Bank ishi” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230700- “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs sbia-85 guruh talabasi Rustamova Dildoraxonning amaliyot daftari toshkent-2022


Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar



Download 0,98 Mb.
bet4/13
Sana26.02.2023
Hajmi0,98 Mb.
#914761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Rasulova Xurshidabonu kundalik

Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _________________________ (ismi-sharifi)
3-mavzu. Bankda qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish
Bank avtomatlashtirishning barcha sohasini ikkita katta sohaga bo‘lish mumkin:

  • jo‘natish va to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi elektron to‘lov tizimi;

  • bank ichi va buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan bank tizimi.

Avtomatlashtirilgan bank tizimini funksional vazifasiga muvofiq uchta tizimostga bo‘lish mumkin:
1. Front-office (yuqori daraja) — bankni tashqi dunyo bilan munosabatini ta’minlovchi tizim osti. Tizim ostida birlamchi axborotni kiritish, bankning mijozlar, boshqa banklar, birja, O‘zRMB bilan munosabati amalga oshiriladi.
2. Back-office (o‘rta daraja) — umumbank va umumxo‘jalik faoliyatni qo‘llab quvvatlovchi tizim osti. Tizimostiga kredit bilan ishlash kiradi.
3. Accounting (quyi daraja) — buxgalter hisobining mavjud protsedura doirasida bank faoliyatining o‘z vaqtida va tuzatilgan aksiga javob beruvchi tizim osti. Mustaqil Analysis guruhiga — bankning hozirgi holatini tahlil qilish, rejalashtirish va bankning ichki auditini olib borishga mo‘ljallangan operatsiyalar ajratilgan.
Bugun bozorda ham mahalliy ham xorijiy ishlab chiqaruvlarning dastur mahsulotlari taqdim etilgan. Taqdim etilgan tizimlar narxi va ish bajarishi bilan bar necha marta farq qiladi. Bank biznesini O‘zbekistonda mustahkamlash ushbu bozorga g‘arb ta’minlovchilarining keng ko‘lamli va qimmatli qarorlari bilan kirib kelishlariga yordam berdi (mySAP Banking, Trast24 Temenos kompaniyasidan, OFSA Oracle kompaniyasidan va boshqalar). Shu bilan bir vaqtda, bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan avtomatlashgan tizim sifati ham yaxshilanmoqda.
Bugun ABT bozorida 20ga yaqin firmalar - ABT ishlab chiqaruvchilar, turli dastur mahsulotlarini yaratuvchilar ishtirok etadi. O’zbekiston bozorida ABTni dasturiy ta’minotini «FIDO- biznes” tashkiloti ta’minlab beradi. Ko’p banklar IABS (Интеrрированная Автоматизированная Банковская система) ва GLOBUS dasturlaridan foydalanishadi. Milliy bozorning fenomeni katta miqdorda shaxsiy ishlab chiqarish tizimining mavjudligi hisoblanadi. Bunda tizim tavsiflariga bo‘lgan talabchanlik darajasini oshishi va ularning imkoniyatlari kengayishi doirasida ishlab chiqarishning narxi va murakkabligi ortadi va oxirda bank mutaxassislari tomonidan ABT yaratish va ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy nomuvofiqligiga olib keladi. SHu munosabat bilan shaxsiy mahsulotlaridan foydalanadigan banklar soni doimiy ravishda kamayib boradi, ko‘pchilik banklar har bir konkret bankning o‘ziga xosligi bo‘yicha moslashadigan tayyor ABTda tanlov qilishni afzal bilishadi.
Ekspert tizimilari bugungi kunda faoliyatning turli fan sohalarida mashhur bo‘lgan intelektual amaliy tizimi keng sinfining bir qismi hisoblanadi. Intelektual tizimlar ko‘proq murakkab konseptul vazifalarni echish uchun qo‘llanadi, bunda asosiy murakkablik– nazariyasi hamda amaliyotchi mutaxassislarning past shakllangan bilimidan foydalanishda yuzaga keladi. Bu masalan: favqulodda texnogen hodisalarda vaziyatni baholash, chuqur tafakkur qatlamlari bilan tabiiy til interpretatsiyasi, tibbiyotda murakkab tashxisni qo‘yish, meterologiya, iqtisod va hokazolarda uzoq muddatli prognozlardir. Intellektual tizimlar axborot tizimining biznesda intelektual texnologiyalarini amalga oshiruvchi kengaygan sinfini hosil qildi (Business Intelligence — VI).
Tajriba tahlili amalga oshirish imkoniyati – bu faqatgina muayyan bilimlar va mutaxassis malakasi borligi masalasi emas. Buning uchun g‘oyatda o‘ziga xos malaka va tajrib, intuitsiya va ushbu fan sohasidagi konkret vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Bularning barchasini formatlash,- amalga oshiriladigan mantiq darajasiga etkazish, dastur vositalari yordamida amalga oshirish - murakkab va ko‘p jihatli vazifalardir. So‘nggi vaqtlarda u sun’iy intellekt usullari (Artificial Intelligence — AI) va o‘zi o‘qiydigan tizimni yaratish asosida hal etiladi. Bu sohada olib boriladigan izlanishlar fikrlash, sezgi, muayyan mahorat va to‘plangan tajribani talab etuvchi inson faoliyati sohalarini emulyasiya qilishga (taqlid qilish, takrorlash) qodir murakkab kompyuter majmuini qayta ishlash va joriy etishga yo‘naltirilgan. Ularga qaror qabul qilish, obrazlarni anglash va inson tilini tushunish hamda boshqa ko‘plab tushunchalarni kiradi.
Mustaqil o‘rganadigan axborot tizimlari – neyronlardan tashkil topgan asab to‘qimalari tuzilishiga o‘xshash arxitektura, tizimlar sinfidir. Eng quyi qatlamdagi neyronlarda kirish parametrlarining ko‘rsatkichlari berilgan, buning asosida ba’zi qarorlarni qabul qilish, vaziyatning rivojlanishini prognoz qilish va hokazolar keltiriladi. Bu ko‘rsatkichlar son ko‘rsatikchlari (hajmi)dan kelib chiqib zaiflashib yoki kuchayib, neyronlararo aloqalarga qo‘shilib keyingi qatlamga uzatiladigan signal sifatida qaraladi. Natijada eng yuqori qatlamda neyron chiqishi uchun ayrim ko‘rsatkichlar ishlab chiqiladi va kirish parametrlarining kiritilgan ko‘rsatkichlariga barcha tarmoqlarning reaksiyasi javob sifatida qaraladi.
Ekspert tizimi — mutaxassislar bilimini konkret fan sohalarida to‘playdigan va ulardan tavsiyalar ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etish maqsadida foydalanadigan murakkab dasturiy kompleksdir. Ba’zi holatlarda ekspert tizimi odatda ekspertchining tajribasini jalb etishni talab qiluvchi funksiyalarni bajarishni to‘liq o‘ziga olishi yoki qaror qabul qiluvchi kishi uchun yordamchi rolini o‘ynashi mumkin. Ekspert tizimi boshqa amaliy dasturlardan quyidagi belgilar mavjudligi bilan ajralib turadi [http://256bit. ru/Expert/]. • Muayyan muammolar sohasining nafaqat jismoniy (yoki boshqa) tabiatini, balki ushbu muammo sohasida vazifani hal etishga muvofiq insoniy fikrlash mexanizmini modellashtiradi. Bu ekspert tizimlarni matematik modellash yoki kompyuter animatsiyasi tizimidan muayyan darajada ko‘rsatib beradi. Dastur, albatta, ushbu fan sohasida mutaxassis vazifasini to‘liq ishlab chiqa oladi deyolmaymiz, biroq, asosiy e’tiborni ekspert tomonidan qo‘llaniladigan muammo echimiga kompyuter vositasi bilan takomillashishiga qaratilishi muhimdir. • Tizim, hisoblash operatsiyalaridan tashqari, unda joylashgan ma’lumotlarga asoslanib muayyan idrok va xulosalarni shakllantiradi. Tizimda bilim, odatda, ayrim maxsus tillarda keltirilgan va xulosa va oxirgi to‘xtamga kelishni shakllantiradigan dasturiy koddan alohida saqlanadi. Ushbu dastur komponenti bilimlar bazasi deb qabul qilingan.
Muammolarni hal qilishda evristik va taxminiy usullar mavjud, ular algoritmdan farqli ravishda har doim ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Evristika, mohiyatan, ta’sir qonuni (Rule of Thumb) hisoblanadi va inson tomonidan o‘xshash muammolarni echishning amaliy tajribasini to‘plash borasida o‘zlashtirilgan ba’zi bilimlarni mashina shaklida aks ettiradi. Bunday usullar taxminiy hisoblanadi, ya’ni, birinchidan, ular mukammal boshlang‘ich axborotni talab etishmaydi va ikkinchidan. muayyan ma’noda taqdim etilayotgan echim to‘g‘riligiga ishonch bilan (yoki ishonchsizlik bilan) tavsiflanadi. Ekspert tizimi sinfi tor kasbiy fan sohalarida ishlash uchun taqdim etilgan bir necha ming dastur mahsulotlarini hosil qiladi, shuning uchun bunday tizimlar tasnifi etarli darajada turlicha bo‘lishi mumkin.


Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar ___________________________ (ismi-sharifi)

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish