78
Kolovratkalar lichinkalarni o‘stirish davrida katta ahamiyatga ega.
Zooplanktonning muhim guruhlariga, shuningdek,
bir hu-
jayrali qisqichbaqasimonlar ham mansubdir. Ular bir yozgi
baliqchalarni o‘stirishda
va ayniqsa, bir yashar baliqlarda o‘ta
muhim ahamiyat kasb etadi. Zooplanktonning iste’molchisi chi-
por do‘ngpeshana balig‘idir.
Zooplankton mavjudotlari orasida yirtqich sikloplar bor.
Ularning yoshlari baliqlar tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi.
Biroq yetuk sikloplar baliq lichinkalari va yosh baliqchalar uchun
o‘ta xavfli kushandadir.
Suvning tubidagi cho‘kma qatlamda yashaydigan bentos
organizmlariga mansub turli hasharotlarning (chivin va boshqa-
lar) lichinka va g‘umbaklari qimmatli oziqa hisoblanadi. Zo-
g‘orabaliq har narsani yeyaveradigan baliq bo‘lsa-da, ammo ben-
tosni xush ko‘radi.
Hovuzlarning suv o‘simliklari zich joylarida qo‘ng‘izlar, ni-
nachilar va shunga o‘xshash hasharotlarning katta baliqlar uchun
oziqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan, ammo mayda ba-
liqchalar uchun kushanda lichinkalari yashaydi. Lichinka uvuldi-
riqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi,
rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa
muddatdan so‘ng, qorin qismidagi suyuqlikni ishlatishdan kelib
chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan faol oziqlanishni
boshlaydilar. Lichinkalar eng kichik plankton organizmlar — mik-
roskopik suvo‘tlar va kolovratkalar bilan oziqlanadi.
Òana o‘lchamlarining ortib borishi bilan birga ularning jag‘
apparatlari ham kattalashib boradi. Baliqchalar o‘sgani sari yi-
rikroq zooplankton organizmlari bilan oziqlanishga o‘tadi.
Hovuzga baliq o‘tkazishni kechiktirib bo‘lmaydi, chunki ho-
vuzdagi dafniya yoki sikloplar o‘sib zog‘orabaliqlarning lichin-
kalari uchun oziqa bo‘lmay qoladi va oqibatda baliqchalar ham
yaxshi o‘smay qoladi.
Lichinka dastlabki 5 kun mobaynida kolovratkalar bilan, 6—
10 kunlarda mayda shoxdormo‘ylovlilar va kopepodlar bilan,
so‘ng yirik shoxdormo‘ylovlilar va konepodlar, xironomidalar
kabi turli hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi.
79
Òut ipak qurti g‘umbagi yuqori kaloriyaga ega, oqsilga boy
oziqa mahsuloti hisoblanadi. Ushbu mahsulot pillani qayta ish-
lash
korxonalarida yetishtirilib, korxonalar tomonidan uni
utilizatsiya qilish muammosi mavjud. Shu sababli ushbu mah-
sulotni juda arzon narxlarda olish imkoniyati mavjud.
Xuddi shunday holat yangi so‘yilgan
qoramol oshqozoni
ichidagi mahsulotga ham tegishli.
Yuqoridagi mahsulotlarni yig‘ib olib kelib quyidagi tartibda
qayta ishlash mumkin:
1. Quyosh yaxshi tushadigan maydonchani tanlang.
2. Oziqa mahsulotini temir list yoki 5—7 sm beton qoplamali
maydonga yoying.
3. Vaqt-vaqti bilan qatlamni quruq holga kelgunicha xaskash
bilan ag‘darib turing.
4. Qurigandan so‘ng maydalab kukun holatiga keltiring.
5. Baliqqa beriladigan oziqaga zarur miqdorda aralashtirib
bering.
Ushbu mahsulotlarni quritishda qo‘lbola idishlardan foyda-
lanish ham maqsadga muvofiq.
Quritib olingan oziqa mahsulotlaridan sifatli oziqa tayyorlash:
— xo‘jalik ixtiyoridagi ingrediyentlardan baliq uchun zarur
oziqa koeffitsiyentini beruvchi omuxta yem retseptini aniqlab oling;
— turli ingrediyentlardan zarur miqdorini elakdan o‘tkazing;
— hosil bo‘lgan massa ustiga suv (ayrim hollarda o‘simlik yoki
baliq yog‘i) quyib nam holatga keltiring;
— plyonka ustida nam massani yaxshilab aralashtiring;
— aralashtirilgan nam massani zarur o‘lchamlardagi por-
siyalarga bo‘ling. Bo‘lingan porsiyalarni zarur shaklga keltiring
(aylana, sharik, bo‘lakchalar);
— nam massani go‘sht maydalagichdan o‘tkazib mayda granula
shakliga keltirish mumkin.
Òabiiy oziqa bazasining rivojlanishi suv sifatiga bog‘liq. Suv
haroratini yaxshilash uchun baliqchilikda o‘g‘itlash (organik va
mineral) amalga oshiriladi.
Baliqlarni oziqlantirishda baliqchilar quyidagi asosiy omillarni
hisobga olishlari shart:
80
— oziqa xomashyosining serobligi;
— narxlarning pastligi;
— oziqaviy sifati, shu jumladan, xushta’mliligi va yaxshi hazm
qilinishi.
Baliqlarga qanday oziqaviy moddalar kerak?
Umuman ol-
ganda, baliqlarga boshqa jonzotlarga kerak bo‘ladigan oqsillar
(proteinlar), yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar
Do'stlaringiz bilan baham: