40
subsidiyalashtirilgan qishloq xo‘jalik kreditlari berishni boshlagan. 1970 yillardan so‘ng
rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’minlangan aholi qatlamiga kichik hajmdagi
kreditlar berish va boshqa maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eksperimentlar
o‘tkazildi.
Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash dasturi
Bangladeshda 1976 yilda prof. M.YUnus (Nobel mukofoti sohibi, 2006 y.) boshchiligidagi
“Gramin” banki orqali amalga oshirildi va shu yilni mikromoliyalashning tug‘ilgan yili,
deb nomlash mumkin.
Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.YUnus tomonidan mikromoliyaviy
xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki
amaliyotiga joriy etilgan. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.YUnus
tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko‘ra, nisbatan yuqori foiz stavkalarini aholining o‘rta
qatlamiga nisbatan qo‘llash lozim, kambag‘allarga beriladigan mikrokreditlar esa,
imtiyozli bo‘lishi zarur. Ular mikrokreditlar yordamida kambag‘allik balosidan
qutuladilar,
undan keyin esa, banklar va mikromoliyalash tashkilotlari ularni o‘rta
tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari mumkin.
Bizning fikrimizcha, M.YUnusning mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha amaliyotga
tatbiq etilgan taklifi qo‘llanilishi o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini
takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan,
mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. Ularning daromad
darajasi past bo‘lib, yuqori foiz stavkalaridagi mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan
foydalanish imkoniyati cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag‘al qatlamlari va endi
tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes sub’ektlari yuqori likvidli garov
ob’ektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar
hajmini oshirishga jiddiy
to‘sqinlik qiladi.
Iqtisodchi-olim D.Tajibaeva ilmiy ishida mikrokreditlash amaliyotining qonunchilik
asoslarini takomillashtirish, ularga davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar berish bo‘yicha
qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. D.Tajibaevaning ilmiy
izlanishlarida, aynan, mikrokredit tashkilotlarining mikrokreditlar berish amaliyotini
takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.
Iqtisodchi-olim B.Mamatovning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarini mikromoliyalash amaliyoti va uni takomillashtirish» mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishda
mikrokredit tashkilotlarining roli tadqiq qilingan va O‘zbekistonda mikrokredit
tashkilotlari faoliyati taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Xorijlik iqtisodchilardan D.Savinovaning fikricha kichik tadbirkorlikni kreditlash
bozorining har bir bosqichi uchun alohida kredit xizmati ko‘rsatish zarur.
U mazkur
bozorning uch bosqichi bo‘yicha uch xil kredit xizmatini taklif etadi, jumladan:
– yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kichik
biznes sub’ektlariga minimal miqdorda mikrokreditlar berish;
– kichik biznes sub’ektlariga kapital qurilish va asosiy vositalar sotib olish uchun
limit asosida, bir marotabali kreditlash hamda kredit yo‘nalishini ochish yo‘li bilan
41
kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar belgilash orqali o‘rta va uzoq muddatli kreditlar
berish;
– kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma kapitalni to‘ldirish maqsadida
overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish orqali kreditlar berish
1
.
Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov
ta’minoti etishmagan, an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati bo‘lmagan
tadbirkorlarga, mijozlarning ma’lum guruhiga kichik hajmdagi
kreditlar taqdim etish
borasidagi faoliyat sifatida e’tirof etadilar, mikromoliyaviy munosabatlarning ijtimoiy
roliga esa alohida e’tibor qaratiladi, shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash
sifatida tushunib, uning yuqori miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanishini ta’kidlaydilar.
Masalan, A.Taev fikricha: “mikromoliyalash - bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga
yo‘naltirilgan, an’anaviy bank xizmatlariga imkoniyati etmagan kichik tadbirkorlik
sub’ektlari va jismoniy
shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari
miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati kredit tarixi mavjud
bo‘lmagan, garov ta’minoti etarli bo‘lmagan mijozlarga xizmat ko‘rsatilishidir”.
T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni anglatib, kichik
biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun past foiz stavkalar
asosida kichik hajmdagi kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb tariflangan
3
.
Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga ko‘ra (1-jadval)
yakka
tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladigan usulning
yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi,
mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda
ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganilgandan so‘ng kredit
beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga
harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va
o‘rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash uslubiyotiga ko‘ra,
bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi,
uning shakllanishi mikrokredit tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh
mijozlarni o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal etadi.
Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi,
kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha katta bo‘lmagan miqdorda qarz berish yo‘li bilan
amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar
bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to‘lanmasa, guruh to qarzini tamoman
uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi.
Amaliyotda
mikrokredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham
qo‘llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o‘zi hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: