Likvidlik farqlanadi:
"Jamg‘arilgan" likvidlik asosida bankda mavjud aktivlarni sotish vositasida ta’minlanadi. Masalan, bank qimmatli qog‘ozlarini sotish orqali likvidlikni ta’minlash. Bu usulda chetdan resurs jalb qilishga ehtiyoj sezilmaydi va o‘z-o‘zidan banklar qo‘shimcha xarajatga yo‘l qo‘ymaydi. Banklar jamg‘arilgan likvidlikda bo‘sh turgan mablag‘larni yuqori likvid qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish, o‘z navbatida, ma’lum daromadga ega bo‘lishi mumkin.
"Sotib olinadigan" likvidlik moliyaviy bozorda qarzlar olish yoki banklararo kredit resurslari bozoridan kreditlar olish hisobiga likvidlikni ta’minlashdir. Bunda jalb etilgan resurslarga bank muayyan xarajatlarni amalga oshiradi. Xorijiy davlatlar amaliyotida banklar likvidligini ta’minlashda banklararo kreditlar asosiy axamiyat kasb etadi. CHunki ortiqcha resurslarga ega bank ularni zarur bo‘lgan banklarga depozit sifatida joylashtiradi, resursga ehtiyoj sezilganda esa boshqa banklardan sotib oladi va shu orqali o‘z likvidligini ta’minlaydi.
likvidlilik kategoriyasiga ikki xil yondashuv:
"Zaxira" likvidligi deganda banklar aniq belgilangan vaqtda aktivlar tarkibini yuqori likvidligiga asoslangan holda o‘zgartiradi va mavjud aktivlar zaxirasi hisobiga mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajara olish darajasini ko‘rsatadi. "Zaxira" likvidlik orqali bankning aniq belgilangan vaqtdagi likvidligi, ya’ni joriy majburiyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi.
Birlamchi likvidlik zaxirasi asosiy bank likvidligi manbai sifatida qaraladi. Bularga kassadagi naqd pullar, inkassatsiya jarayonidagi zarur to‘lov hujjatlari, majburiy zaxira mablaglari, vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar kiradi.
Ikkilamchi likvidlik zaxirasiga yuqori likvid daromad keltiruvchi aktivlar kiradi. Bularga davlat qimmatli qog‘ozlari hamda tez kunda qaytariladigan kreditlar kiradi.
"Oqim" likvidligida banklar belgilangan vaqtda mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishida turli qiyinchiliklar yuzaga kelganda aktiv va passiv moddalarining samarali boshqarishi, shuningdek, qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qilish natijasida majburiyatlarini bajaradi.
Lahzalik likvidlik — tijorat banklarining talab kilib olinguncha saqdanadigan depozit xisobvaraqdaridagi mablag‘larini bir-ikki bank ish kunida qaytara olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Banklardan mavjud talab qilib olinguncha saqdanadigan depozitlarni bir vaqtda talab etish ehtimoli uncha katta emas. Lekin bank o‘z faoliyati davomida turli qiyinchiliklarga duch kelsa, mijozlar joriy hisobvaraqlardagi mablag‘larni birdaniga talab qila boshlaydilar. Bunday vaqtda bank ushbu mablag‘larni tezda qaytara olmasligi muammosiga duch keladi.
Lahzalik likvidlik me’yori (LLK) yuqori likvid aktivlarning (YULA) talab qilib olinguncha depozitlarga (TQOD) nisbati orqali aniqdanadi.
Joriy likvidlik – bank likvid aktivlarini, 30 kungacha muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar va boshqa tushumlar hisobiga talab qilib olinguncha depozitlarni, shuningdek, 30 kunlik majburiyatlarni qoplay olish kobiliyatiii ko‘rsatadi.
Joriy likvidlik ko‘rsatkichi (JLK) joriy likvid (30 kungacha bo‘lgan muddat chegarasida) aktivlar (JLA) ning bank joriy (talab qilib olinguncha depozitlar hamda 30 kungacha bo‘lgan) majburiyatlari (JM) ga nisbati orqali anikdanadi.
Hozirgi kunda ushbu me’yor O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan majburiy talab kilinadigan yagona ko‘rsatkich xisoblanadi va unga barcha tijorat banklari amal qilishi kerak. Uning minimal talab mikdori 30%.
Uzoq muddatli likvidlik — bankning bir yilga joylashtirgan depozitlari va bergan kreditlari hisobiga kapital hamda uzoq muddatli bank majburiyatlarini qoplay olish qobiliyati tushuniladi. Bunda likvidlikni uzoq muddatlarga hisoblash, prognozlash, boshqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Bu erda: UMLK – uzoq muddatli likvidlik me’yori;
Kr – bir yilga joylashtirilgan depozitlar va berilgan kreditlar-ning umumiy summasi;
K – bank kapitali summasi;
M – bir yildan oshgan muddatli majburiyatlar summasi.
Bank likvidliligiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagi ichki va tashqi omillarga bo‘lib tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |