Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja


Ball Kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror



Download 2 Mb.
bet108/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Ball

Kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror

28 gacha
29 - 30
31 - 33
34 - 36
37 - 38
39 - 40
41 - 43

  • Kredit berish rad etilsin

  • 500 $gacha kredit berish mumkin

  • 1000 $gacha kredit berish mumkin

  • 2500 $gacha kredit berish mumkin

  • 3500 $gacha kredit berish mumkin

  • 5000 $gacha kredit berish mumkin

  • 8000 $gacha kredit berish mumkin

Biroq, ball tizimining bunday shaklini qo‘llaganda, bank o‘z mijozlarini yo‘qotishi mumkin. CHunki mijozlar o‘zlarining kredit talabnomalarini bank noto‘g‘ri baholagan, degan xulosaga kelib, mazkur bank xizmatidan foydalanishidan bosh tortishi mumkin. Bundan tashqari talabnomaning qonunga xilof ravishda baholanishi natijasida, mijoz bank ustidan sudga ariza berishi mumkin. Bunday sharoitda bank o‘zi qo‘ygan har bir ball bahosini dalillar bilan isbotlab berishiga to‘g‘ri keladi. Ballik baho qo‘yishda bank yumshoq baho siyosatidan foydalanmasa, o‘zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin.



Kredit berish (olish) «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek, unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi
Kreditga doir yig‘majildda kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim.

  • qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza;

  • qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas’ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo‘lishi shart;

  • biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);

  • agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;

  • tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;

  • qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan, balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultatsion bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;

  • mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining etarliligini tasdiqlovchi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili;

  • bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.

Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:

  • ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;

  • hisobot bahosiga muvofiq garov mavzui bozor qiymatini taqqoslash va uni saqlab turish uchun etarli bo‘lgan axborot va tahlilni o‘z ichiga oluvchi baholash to‘g‘risidagi hisobot;

  • agar kredit garovni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa, uni sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar.

Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:

  • kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat;

  • auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi.

SHaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shartnomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘majildiga smeta hujjatlarini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritish lozim.

Ssuda hisobvarag‘idan kredit berish va qaytarilish
tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Tijorat Banklari alohida bir kredit muassasa singari o‘zining kredit siyosatiga ega. YA’ni har bir bank o‘zining bo‘sh to‘rgan mablag‘larini o‘zi xoxlagan yo‘nalishga, ko‘proq daromad olishga yo‘naltiradigan bo‘ldi.
Mijoz ssuda olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim deb topillib, bank va kredit oluvchi o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida ssuda hisobvarag‘i ochiladi.
Ushbu hisobraqamining debetida mijozlarga ssudalar beriladi. Bank tomonidan berilgan ssudalar qaytarilganda yoki muayyan ssudaning maqomi o‘zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu ssudalar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli ssuda hisob raqamlari kreditlanadi.
Berilgan ssudalar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdorning moliyaviy holatini berilgan ssudaning ta’minlanganligi va qaytmaslik risklari baholash natijasida yaratiladi.
Demak, banklarda ssuda operatsiyalarini olib borish uchun quyidagi ssuda hisobraqamlari ochiladi.
12100-boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12300-hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
12500-jismoniy shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar beriladigan qisqa muddatli ssudalar
12100-davlat korxonalariga berilggan qisqa muddatli ssudalar.
12900-qo‘shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
13100-xycycuy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
Bu asosiy hisobvaraqlarning debet tomonida tegishli bank korxona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, kredit tomonida ularning qaytarilishi aks etadi. YUqoridagi hisobvaraqlarning barchasi bir qator sub hisobvaraqlarni o‘z ichiga olib, ularda muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan ssudalar bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritiladi.
Agar xarid qilingan tovarning haqini darxol to‘lash lozim bo‘lsayu, lekin buning uchun firmaning o‘z mablag‘i etmasa, bunday hollarda firmada bir martalik qarz mablag‘lariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit liniyasi ochilmagan” ssuda hisob varag‘idan foydalaniladi. Bunday hisob varaqdan kredit berish bir marta ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi.
Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga ssuda hisob varag‘i ochilgandan so‘ng ular bo‘yicha ssudaning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Har bir ssudaning berilishi kredit kommisiyasi farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo‘limi bo‘limiga mijozga ssuda berish to‘g‘risidagi farmoyishini hisob operatsion bo‘limi mas’ul ijrochilariga beradilar. Mas’ul ijrochilar farmoyishda ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida ssuda berish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Ssuda hisobvaraqlarining o‘zi muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan kabi ssudalar bo‘yicha alohida yuritiladi.
O‘uyida biz xususiy korxonalarga va nodavlat korxonalarga ssuda berish provodkalari bilan tanishib chiqamiz.
Xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan „qisqa muddatli ssudalar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisobraqam bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga oladi.
13101-“Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.”
13105- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan muddati o‘tgan ssudalar.”
13109- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar.”
Ssuda berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisob varag‘iga ssuda summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa ssuda summasi ssuda berayotgan bankning vakillik hisob varag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi.
Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.
Debet 13101 Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
Kredit 10301 Bankning vakillik hisob varag‘i yoki
mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag‘i.
13101 hisobvaraqida bank tomonidan xususiy firmalar shirkatlar va jamoa xo‘jaligi hamda korxonalari nodavlat korporatsiyalar va shu kabi xususiy mulkchilik shakliga ega bo‘lgan korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalarning hisobi yuritiladi. Bu hisobraqam bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor va ssuda turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisob varaqalarda olib boriladi.
Ssuda oluvchi va bank o‘rtasidagi tuzilgan kredit shartnomasiga binoan ssudaning qaytarish muddatlari belgilanadi. Ssudaning qaytarish muddati tugagandan so‘ng ssuda qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Debet 20208 -Ssuda olgan xususiy korxonaning talab
qilguncha saqlanadigan hisob varag‘i.
Kredit 13101 Xususiy korxonalar va nodavlat korxonalariga beriladigan qisqa muddatli ssudalar.
Bu buxgalteriya provodkasi mijozning talab qilguncha saqlanadigan depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun etarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Agar qarzdorning qarzni qaytarishga mablag‘i bo‘lmasa, ssuda summasi, 13101 “Muddati o‘tgan xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan hisob varag‘i”ga o‘tkaziladi.
Bu operatsiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish