* Diqqat!
Chaqaloqni uy sharoitida parvarish qilish uchun quyidagi narsalar bo'lishini ta'minlang:
- steril salfetkalar, bintlar, paxtani saqlash uchun og'zi keng va berkitiladigan banka;
- vannachadagi suv haroratini o'lchash uchun termometr;
- steril o'simlik moyi solingan shisha;
- toza bankada klizma uchun ishlatiladigan rezina balloncha;
- bolani cho'miltirish uchun alohida tog'ora yoki vannacha;
- bola tagini yuvish uchun ishlatiladigan tog'ora;
- qaychi va boshqalar.
Teri va shilliq pardalarni parvarish qilish
Bola terisi va shilliq pardalarini parvarish qilishda shaxsiy gigiyena qoidalari va ozodalikka qat'iy rioya qilish talab etiladi. Terini muntazamravishda qunt qilib parvarish qilib borish kerak. Bunda bolani yoqimsiz ta'sirlanishlardan avaylashga katta e'tibor beriladi. Teri va shilliq pardalarni parvarishlash elementlariga quyidagilar kiradi:
1. Bolani yuvintirish.
2. Taglarini yuvish.
3. Teri burmalarini artib tozalash.
4. Tirnoqlarini kalta qilib olish.
5. Ko'z, burun va quloqlarini tozalash.
6. Toza kiyimlar va o'ziga loyiq poyabzallar kiydirish.
Bolaning onasi nafaqat o'zlari shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari, balki bolalarga gigiyenik malakalarni singdirishlari, avvalo ozodalikka talabchanlikka o'rgatib borishlari lozim. Bolalarni avval iliq suv bilan, keyinroq uy haroratidagi suv bilan yuqoridan oqizib turib yuvintiriladi. Bolani yuvintirishga xotirjamlik bilan qarashga, ijobiy munosabatda bo'lishga o'rgatish, iflos yurishga esa unda salbiy munosabatlar uyg'otish(so'z bilan, so'z ohangi bilan), iflos yuz-qo'llarini shu zahotiyoq yuvishga ko'nikma hosil qilish juda
zarur.
Chaqaloq va emizikli bolalarning tagi tez-tez yuvib turiladi. Ularning tagini yuvishda suv oqimi o'g'il bolalarda qaysi tomondan bo'lishining farqi yo'q, lekin qiz bolalarda siydik chiqarish kanalining
kaltaligi va orqa chiqaruv teshigidan mikroblarni jinsiy a'zolariga tushib qolish xavfi kuchli bo'lganligi uchun suv oqimi oldindan orqaga qarab yo'naltirilishi lozim.
2 yoshdan boshlab bola mustaqil yuvina oladi. Kattalar uning yuvinishini kuzatib turishlari, sovunni qanday ishlatish kerakligini, yuz-qo'llarini qanaqa qilib artish lozimligini, uning sochig'i qayerda turishini ko'rsatib berishlari kerak.
Bolalarning tirnoqlari kichikroq, yaxshisi, yoy shakliga keltirilgan, uchlari qayrilgan qaychi bilan olinadi. Bolalar jamoasida foydalaniladigan qaychilarga ishlatishdan oldin spirt bilan ishlov beriladi.
Bolaning tirnoqlarini olayotgan vaqtda tirnoqlar uning og'ziga, burun va ko'zlariga yoki to'shagiga tushib qolishidan ehtiyot bo'lish kerak. Bolaning kiyimi uning yoshiga, yil fasliga, kunning haroratiga, bola o'lchami(razmeri)ga mos kelishi, havo o'tkazadigan, issiqlik
almashinuviga xalaqit bermaydigan, qulay bo'lishi kerak. Kiyimkechaklar chiroyli, rangi ochiq, gullar va rasmlar bilan bezatilgan
bo'lishi maqsadga muvofiq, chunki ular bolalarda yangidan-yangi taassurot uyg'otadi va bolaning kayfiyatini ko'taradi. Kiyimlar albatta doimo toza bo'lishi, alohida saqlanishi va yuvilishi kerak. Bolaning choyshab va yostiq jildlari ham alohida bo'lishi, ko'pi bilan haftasiga bir marta yuvilib, tozasi bilan almashtirilishi lozim.
Bolaning poyabzali o'zining o'lchami (razmeri)ga qarab tanlanishi, katta ham, kichik ham bo'lmasligi kerak. Yassi oyoqlikning oldini olish maqsadida poyabzal tagiga qoplama, poshna urilgan bo'lishi kerak.
Bolani o'zining poyabzallarini tozalash, quritishga o'rgatish lozim.Bolalarning kiyim-kechaklari va poyabzallari oson kiyiladigan va tugmachalari tez taqiladigan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |