Gidravlik bog’lovchilar



Download 191,5 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2022
Hajmi191,5 Kb.
#356001
  1   2   3   4
Bog'liq
Gidravlik bog’lovchilar


Kirish

Insonlarning chiroyli baland binolarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda, binolarning mustahkamligi va chiroyini ta’minlashda bog’lovchilarning o’rni juda muhimdir.

Bog’lovchi modda - bu tuyilgan kukunni ma’lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuq holatga kelib, sekin bo’tqa holatidan qotish jarayoniga o;tib sun’iy toshga aylanadigan qurilish ashyolaridir.

Bog’lovchi moddalar bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan xosil qilinganligi ma’lum. Misr, Yunoniston, Rum va Vavilonda oxak qorishmasi xamda gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda.

Bog’lovchilar organik, anorganik va organik-mineral guruhlarga bo’linadi. Anorganik yoki mineral bog’lovchilar kukunsimon bo’lib, mayday va yirik toldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun’iy toshga aylanadi. Anorganik bog’lovchilar ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Havoyi bog’lovchilar – ohak, gipsli bog’lovchilar va kaustik magnezit. Ular suv va nam ta’sirida bo’lmagan sharoitda qotish hossasiga ega.

Gidravlik bog’lovchilarfaqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish hususiyatiga ega. Masalan, gidravlik oxak, portlandtsement, giltuproqli tsement, putstsolan portlandtsement, toshqolli portlandtsement kengayuvchi tsementlar va boshqalar.

Kislotalarga chidamli bog’lovchilarning qotish jarayoni, keyingi mustaxkamligini ortishi kislotalar tasirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli tsementlar va eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan qorishmalarni misol qilish mumkin.

Tsementning ixtiro qilinishi beton xossalarining, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog’lovchi moddalarni izlashni talab etsa, temir-beton konstruktsiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandtsementning yangi, tez qotuvchi, mustaxkam turlarini yaratish ehtiyojini tug’diradi. Tsementning sho’r suv ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida, yangi tsement turi – sulfatga chidamli portlandtsement ixtiro qilindi.

Angliyalik tadqiqotchi Jozefo Aspdin shu sohada ish olib brogan. U 1824-yili yaratgan “sun’iy tosh ishlab chiqarishning usuli” ishi uchun patent oldi. Bu sun’iy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotganligi sababli portlandsement deb atalgan.

Bir qancha tadqiqotlardan shu narsa aniqlandiki, Portland – sement klinkeri hosil qilish uchun xomashyoni qisman eriy boshlaguncha kuydirish kerak. Aks holda uch kalsiyli silikat hosil bo’lmaydi. Holbuki Portland - sement tarkibida ana shu silikatning borligi suvga chidamli boshqa sementlardan farqlanadi. 1000 – 11000C da, ya’ni karbonat angidrid gazi ajralib chiqib ketguncha bo’lingan haroratda esa xomashyo maromida qovushib pishmaydi. An shunday taxlillar asosida olimlar Portland – sement birinchi bo’lib rus quruvchi – muxandisi E. Cheliyev ixtiro qilganligini e’tirof etishdi. Zero, J. Aspdin 1000 – 11000C da Portland – sement klinkeri hosil qila olmagan. U yaratgan suvga chidamli ohakka yaqin bo’lgan semant hatto o’z vatani Angliyada ham tan olinmadi, lekin J. Aspdin bergan nom patent olinganligi tufayli hozirgacha ishlatilib kelinmoqda.

Hozir dunyoning 120 dan ko’p mamlakatida sement ishlab chiqariladi. Biroq bu sexda yetakchi mamlakatlar 15 ta bo’lib, ular butun sunyo sementining 85% ini, shundan 5 mamlakat 50% ini yetkazib beradi. Ba’zi mamlakatlarda sement ishlab chiqariah endigina yo’lga qo’yilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sement ishlab chiqarish surati jadallashmoqda. Zamonaviy qurulish sanoatining asosi bo’lmish sement ishlab chiqarish va ishlatish har bir mamlakatlarning iqtisodiy qudratini belgilovchi omillardan biridir.

1926 – yilning iyunida Bekobod shahrida ilk bor sement ishlab chiqarila boshlandi. O’zbekiston sementchilari olimlar bilan hamkorlikda ish olib borib, uysozlik zavodlariga tez qotadigan, irigatsiya inshoatlari uchun sulfatga chidamli neft, va gaz quduqlari uchun tamponaj, pardozlash ishlariga oq rangli hamda boshqa hil sementlar ishlab chiqarishni o’zlashtirdilar. Dastlabki 3 yil davomida korxona portlandtsement ishlab chiqarishni o’zlashtirib,yiliga 28 000 tonnadan mahsulot berdi.O’sha vaqtlarda zavod zamonaviy hisoblangan soattiga 4 tonna kilinker ishlab chiqaradigan 45 m li aylanma pechga ega bo’lgan. Unda hom ashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar va 1000 kVt quvvatli elektro stansiyaga ega bo’lgan.

1936 – 1937 yillardagi birinchi rekonstruksiyadan keyin zavod yiliga 155 000 tonna mahsulot bera boshladi.Zavod 1959 yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha kengaytirildi.Ikkita 118 metrli aylanma pech o’rnatildi.1961 yili yana bitta 150 metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720 000 tonnaga yetdi.Endilikda zavod texnalogiyasi uzluksiz takomillashib,ulkan korxonaga aylandi. 1970 yili korxona quvvati 800 000 tonnani tashkil etgan bo’lsa,oxirgi X ta besh yillikda stement ishlab chiqarish 1 mln 50 000 tonnaga yetdi.

M.G’ulomov tavsiyasiga binoan Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangoron ohaktoshidan juda yaxshi qovushib pishadigan yuqori mustahkamlikga ega bo’lgan oq sement olinmoqa.

O’zbekiston tsement ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq davridayoq ittifoq bo’yicha to’rtinchi, o’rinni egallagan va Avg’oniston,Pokiston va Eron kabi mamlakatlardan o’zib ketgan edi.

Ittifoq davrida zavodlarimizga hom ashyolar boshqa davlatlardan olib kelingani uchun 1991 – yili milliy mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng tsment zavodlardagi ish ohsayotgandi.Mamlakatimizda olib borilgan izchil islohatlar natijasida 1995 – yildan boshlab tsment zavodlari barqaror ishlay boshladi.Jahon standartlariga javob beradigan tsementlar ishlab chiqarila boshlandi.Eksport oshdi.Har yili 2 mln tonnage yaqin tsement eksport uchun mo’ljallanmoqda.

Respublikamizda chiqariladigan barcha tsementlarga 20 % gacha faol qo’shimchalar qoshiladi Asbesttsement va maxsus inshoatlar uchun ishlatiladigan tsementlarga faol qo’shilmalar ishlatilmaydi.Tsement klinkerini tuyishda Angren loyidan tayyorlangan faol qo’shilmalardan 40 % gacha qo’shish mumkun. Bunda tsement markasi pasaymaydi.

Shuni aytish kerakgi bog’lovchi moddalarning istiqboli ya’ni har taraflama rivojlanishi qurilish

ning barcha jabhalarida rivojlanishlarga sabab bo’ladi.




Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish