Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja


Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi



Download 2 Mb.
bet107/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi. Bunda mijoz kreditni vaqtida va to‘liq hajmda qaytarib berish uchun majburiyat va mas’uliyatni to‘la his qilayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Mijozning kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida isbotlab berilishi hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi, bankning kredit siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib berish niyati qat’iy ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda tajribali kredit mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga harakat qiladilar va bu orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali uning xususiyati haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlanadi. CHunki mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlandi. CHunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan shaxsni noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma imkoniyatlardan foydalanib kreditni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarishga harakat qiladi.

  • Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini aniqlash kredit mutaxassisi uchun muhimdir. Bunda u mijozdan barcha to‘lovlardan keyin qoladigan sof oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot talab qiladi, mijozni ish bilan ta’minlovchilarga murojaat qilib, firmaning ishlash muddati, manzilgohi va sug‘urta kafolati haqida so‘rab-surishtiradi.

  • Mijozning depozit hisob varag‘idagi o‘rtacha kunlik qoldiq miqdori ham uning talabnomasini baholash uchun muhimdir. Ba’zi banklar kreditning qaytmaslik ehtimolini sezishlari bilan, mijozni o‘n kun oldin ogohlantirgan holda, uning depozit hisob varag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilib, depozit hisob varag‘idagi mablag‘ni ssuda hisob varag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talab qiladilar.

  • Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti iste’mol krediti talabnomasini qondirishning yana bir muhim omilidir. Mijoz mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo‘lsa va yashash joyda qisqa vaqt ichida turgan bo‘lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga kredit berishni rad qilishi mumkin.

  • Qarzni to‘lash bosqichlari tahlil qilinganda, mijozning yillik va oylik daromadi aniqlanadi. Buning ma’nosi shuki, kredit mutaxassisi qarzning har bir qismini o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishini ta’minlash uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning o‘z mablag‘larini boshqarish qobiliyatini o‘rganadi.

  • Bank kreditini qaytarish omillaridan biri, kreditning ta’minlanganligidir, ya’ni mijozga tegishli uy, bino, inshootning mavjudligidir. Bundan tashqari, telefonning mavjudligi ham biron bir muammo paydo bo‘lganda, bankka mijoz bilan xarajatsiz bog‘lanish imkoniyatini beradi.

    Barcha omillar ichida eng asosiysi, mijoz ma’lumotlarining to‘laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo‘yligidir. CHunki mijoz o‘zining sog‘lig‘i, kelajakdagi banddigi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot bersa, bank bundan katta zarar ko‘rishi mumkin. SHuning uchun iste’mol kreditlaridan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir.

    Kredit talabnomasining quyidagi ko‘rsatkichlari sifat indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Bular mijozning:



    • mijozning faoliyat sohasi, mashg‘ulot turi;

    • yoshi, oilaviy ahvoli;

    • uy-joy bilan ta’minlanganligi;

    • kredit bo‘yicha reyting bahosi;

    • faoliyati va uning davomiyligi;

    • so‘nggi manzilda yashash muddati;

    • telefoni;

    • qaramog‘idagi shaxslar soni;

    • bankdagi hisob varaqlari raqami;

    • daromad darajasi.

    Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabnomasini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga asoslangan. Hozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo‘llanilmoqda.




    Download 2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish