Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar ___________________________(ismi-sharifi)
6-mavzu. Tijorat banklarining masofaviy bank xizmat turlari. Onlayn xizmatlarimiz — internet tizimiga asoslangan qo‘shimcha zamonaviy kommunikatsion imkoniyatlardir. Biz sizni vaqtingizni tejash uchun, masofadan xizmat ko‘rsatishning turli variantlarini taklif etamiz. Ular bank xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan. Internet banking xizmatidan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron kalitlar bepul beriladi. Bundan tashqari bank xizmatidan foydalanish uchun abonent to'lovi olinmaydi.
Internet banking — bu Turonbankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.
Internet bankingning imkoniyatlari:
Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
Trastbankka to‘lov hujjatlarini elektron ko‘rinishda jo‘natish;
Hisobraqam bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
Bankka elektron-raqamli imzo bilan imzolangan to‘lov hujjatlarini jo‘natish.
Bank-Mijoz – bu Mijozlarga o‘zlarining moliyaviy pul oqimlarini tezkor tarzda boshqarishga imkon beruvchi elektron hisob-kitoblar tizimidir. Unda elektron raqamli imzo texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni kodlashtirishning xalqaro standartlari qo‘llanilgan, bu esa yuborayotgan ma’lumotlarning samarali himoya qilinishini ta’minlaydi. Mijoz tomonidan hujjatlarni uzatish va olish bevosita modemli aloqadan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Tizimni o‘rnatish uchun Ipoteka-bank bilan shartnoma tuzish zarur. Bank mutaxassislari mijozga Bank-Mijoz tizimining ishlashi, himoya vositalaridan foydalanilishi, ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish va ularni qayta ishlash texnologiyasi masalalari bo‘yicha maslahat yordamini ko‘rsatadilar.
SMS-bank Sizning mobil telefoningizga jo‘natiladigan bank hisob raqamingiz holati to‘g‘risidagi operativ ma’lumot.
Turonbank o‘z mijozlariga SMS-Banking xizmatidan foydalanish imkonini yaratadi. Bu mijozning hisob raqami holati, o‘tkazilgan to‘lovlar hamda so‘nggi to‘lov xujjatlari to‘g‘risida operativ ma’lumot olishning eng qulay va zamonaviy usulidir.
SMS-Banking tizimi-bu bank xizmatlari bozorida takomillashib borayotgan yangi yunalish bo‘lib u mijozga xisob raqamning joriy qoldig‘i holatini SMS-xabarlar orqali kuzatish imkonini beradi.