Bank ishi va Audit fakulteti 2-oliy talim BI-80-2 guruh talabasi Butunboyev Bekzodning “Bank hisobi,tahlili va audit ” fanidan tayorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Banklararo hisob-kitoblarning rivojlanish tarixi
Toshkent-2023
Reja:
1-§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi
2-§.Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari
3-§ Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil etilishi.
4-§ Turli banklarga qarashli banklararo hisob-kitoblarning mazmuni, yuritilishi va hisobi.
5-§ Banklararo hisob-kitoblarni tashkil etishning asosiy printsiplari.
6-§ Banklararo hisob-kitob tizimini takomillashtirishda mahalliy tajriba.
Tayanch so‘z va iboralar: Avizo, yakuniy banklararo aylanmalar, boshlang‘ich banklararo aylanmalar, hisob-kitob markazi, kliring markazi, elektron to‘lovlar, elektron pochta, elektron to‘lovlar tizimi, bosh axborotlash markazi, initsiator bank, benifitsiar bank, tranzit hisobvaraqlar, traksaksiya, fayl, overdraft, elektron to‘lov hujjati, operatsiyalar kodi, bank kodi, unikal kod.
1-§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisobvarag’iga hujjatda ko’rsatilgan summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.
Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisobvaraqlari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob - kitoblarni yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi. Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart.
Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi bir necha marta o’zgartirilgan.
O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida «avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisobvaraqda (joriy yilning boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisobvaraqda (joriy yilning yakuniy avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat qilinar edi.
90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob markazlari (raschetniy tsentr) ochildi. Bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisobkitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (bir shahar ichidagi banklararo o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisobvaraqlari orqali olib borilar edi.
1995 yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy Markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo’natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi «elektron pochta» to’lov tizimi joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |