Adashgan nerv (o'ninchi juft) aralash nerv bo'lib, uzunchoq miyaning yonboshidan, keyinchalik bir-biri bilan qo'shilib yo'g'on nerv tomirini hosil qiladigan bir qancha tarmoqlar holida chiqadi. Adashgan nerv bosh miyaning boshqa nerv-laridan gavdaning ko'pchilik qismini innervatsiyalashi bilan farq qiladi. Asosiy tarmoqlaridan to'rttasi to'rt jabra yorig'ini (ikkinchidan beshinchigacha), beshinchi - ichki organlar yon-bosh tarmog'i esa tana va dum bo'limlarining teri sezish or-ganlarini innervatsiyalaydi.
Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo'lib birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o'ziga tegishli segmentlarni innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlan-ganligi munosabati bilan yelka va bel-dumg'aza nerv chigali hosil bo'ladi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat.
Umurtqali hayvonlarning ko'z soqqasini 6 ta muskul (1,2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular bir uchi bilan ko'z kosa-sining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko'z soqqasining ma'lum joyiga birikadi. Ularning to'rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, past-ki, ichki va tashqi to'g'ri muskullar, 2 tasi esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu musk-ullarni III, IV va VI juft nervlar innervatsiyalaydi.
Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o'xshash akulalarda ham birlamchi buyrak — mezonefros bo'ladi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo'lib, umurtqa pog'onasining ikki yonida tana bo'shlig'ining deyarli ko'krak suzgichlari atrofi-dan to kloakasigacha cho'ziladi. Har buyrakdan bittadan in-gichka siydik yo'li chiqadi. Siydik yo'llari urg'ochilarida siy-dik so'rg'ichining va erkaklarida siydik-jinsiy so'rg'ichining tepasidan o'tib kloakaga ochiladi (18-19-rasmlar).
Jinsiy sistemasi. Erkak akulaning urug'donlari (21-rasm) bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida bo'lib, qizilo'ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug'donlardan oq ipga o'xshash ingichka urug' chiqarish yo'llari boshlanadi (aniq ko'rish uchun urug'donni pinset bilan ko'tarish lozim). Urug' chiqarish yo'llari buyrakning yuqorigi, odatda urug'don ortig'i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo'limidagi kanalchalar (yo'llar) birlashib, qorin yu-zasining ichki qirg'oqlari bo'ylab o'tadigan urug' yo'llariga aylanadi. Urug' yo'Harming keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug' pufakchalarini hosil qiladi. Urug' yo'llari siydik yo'llari bilan birgalikda si-ydik-tanosil so'rg'ichiga ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |