Baliqlar katta sinfi- pisces. Tog’ayli baliqlar sinfi- chondrichthyes. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi



Download 1,01 Mb.
bet3/8
Sana03.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#631928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9amaliy mashg #039 ulot

Ichki orgarriarining tuzilishi. Ichi yorilgan akulani van-nachaga chalqanchasiga yotqizib, ichki organlari tuzilishi bi­lan quyidagi tartibda tanishib chiqing (15-rasm).
Nafas olish organlari. Akulaning har bir jabra yorig'ining bir uchi halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devoriga qa­tor o'rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraiiing yarim bo'lagini hosil qiladi. Jabraiiing ikkita yarim bo'lagi birgalik-da yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday qilib, akula boshi-ning har qaysi tomonida hammasi bo'lib to'rtta jabra va uning bitta yarim bo'lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to'g'ridan-to'g'ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor. Jabra yoylaridan esa jabralararo to'siqlar chiqadi, bu to'siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib turadi. Bu to'siqlarni tog'ay shu'lalar tutib turadi.

17-rasm. Ichi yorilgan akula (erkagi):
l-burun teshigi, 2-og'iz teshigi, 3-jabralari, 4-tashqi jabra teshiklari, 5-venoz qo'ltig'i, 6-yurak oldi bo'lmasi, 7-yurak qorinchasi, 8-artcrial konusi, 9-qorin aor-tasi, 10-olib keluvchi jabra arteriyasi, Il-oshqozonning kardial qismi, 12-osh-qo-zonning pilorik qismi, 13-ingichka ichak, 14-ichi yorilgan spiral klapanli yo'g'on ichagi, 15-to'g'ri ichak, 16-rektal bezi, 17-kloakasi, 18-jigari, 19-o't pufagi, 20-o't yo'li, 21-oshqozon osti bezi, 22-talog'i, 23-buyragi, 24-urug' yo'li, 25-qorin juft suzgich qanotining kopulyativ o'simtasi, 26-qalqonsimon bez, 27-urug'don.
Ovqat hazm qШsh organi. Akulaning og'zida harakat-chan tog'aydan iborat jag'lari bor. Uning hazm sistemasi og'iz bo'shlig'iga olib kiradigan og'iz teshigidan boshlanadi. Og'iz bo'shlig'ining chetlarida ten plakoid tangachalarining o'zgarishidan paydo bo'lgan konussimon o'tkir tishlar bir necha qator bo'lib joylashgan. Og'iz bo'shlig'i sekin-asta jabra teshik­lari ochiladigan keng va katta halqumga tutashadi. Halqumdan keyin qizilo'ngach (preparatda u jigar ostida joylashgan), qizilo'ngachdan keyin V harfiga o'xshab bukilgan oshqozon keladi. Oshqozonning oldingi qismi kardial, keyingi qismi esa — pilorik deb ataladi. Oshqozonning pilorik qismidan juda kalta ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bilan oshqo­zonning orasida oshqozon osti bezi yotadi. Uch palladan ibo-rat bo'lgan katta jigarda o't pufagi bor, unga jigarda ishlangan o't suyuqligi yig'ilib, o't yo'li orqali ingichka ichakka quyiladi. Ingichka ichakdan keyin yo'g'on ichak va kloakaga ochiJadi-gan to'g'ri ichak keladi. Yo'g'on ichak juda keng bo'lib, ichida burmalar — spiral klapanlar bor, bu klapanlar ovqat hazm qil-ish yuzasini kengaytiradi. Uni ko'rish uchun yo'g'on ichakning bo'ylama kesimidan tayyorlangan preparatdan foydalanish lo-zim. To'g'ri ichakning o'rta qismidan barmoqsimon, ichi bo'sh o'simta - rektal bezi chiqadi. Oshqozonning keyingi bukil­gan, ya'ni pilorik qismida konussimon taloq — qora jigar joylashgan.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish