Kindik yarasini parvarish qilish Chaqaloq taxminan 3—4 kunlik bo'lganda kindik qoldig'i qurib tushib ketadi va o'rnida kindik yarasi qoladi. Kindik yarasiga hech qanday ishlov berish shart emas. Faqat kindik yarasining tozaligi ustidan nazorat qilib borilsa bo'ladi.
Uy sharoitida ham bolaning kindik yarasiga katta e'tibor berib, toza saqlash haqida qayg'urib turiladi. Siydik va najas bilan ifloslangan kiyimlar va tagliklarning kindik yarasigacha chiqib namlanib ketishi yaraga mikroblar tushishi va yiringli jarayonlar boshlanib ketishiga
olib kelishi mumkin. Ana shu maqsadda tegara hamshirasi ham chaqaloqni ko'rgani borganda doimo kindik yarasining bitib borishini nazorat ostida saqlashi lozim.
Teri, teriosti yog' qatlami va shilliq qavatlarning rivojlanishi. Teri organizmda nihoyatda muhim bo'lgan quyidagi vazifalarni bajaradi:
- organizmni turli tashqi mexanik, kimyoviy va biologik ta'sirlardan
saqlash;
- nafas olishda qatnashish;
- moddalar almashinuvida qatnashish;
- tana haroratini saqlashda qatnashish;
- sezgi a'zosi vazifasini bajarish;
- D vitaminining hosil bo'lishida qatnashish.
Teri bu vazifalarini mukammal rivojlanib, yetilib bo'lgach, to'liq bajara oladi, lekin bola qancha yosh bo'lsa unda terming aytib o'tilgan vazifalarni bajarishida anchagina yetishmovchiliklar namoyon bo'ladi.
Chunki ularda terining bola yoshiga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari mavjud, bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Emizikli sog'lom balaning terisi nimpushti rangli, baxmalday muloyim, silliq va juda ham nozik bo'ladi. Shuning uchun teri tez zararlanadi.
2. Bolalar terisi qon tomirlari (kapillyarlar turi)ga juda boy bo'ladi. Bu esa har qanday shikastlanish natijasida zararli ta'sirlar(mikroblar, kimyoviy moddalar, dori vositalari va boshqalar)ning tezlik bilan qonga tushishi va organizmga tarqalib ketishiga sabab bo'ladi.
3. Ter bezlari tug'ilgan vaqtida yaxshi faoliyat ko'rsatmaydi(ular 3-4 oylikdan zo'r berib ishlay boshlaydi), shuning uchun chaqaloqning terisi quruqroq bo'ladi. Bu esa terining parvarishidagi nuqsonlar natijasida tezda shilinishiga sabab bo'ladi.
4. Yog' bezlari bola tug'ilganidan boshlab yaxshi faoliyat ko'rsatadi.
5. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda teri may in tukchalar bilan qoplangan, qosh va kipriklari nisbatan zaif va siyrak, oy-kuni yetib tug'ilgan chaqaloqlarda tirnoqlar yaxshi rivojlangan va barmoqlar uchiga yetib kelgan bo'ladi.
6. Bolalarning terisi kattalarnikiga qaraganda tez tiklanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega.
7. Terining ajratish funksiyasi yaxshi rivojlangan.
8. Termoregulyatsiya markazining yetarli rivojlanmaganligidan terining tana haroratini idora etish funksiyasi ham yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning tana harorati tashqi muhit haroratiga tez moslashib qoladi.
9. Terida qon tomirlar ko'pligidan terining nafas olish funksiyasi bolalarda yaxshi rivojlangan bo'ladi.
10. Hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalar terisida fosfor-kalsiy almashinuvida muhim rol o'ynaydigan D vitamin sintezlanadi. Bu esa bolalar suyak tizimining rivojlanishida kattaahamiyatga ega.
11. Terining sezgi a'zosi sifatidagi vazifasi markaziy asab tizimining asta-sekinlik bilan mukammallashib borishiga bog'liq bo'lib, yangitug'ilgan bolalar terisi aksariyat tashqi ta'sirlarni sezadi, lekin javob reaksiyalari hali yetarli darajada bo'lmaydi.
12. Teriosti yog' qatlami sog'lom tug'ilgan bolalarda yaxshi rivojlangan, bu o'z navbatida bolalarda issiqlikning saqlanishida, zaxira ozuqa sifatida katta ahamiyatga ega. Lekin go'dak bolalarning teriosti yog' qatlami tarkibidagi yog'lar suyuqlanish nuqtasi birmuncha yuqoriroq bo'lgan yog' kislotalardan iborat bo'lganligidan, ularning teriosti yog' qatlami sovuq ta'sirida yoki og'ir patologik jarayonlar natijasida tezgina qotib qolishi kuzatiladi.
Aytib o'tilgan xususiyatlardan ko'rinib turibdiki, bolalar terisini kuzatish, uning holatini uluksiz baholab borish va parvarish qilishda nihoyatda ehtiyotkorlikka rioya qilish, terining sanab o'tilgan funksiyalarini bajarishiga har tomonlama imkoniyat yaratish, hamshiraning
kundalik vazifasi hisoblanadi.