47
Baliqlar oziqlanish tipiga ko‘ra suv
qatlamining yuza qis-
mida, o‘rta qismida va suv tubida yashovchi guruhlarga bo‘linadi.
Suvning tubidagi, ya’ni pastki qatlamidagi leshch, zog‘ora,
osetrsimon baliqlar, asosan, bentoslar, chuvalchanglar va boshqa
jonivorlar bilan oziqlanadi.
Seld, sudak,
qalin peshanador baliqlar, odatda, suv qatla-
mining yuza qismida va o‘rta qatlamida yashab, fito va zooplank-
tonlar bilan oziqlanadi.
1. Suvning fizik xossalarini so‘zlab bering.
2. Suvda erigan kislorodning bo‘lishi qaysi omillarga bog‘liq?
3. «Zamor» nima?
4. Suv haroratining baliqlarga ta’sirini bayon eting.
5. Hovuzdagi suvning sifati qaysi usullar bilan o‘rganiladi?
NAZORAT SAVOLLARI
?
48
V bob.
O‘ZBEKISÒONDA YEÒISHÒIRILADIGAN
KARP BALIQLARINING ÒURLARI
5.1. Asosiy baliq turlari
Karpsimonlar (Ñyprinidae) — zog‘orabaliqsimonlar: suyakli
baliqlar sinfining
turlariga eng boy oilasi, karpnamolar turku-
miga mansub, 275 tacha guruhga bo‘linadigan 1500 dan ortiq
turi bor. Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada
tarqalgan.
Karpsimonlar daryo, soy, ko‘l, suv ombori va ariq
kabi, asosan, chuchuk va ba’zi turlari qisman sho‘rroq suvlarda
yashaydi.
O‘rta Osiyoda bu oilaning 57 ta turi uchraydi.
Karpsimonlar issiqsevar bo‘ladi. Shuning uchun sovuq to-
monlarda kamroq, issiq tomonlarda ko‘proq, ayniqsa, Osiyoning
janubi-sharqida juda keng tarqalgan. Ularning, asosan, chuchuk
suv baliqlari, likin, Orol sug‘yoni kabi o‘tkinchilari ham bor.
Bo‘yi 6—8 santimetrdan 180 santimetrgacha yetadi, lekin
mayda va o‘rta bo‘ylilari ko‘proq uchraydi. Jag‘ida tishlari yo‘q,
halqum suyaklarida bir yoki 2—3 qator o‘rnashgan tishlari bo‘-
lib, ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi. Og‘zining atrofi
ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi bilan o‘ralgan bo‘lib, bu
suyak ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir. Mo‘ylovi
ikki-uch juftdan iborat, xolos. Suzuvchi pufaklari ichak bilan
qo‘shilgan, ichaklarida oshqozon va pilorik o‘simtalari yo‘q, usti
yirik tangachalar
bilan qoplangan, lekin ba’zilari tangachasiz
bo‘ladi.
Ayrimlari (oq marka) yirtqich, boshqalari (zog‘orabaliq, qi-
lichbaliq va hokazolar) umurtqasiz jonivorlar bilan, yana bir
xillari (oq amur, xumbosh va hokazo) o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Chebaklar zooplanktonlar, ba’zan zoobentoslar bilan kun ko‘radi.
49
Karpsimon baliqlar chuchuk suvda uchraydi.
Amur che-
bakchasi kabilar uvuldirig‘ini qo‘riqlab yuradi, ya’ni ularda nasli
uchun qayg‘urish hodisasi uchraydi. Uvuldirig‘i tashqarida
urug‘lanadi. Bir ekologik guruhga kiradigan turlarning urchish
muddati bir-biriga juda yaqin bo‘lgani sababli ularda turlar va
hatto urug‘lar orasida o‘zaro chatishib, duragay hosil qilish keng
tarqalgan. Duragaylarning ba’zi birlari urchishga ham layoqatli
bo‘ladi.
Karpsimonlarning ko‘pgina turlari katta iqtisodiy ahamiyatga
ega. Òorta, tovonbaliq, zog‘orabaliq,
oqcha vimba, sug‘yon,
moybaliq, oq marka, tarashabaliq, shim va hokazo kabi turlari
Azov, Kaspiy va Orol dengizlarida ko‘p ovlanadi. Òovonbaliq,
asosan, oqmaydigan suvlardan tutiladi. Karpsimonlar Osiyoning
janubi-sharqidagi mamlakatlarda, chunonchi, Xitoy, Hindiston,
Birmada ham ko‘plab ovlanadi. Bu guruh baliqlarning zog‘ora-
baliq kabi turlaridan chatishtirish, sun’iy
tanlash va parvarish
qilish yo‘li bilan turli ekologik sharoitlarga moslashgan va sifati
talabga muvofiq zotlar yetishtiriladi. Ba’zi turlari iqlimga ham
moslashtirilmoqda, chunonchi, xumbosh, oq amur kabilar O‘rta
Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonda keng miqyosda
iqlimga moslashtirilgan bo‘lib, hovuz baliqchilik xo‘jaliklarida katta
iqtisodiy samara ham bermoqda. Kumush tovonbaliqdan esa
arslonbosh, teleskop, kometa kabi
chiroyli akvarium baliqlari
yetishtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: