Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar ___________________
(ismi-sharifi)
2-mavzu. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish
Normuxamedov Sardor Rifatovich Boshqaruv Raisi
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi faoliyati bo‘yicha umumiy nazoratni olib boradi hamda Xodimlar bilan ishlash departamenti, Yuridik xizmat departamenti, Komplayens nazorati departamenti, G‘aznachilik departamenti, Ijro Apparati, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamenti, Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqini himoya qilish departamenti, Axborot xizmati, Strategik rivojlanish departamenti, Ishlarni boshqarish departamenti, O‘quv markazi va Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Gabbazov Kamil Gabbazovich Bоshqаruv Rаisi o’rinbоsаri
Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti, Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti, Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tadbiq etish boshqarmasi, Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, Loyihalarni xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi, Kredit departamenti, Kredit portfeli tahlili va monitoringi departamenti, Amaliyot boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Shuningdek, Darxon, Termiz, Samarqand, Qarshi, Jizzax filiallari, “Trast Lizing” MChJ faoliyati ustidan nazoratni olib boradi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini kreditlash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi.
Kurganov Ziyovuddin Muxiddinovich Boshqaruv Raisi
Chakana biznes departamenti, Raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish departamenti, Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti, Plastik kartalar departamenti, Marketing va reklama boshqarmasi, Informatsion texnologiyalar boshqarmasi, Bank operatsiyalari metodologiyasi boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro va Yakkasaroy filiallari faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.
Mamatkulov Anvar Boykuziyevich Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori-bosh buxgalter
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi - Kengash a’zosi, Audit Qo‘mitasi a’zosi
Gjegoj Xendrik Zavada
PKO Banki (Polsha Varshava) Boshqaruvchi direktor – investitsiyalar va xususiy bank bo‘limi boshlig‘i - Kengash a’zosi (mustaqil a’zo), Strategiya va investitsiyalar Qo‘mitasi Raisi
Olimjonov Odil Olimovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi Bosh ilmiy xodimi, iqtisod fanlari doktori - Kengash a’zosi (mustaqil a’zo), Risk Qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika Qo‘mitasi a’zosi hamda Lavozimga tayinlash va mukofotlash Qo‘mitasi Raisi
Malikov Fattoh Xalilovich
«USUB» MChJ bosh direktori - Kengash a’zosi, Audit Qo‘mitasi a’zosi
Muradov Nizomiddin Nasretdinovich
Osiyo Tarraqqiyot Bankining O‘zbekiston moliyaviy sektori loyixalarida bank va moliya sohasi eksperti - Kengash a’zosi (mustaqil a’zo), Audit Qo‘mitasi Raisi
Do'stlaringiz bilan baham: |