Yangi tug`ilgan chaqaliqlar parvarishi.
Bola tug‘ilishi bilanoq uni ko‘lingizga olib, o‘zingizga yaqin tuting, Bunda u tanangizga tegib tursin, isingizni hidlasin, ovozingizni eshitsin, sizni va atrofingizdagi odamlarni ko‘rsin. Bolangizni silang va u bilan gaplashing, bolangiz to‘g‘ilgandan keyingi vaqtdan zavqlaning.
Bolangiz tug‘ilganidan so‘ng uni bir yoki ikki soat ichida emizing. Chaqaloq birinchi ko‘krak suti yoki o‘g‘iz suti bilan birga uning tarkibidagi har xil kasalliklardan himoya qiluvchi zarur vitamin va oziq moddalari oladi. Chaqaloqlarda tug‘ma so‘rish refleksi bo‘lib, ularni emizish xohlash darajasi va emishni boshlash uchun ketadigan vaqt turlicha bo‘ladi. Bola ko‘kragingizga o‘rganishi uchun unga biroz vaqt bering.
Bolang‘iz tug‘ildi! Uni ilojingiz boricha sog‘lom va xavfsiz tug‘dingiz! Endi siz bolangizning kundalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lasiz, turli sarguzashtlarni boshdan kechirasiz va ona bo‘lish quvonchi va tashvishlaridan bahramand bo‘lasiz.
Chaqaloqlarda tug'uruq moyining sariq, sarg'ish-yashil yoki gungurt rangda bo'lishi ona qornidagi patologik jarayonlar (gipoksiya, gemolitik jarayonlar va boshqalar) bo'lib o'tganidan dalolat beradi.
Burun uchi va qanotlari atrofida teri yuzasidan jindek ko'tarilib turadigan sarg'ish-oq nuqtalar kuzatilishi — ona qornida rivojlanishning oxirgi oylarida yog4 bezlarining zo'r berib ishlashi natijasi bo'lib, birinchi haftaning oxiri yoki ikkinchi haftaning boshlarida yo'qolib
ketadi.
Chaqaloqlar eritemasi yoki fiziologik teri katari — atrofmuhitning yangi sharoitlaridan terining ta'sirlanishi natijasida kelib chiqadi va bunda bolaning terisi juda qizarib ketadi(giperemiya), ba'zida esa ko'kimtirroq bo'lib turadi. Bunday holat bir necha soatdan 2—3 kungacha saqlanib turadi va keyin mayda-mayda po'st tashlash sifatida (ayniqsa qo'l kaftlari va oyoq panjalarida) yo'qolib boradi. Shu vaqtda teriga steril moy surtib turish lozim.
Fiziologik sariqlik - 60-70 foiz holatlarda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda 2—3-kunlarga kelib paydo bo'la boshlaydi. Badan terisi, og'iz shiUiq pardasi va ozroq miqdorda ko'z skleralari sarg'imtir tus oladi. Lekin bolaning ahvoli o'zgarmagan, axlati odatdagi rangda, siydigida o't pigmentlari bo'lmaydi. Ichki a'zolarida normadan siljish hollari kuzatilmaydi. Bola odatdagiday emishda davom etaveradi. Bunga sabab, bola tug'ilishi bilan ko'p miqdordagi eritrotsitlar yemirila boshlaydi va hosil bo'lgan parchalanish moddalari(bilirubin)ni yetilmagan jigar hujayralari qayta ishlab, chiqarib tashlashga ulgurmay qoladi. Natijada bilirubin tanaga tarqalib ketadi va teri rangining sarg'ayishiga olib keladi. Odatda sariqlik 4—6-kunlarga kelib maksimal nuqtaga chiqadi va keyinchalik
pasaya borib 7— 10-kunlarda, gohida 12-kunga kelib yo'qolib ketadi.
Yodda tuting!
Sariqlik juda barvaqt paydo bo'lib, tez fursatlarda quyuqlashib borsa va uzoqroq davom etadigan tus olsa, bolaning ahvolida o'zgarishlar sezila boshlasa, xavotirlik boshlanishi va uning fiziologik ekanligiga shubha tug'ilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |