Balki ularning salomatligini ta’minlovchi sifat ko‘rsatkichiga ham



Download 0,78 Mb.
bet4/5
Sana13.07.2021
Hajmi0,78 Mb.
#117766
1   2   3   4   5
Bog'liq
baliqchilik kurs ishi

Qovurilgan baliq. Ishlovdan o‘tgan baliq yuvilgandan so‘ng suvi silkitiladi, tayyorlangan butun yoki porsion bo‘lakka bo‘linganiga tuz, murch sepib, unga belanadi va qizib turgan yog‘ga terisi bilan quyib, ikki yoklama qobiq hosil qilib qovuriladi. Qovurish jarayoni 140-160°Cli haroratda 5-10 daqiqa davomida olib boriladi. Qovurilgan baliqni tayyor holga keltirish uchun 250°Cli qovurish shkafiga 5-7 daqiqa qo‘yiladi. Baliqlarni umumiy qovurish muddati 10-20 daqiqa davom etadi. Qovurish oxirida baliq ichidagi harorat 85-90°Cga etadi. Baliq tayyor bo‘lganini yuzida mayda rangsiz sharalar hosil bo‘lish holatidan aniqlashmumkin.Qovurilganbaliq tayyorbo‘lgan za­xoti iste’molga tarqatiladi.

Isitilgan likopcha yoki porsiyali laganchaga qovurilgan, pishirilgan yoki pyure holidagi kartoshka solinib yoniga qovurilgan baliq qo‘yiladi, ustidan eritilgan sariyog quyib beriladi. Alohida sardak idishida tomatli ok, yoki qizil asosiy yoki sabzavotli tomat sardagi qo‘shib beriladi. Taomni bezash uchun ko‘kat va limon parragi ishlatiladi. Qovurilgan baliq uchun garnir sifatida dimlangan karam, grechixa bo‘tqasi, qovurilgan qovokcha, baqlajon, pomidor hamda pishi­rilgan sabzavotlar ustiga yog‘ sepib beriladi.

Baliq 132 dan 237 g. gacha, bug‘doy unn 6 gr., usimlik yog‘i 5 tr., garnir 150 gr., sardak, 75 gr., sariyog‘ yoki margarin 7 gr. Sof og‘irligi 257 yoki 325 gr.

Ko‘p yog‘da qovurilgan baliq. Butun baliq yoki romb shaklida kesib porsiyalangan baliq bo‘laklari 180°Cda qizib turgan ko‘p yog‘ga sachratmasdan solinib, yuzida sarg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha, 5-10 daqiqa davomida qovuriladi, so‘ng yog‘dan suzib olinib, yog‘i bir oz silkitilib, tayyor holga etkazish uchun tovaga quyib, qovurish shkafiga qo‘yiladi.

Tarqatishda isitilgan likopcha yoki laganchaga gar­nir sifatida tilim-tilim shaklida avval pishirib, so‘ng qovurilgan kartoshka yoki to‘rtburchakli uzun kesib, ko‘p yog‘da qovurilgan kartoshka solinadi, yoniga ko‘p yog‘da qovurilgan baliq uning ustidan eritilgan sariyog‘ sepib, ko‘p yog‘da qovurilgan ko‘kat va limon par­ragi bilan bezab beriladi. Alohida sardak idishida tomatli oq yoki kornishonli* mayonez yoki mayonez sardagini berish mumkin. Osyotr baleti 199 gr., yoki sudak 192 gr., yoki laqqa baliq 211 gr., yoki kapitan-baliq 233 gr., bug‘doy uni 6 gr., tuxum 1/7 dona,-urvok, 15 gr., pazandalik moyi 10 gr,, garnir 150 gr., sardak 75 gr., sariyog‘,margarin 7 gr. Sof og‘irligi325, 300,257 gr.

Xamirga botirib qovurilgan baliq. Baliq sof filesidan to‘rt burchakli to‘g‘ri kesib, marinovka qilib, tayyorlangandan so‘ng, har bir bulagi ayriga yoki pazan­dalik ignasi bilan olinib, suyuq xamirga (klyarga) botiriladi va qizib turgan ko‘p yog‘ga solinib, 3-4 daqiqa davomida qovurib iste’molga tayyor holga kelti­riladi. Xamirga botirilgan baliq yog‘ yuziga suzib chiqib sarg‘ish qobiq hosil qilgandan so‘ng suzib olinib, yog‘i silkitiladi.

Tarqatishda tayyor baliq bo‘lakchalari porsiyasiga 6-8 dona xisobida qog‘oz sochiqcha yoyilgan lagancha yoki likopchaga piramida shaklida ustma-ust terilib, yoniga shu holda terilgan ko‘p yog‘da qovurilgan kartoshka qo‘yiladi va limon parragi, ko‘kat bilan bezaladi. Aloxida idishda tomatli oq yoki kornishonli mayonez sardagi beriladi. Baliqda yog‘da qovurilgan kartoshka ham qo‘shib berish mumkin. Ba’zi hollarda baliqni kubik shaklida kesib tayyorlanadi.

Doncha zrazi. Shakl berib tayyorlangan qovurishga tayyor mahsulot qizib turgan ko‘p yog‘ga solinib, qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi va tovaga solib, qovurish shkafida iste’molga tayyor holga keltiriladi.


Tarqatishda likopcha yoki laganchaga garnir sifatida qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi yoki dimlab pishirilgan sabzavot, donador grechixa bo‘tqasi yoki 3-4 xil sabzavot aralashmasidan tashkil topgan murakkab sabzavot garniri solinib, yoniga 1 yoki 2 bo‘lak quyib yoki alohida tomatli oq sardak quyib beriladi. Taom ko‘kat va qo‘shimcha garnir bilan bezaladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish