuning uchun nobank kredit-moliya 
institutlari ko‘plab ingliz tilidagi adabiyotlarda banklarga asosiy raqobatchi deb aytiladi va 
bular: lombard tashkilotlari, mikrokredit tashkilotlar va kredit uyushmalari (hozirgi 
kunda faoliyati to‘xtatilgan). 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish