2. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy asoslari. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi .
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Tijorat banklari tashkil etilishining huquqiy asoslari bir nechta asosiy huquqiy normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi. Jumladan:
O‘zbekiston Res publikasining “Fuqarolik Kodeksi” 1996.
O‘zbekiston Res publikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tug‘risida”gi qonun, 1995;
O‘zbekiston Res publikasining “Banklar va bank faoliyati tug‘risida”gi qonun, 1996;
O‘zbekiston Res publikasi Markaziy banki “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”№22-sonli nizom, 1998.
O‘zbekiston Res publikasi Markaziy banki “Bank ustav kapitali miqdorini aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini o‘zgartirish, ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” N 426 sonli nizom 1998;
O‘zbekiston Res publikasi Markaziy banki “O‘zbekiston respublikasi hududida chet el banklari vakolatxonalarini ochish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risida”№241 – sonli nizom 1996 ;
O‘zbekiston Res publikasi Markaziy banki “Tijorat banklariga chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi” 31-sonli nizom 1998.
«Aksi yadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» qonun 1996 kabi hujjatlar orqali tijorat banklarining faoliyati asoslarini o‘rganish mumkin.
Qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ustidan nazorat qiluvchi organ sifatida Markaziy bank o‘z vazifalarini bajaradi. Unga ko‘ra Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda№703 son bilan uzgartirish kiritilgan va xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda.