Balog`at ilmi. Balogʻatga yetish


Qo'shimcha ovqatlar, kiritish qoidalari, muddatlari va turlari



Download 1,32 Mb.
bet32/44
Sana26.03.2022
Hajmi1,32 Mb.
#511998
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
2 этап .

Qo'shimcha ovqatlar, kiritish qoidalari, muddatlari va turlari Yuqorida aytilganidek, bola 6 oylik bo'lganda ona suti miqdor jihatidan yetarli bo'lsa ham sifat jihatidan yetishmay boshlaydi (bolaning to'g'ri o'sishi va rivojlanishi uchun mineral moddalar yetishmaydi yangi oziq moddalar talab qilinadi) va bolaga qo'shimcha ovqatlar kiritishga zarurat tug'iladi.
Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga koʼra, qoʼshimcha ovqat emizikli bolaga 6 oylikda, sunʼiy ovqatlantiriladigan bolaga 4-5 oylikda beriladi.Qo'shimcha ovqat vaqtida kiritilmasa moddalar almashinuvi buzilib, bola o'sishdan orqada qola boshlaydi, kamqonlik rivojlanadi, kasalliklarga qarshilik qobiliyati pasayadi va nimjonlashib qoladi.


Diqqat!
Qanday qo'shimcha ovqat kiritilishidan qat'i nazar, quyidagi qoidalarga amal qilish shart:
Bola birinchi qoʼshimcha ovqatga tayyorligini bildiruvchi belgilar:
1. Bola koʼkrak suti yoki sutli aralashmaga toʼymaydi.
2. Bolaning tugʼilgandagi vazni ikki baravarga oshdi.
3. Bola mustaqil oʼtirmoqda.
4. Bola bir necha hafta davomida kasal boʼlmadi va emlatilmadi.
5. Bola kattalarning ovqatiga qiziqish bildirmoqda.
6. Bola ovqatni yuta oladi.
1. Qo'shimcha ovqatni bola onasini emib bo'lgach berish 2. 1—2 qoshiqchadan bera boshlash, 3—4 kun ichida ovqat miqdorini 150—200 grammgacha yetkazish va bitta emizish o'rnini qo'shimcha ovqat bilan almashtirish.
3. Bola bir turdagi qo'shimcha ovqatga o'rganib olgachgina unga ikkinchi bir qo'shimcha ovqatni bera boshlash.
4. Bolaga beriladigan ovqat mayin va yutishga qulay bo'lishi kerak.
5. Bolani asta-sekin qoshiqdan ovqat yeyishga va chaynashga o'rgatib borish.
Ushbu qoidalarga amal qilgan holda bolaga qo'shimcha ovqatlar kiritish jarayonini tibbiyot hamshirasi kuzatib boradi va tegishli maslahatlar berib turadi. Zaruratga qarab shifokordan kerakli qo'shimcha ko'rsatmalarni oladi va bajarilishini ta'minlaydi. Boladagi har qanday salbiy o'zgarishlar haqida tegara shifokorini vaqtida xabardor qilibboradi. Emizikli davrida bolaga qo'shimcha ovqatlar quyidagi muddatlarda va taxminiy miqdorlarda kiritiladi:
1. Bola 6 oylik bo'lganda unga meva yoki sabzavotlardan tayyorlangan bo'tqa 2-5 grammdan berila boshlanadi va asta-sekinlik bilan uning miqdori oshirib boriladi.
3. Bola 6 oylik bo'lganida unga ikkinchi qo'shimcha ovqat sifatida, agar birinchi qo'shimcha ovqat sifatida meva yoki sabzavot bo'tqasi kiritilgan bo'lsa, manniy bo'tqasi 35-40 grammdan kiritiladi va aksincha.
4. Bola hayotining 7-oyida unga uchinchi qo'shimcha ovqat - go'shtli qaynatma sho'rva (bulon) 5—10 ml dan kiritiladi.
5. Bola 8 oylik bo'lganida to'rtinchi qo'shimcha ovqat - kefir 50-100 grammdan kiritiladi.
6. Bola 9-10 oylik bo'lganida unga go'shtli frikadelkalar kiritiladi, ular 5—25 grammdan boshlab beriladi.
Shunday qilib, bola taxminan 10—11 oylik bo'lganida 1 marta onasini ko'kragini emadi va 4 marta qo'shimcha ovqat oladi. Ana shu ko'krak bilan emizish ham asta-sekinlik bilan kamaytirib boriladi va bola hech qanday qiyinchiliklarsiz ko'krakdan ajraladi.
Yodda tuting!
Har qanday holda ham bolani yozning issiq kunlarida, kasallik vaqtida va profilaktik emlashlar paytida ko'krakdan ajratish maqsadga muvofiq emas. Qo'shimcha ovqatlar berish bilan birga bolaga oqsil, yog' va uglevodlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 7 oyligidan boshlab 1/4 miqdordan tuxum sarig'i, 7 oyligidan 5-10 grammdan tvorog,8 oyligidan pechenye, 9 oyligidan esa non berish mumkin.
Har qanday qo'shimcha ovqat yuqorida aytilgan qoidalarga qat'iy rioya qilingan holda, bolaning barcha fiziologik bo'shalishlarini nazorat qilib borish bilan kiritilishi lozim (qo'shimcha ovqatlarni tayyorlash amaliy qismda bayon etilgan).



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish