Bank ishi” fanidan nazorat ishi Bajardi: iii-kurs bi 57-2 guruh talabasi: Sultanova Dilnoza toshkent 2022 Tijorat banklarining o’z resurslari, ularning tarkibi



Download 113 Kb.
bet1/5
Sana22.07.2022
Hajmi113 Kb.
#837588
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bank ishi Sultanova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET

BANK ISHI”


FANIDAN


Nazorat ishi


Bajardi: III-kurs BI_57-2 guruh talabasi: Sultanova Dilnoza

TOSHKENT 2022
Tijorat banklarining o’z resurslari, ularning tarkibi.

Aksionerlik jamiyati ko‘rinishidagi tijorat banklar o‘z ustav kapitalini oshirishlari uchun qo‘shimcha miqdorda aksiyalar chiqarishlari va ularni yuridik va jismoniy shahslar orasida tarqatishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishda bu banklarga o‘z qarz majburiyatlari – obligatsiyalar chiqarish huquqi berilgan. Obligatsiyalar barcha aksiyalar to‘la to‘lanib bo‘lgach, ustav fondining 20% dan oshmaydigan qiymati hajmida chiqarilishi mumkin.


Mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida tashkil topgan banklar o‘zlarining ustav kapitallarini yoki qo‘shimcha ishtirokchilarni ulushini oshirish orqali ko‘paytirishlari mumkin.
Har yili har bir bank aksioneri (ishtirokchisi) o‘zining ustav kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini dividend ko‘rinishida oladi.
Devidendlar hajmi va uni hisoblash tartibi aksiya turi va chiqarilishi shartlariga bog‘liq bo‘ladi (oddiy yoki imtiyozli aksiyalar).
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasi bo‘lmish rezerv fondlar bank etarli foyda olmagan paytda bank obligatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘lib hizmat qiladi. Rezerv fond foydadan ajratmalar hisobiga shakllanadi.
Rezerv fond bilan bir qatorda tijorat banklarda ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlari foydadan hisobiga tashkil topish mumkin. Ularni shakllantirish va ishlatish tartibi tijorat hisob-kitoblari to‘g‘risidagi bank yo‘riqnomalarida belgilanadi.
Bankning mijozlari oldidagi majburiyatlarini ta’minlash – bank mablag‘larining asosiy funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Ularga o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni ta’minlovchi kattalik sifatida qaralishi mumkin. bank amaliyotida kapital resurslarni yo‘qotish natijasida zarar ko‘rilganda bank to‘lov qobiliyatini saqlab qolish uchun resurslar rezerv bo‘lib hisoblanadi. Chunki bank kapitali aksionerlarga qaytarilmasligi ham mumkin. Bankning o‘z resurslari miqdori uning faoliyat qo‘lamiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘lari hajmidan kelib chiqadi. Bankning o‘z mablag‘lari uning moddiy bazasini rivojlantirish manbai bo‘lib hizmat qiladi.
Bank amaliyotida o‘z kapitalning netto va brutto turlari farqlanadi. bankning o‘z kapitali – brutto – bankning barcha fondlari va balans bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi yig‘indisiga teng. bankning o‘z kapitali – netto – bu kapital bruttodan o‘z mablag‘laridan kapital xarajatlarning oshgan qismini, yo‘l qo‘yilgan va potensial zararlar, sotib olingan hususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo‘lgan debitor qarzlarni chegirib tashlagandan qolgan summaga teng. Shunday qilib kapital – netto naqd mavjud bo‘lgan bank o‘z kapitalini o‘zida aks ettiradi.
Tijorat bankning o‘z kapitali miqdori ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi. bu omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunga muvofiq bankning o‘z kapitali hajmi uning aktiv operatsiyalarini chegaraviy hajmini belgilab beradi. Shuning uchun ma’lum miqdor mijozlarga hizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bank (misol uchun, tarmoq banki) belgilangan normativlarga rioya qilgan holda, o‘zlik kapitalining Shunday miqdoriga egalik qilishlari kerakki, o‘z doimiy mijozlarining asoslangan qarz mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirishlari lozim.
Ikkinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan o‘zlik kapitalining miqdorining o‘ziga hos hususiyatlari mavjud. Mayda, lekin son jihatdan ko‘p ko‘pchilikni yirik kredit oluvchi korhonalarni tashkil qiluvchi bankka o‘z mablag‘lari nisbatan ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. CHunki yirik mijozlarga hizmat qiluvchi banklarda kreditning qaytarilmaslik riski katta bo‘ladi.
Uchinchidan, tijorat bankining o‘z kapitali miqdori, uning aktiv operatsiyalari harakteriga bog‘liq bo‘ladi. bank olib borayotgan operatsiyalari katta risklar bilan bog‘liq bo‘lishi, o‘z mablag‘larining nisbatan ko‘p bo‘lishini taqozo etadi. bu hol hususan innovatsion banklarga tegishlidir. Agar bankning kredit portfelida minimum riskli ssudalar ko‘pchilikni tashkil qilsa, bankning mablag‘lari nisbatan kam bo‘lishi mumkin.
Bankning aktiv operatsiyalari harakteriga qarab, bank kapitali va uning turli darajadagi riskli aktivlari o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rnatgan normativlari bankning o‘z kapitali miqdorini aniqlashga bir qancha yo‘nalishlar belgilab beradi.
Bank kapitali hajmini aniqlayotganda banklar bu mablag‘lar olinadigan foyda miqdorini aniqlanmasligini ham e’tiborga olishadi. bu faqatgina bankning aniq mijozlar doirasiga hizmat ko‘rsatish imkonini ochib beradi.
To‘rtinchidan, bankning zaruriy hususiy kapital miqdori kredit resurslari bozorining rivojlanganlik darajasiga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki olib borayotgan pul-kredit siyosatiga bog‘liq. Rivojlangan bozor sharoitida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining erkinlashtirilgan kredit siyosatini olib borishga yo‘l ochib berishi natijasida tijorat bankining kredit resurslariga talabini qondirish osonlashadi va bankning zaruriy o‘z mablag‘lari darajasi kamayadi. Etarli darajada moliya bozorining rivojlanmaganligi, kredit siyosatining qattiq qo‘lligi banklarning o‘z mablag‘larini doimiy tarzda oshirishni talab etadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari miqdorini oshirishda 2-usul ishlatilishi mumkin:
Qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirish yoki chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini oshirish. Birinchi usul bilan foydani jamg‘arish bankning rezerv va boshqa fondlarini jadallashtirilgan tarzda shakllantirish va ularni keyinchalik kapitalga aylantirish shaklida ro‘y beradi. Bunda yil ohirigacha foydaning bir qismi to‘g‘ri kapitalga aylanishi ham mumkin. Bu usul ancha arzon, yangi paychilar jalb qilish yoki aksiya chiqarish borasidagi qo‘shimcha harajatlarni talab etmaydi. Lekin foydani jamg‘arish joriy yilda aksionerlarga to‘lanadigan devidendlar miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu esa bankning bozorda to’tgan mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav kapitalini oshirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:

  • moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foizning bir qismini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;

  • aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan qismining

to‘lanishi;

  • moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan bank foydasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish va aksiyadorlar tomonidan aksiyalar oshirilgan nominal qiymatining etishmaydigan qismining to‘lanishi hisobidan amalga oshiriladi.

Bankning ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan keyinchalik ularni to‘lash sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin.

Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish