Mavzu: BALIQLAR NEMATODOZLARI
To’garak chuvalchanglarning xarakterli belgilari.
To’garak chuvalchanglarning umumiy tuzilishi
Baliqlar nematodozlari va ularni qo’zg’atuvchilari.
Kasallik patologiyasi va epizootologiyasi.
Filometroz qo’zg’atuvchilarining rivojlanishi
Kasalliklarga qarshi kurash va profilaktikasi
Akantotsefalezlar va uning qo’zg’atuvchilari
Tayanch iboralar: nematodoz, filometroz, akantotsefalez.
To’garak chuvalchanglarning xarakterli belgilari. To’garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi 12 mingdan ortik turni uz ichiga oladi. Tugarak chuvalchanglar tipi vakillarining umumiy belgilari kuyidagilardan iborat: chikib kelishi jixatidan sxizotselь xisoblangan dastlabki tana bushligiga ega; tanasi duksimon yoki ipsimon kundalang kesimi tugarak shaklda; teri-muskul xaltasi bor, ektodermal keyingi ichak va orka chikaruv teshigi buladi; nafas olish va kon aylanish sistemalari bulmaydi; nerv sistemasi sodda tuzilgan bulib, xalkum atrofi nerv xalkasi va nerv stvollaridan iborat; to’garak chuvalchanglar ayrim jinsli.
Nematodalarning tanasi ipsimon yoki duksimon. Tanasini oldingi qismida og’iz teshigi joylashgan, bo’lib, lablaryoki so’rg’ichlar bilan o’ralgan. Labining tuzilishi va bosh qismida kimyoviy sezgi organlari – amfidlarning joylashishi sistematik ahamiyatga ega. Hazm tizimi xalqum - og’iz bo’shlig’i hosil qiladi, o’rta va orqa ichaklardan iborat. Nematodalarni rivojlanishi xo’jayin almashtirish orqali boradi. Baliq nematodalarining oraliq xo’jayini qisqichbaqasimonlar (Copepoda, Amphipoda), hasharotlarni va oligoxetlarni lichinkalari. Oraliq xo’jayini tana bo’shlig’ida parazit lichinkalari o’sadi, va tullash orqali rivojlanib boradi. Keyin invazion holatga o’tadi. Nematodalarning oxirgi xo’jayini baliqlar, suv qushlari va dengiz sutemizuvchilari bo’lishi mumkin.
Tanasi chuvalchangsimon bo’lib oldingi va keyingi uchlari ingichkalashgan, ko’ndalang kesmasi esa doira shaklida. Bularda jinsiy dimorfizm aniq ifodalangan. Erkaklari kichik va dum qismi ilmoqsimon kayrilgan, urg’ochilari tanasini 1/3 qismida halka shaklida ichiga botib kirgan joy bo’lib, u yerda jinsiy teshik joylashgan. Tanasini oldingi uchida 3 ta lab bilan o’ralgan holatda og’iz teshigi joylashadi. . Askaridalarning ot, cho’chqa boshqa hayvonlarning ichagida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor.
Tanasi ko’p qavatli kutikula bilan qoplangan, u yarim o’tkazgich xususiyatiga ega bo’lganligi uchun tanasi doimo tarang (turgor) holatda bo’ladi. Ko’tikulaning ostida gipoderma joylashgan. Gipoderma shakli uzgargan koplovchi to’qimadir, chunki hayvonlarning yosh davrida undagi hujayralar bir-biridan aniq farqlanadi. Lekin keyinchalik ularning chegarasi yo’qolib, protoplazma qo’shilib ketadi va ulardagi yadrolar tarqoq holatda bo’lib ko’rinadi, ya’ni sintsitial tuzilishga ega bo’ladi. Gipodermadan keyin bo’yiga chuzilgan bir qavatli muskullar joylashadi. Ovkat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat. Oldingi va orqa ichagining ichki yuzasi ko’tikula bilan qoplangan. Askaridaning urg’ochilarida orqa ichak teshigi orqali tashqariga ochiladi, erkaklarida esa jinsiy sistema bilan qo’shilib, kloaka hosil qiladi. Ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bo’lib, ular tananing ichki yon tomonida gipoderma qavatida joylashgan maxsus iskanalar (valiklar) ichidan o’tadi. Bu naychalarning orqa uchi berk bo’lib, tananing oldingi qismida-qizilo’ngachga yaqin joyda tashqariga ochiladi. Naychalar bitta hujayradan iborat, chunki uning yagona yadrosi bor. Bundan tashqari shu naychalar ustida joylashgan 4 ta fagotsit (qamrab oluvchi) hujayralar ham ayiruv vazifasini bajaradi. Ular askarida tanasiga kirgan chet moddalarni va mikroorganizmlarni yutib, ulardan organizmni tozalashga yordam beradi. Nerv sistemasi tomoq oldi nerv halqasidan iborat bo’lib, undan tananing oldingi va orqa qismlariga tomon nerv iplari yo’naladi. Qorin va yelka nerv iplari gipodermada hosil bo’ladigan iskanalarning ichidan o’tadi. Ular ayrim jinsli, jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan. Urg’ochisining jinsiy organlar bezlari juft bo’lib, naychaning eng oldingi ingichka uchlari tuxumdonlar, undan keyingi biroz kengaygan qismi esa tuxum yo’llarini tashqil qiladi. Bular ham yana kengayib, juft bachadonni hosil qiladi va o’zaro qo’shilib, tananing o’rta qismida jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladigan qinga aylanadi. Erkagining jinsiy sistemasi tok naydan iborat bo’lib, uning ingichka uchi urug’don, yo’g’onlashgan qismi esa urug’ yo’li vazifa-sini bajaradi. Urug’ yo’li uz navbatida urug’ tukuvchi kanalga o’tibr, kloakaga ochiladi. Kloaka ichida ko’tikuladan iborat bo’lgan ikkita spikula — qo’shilish organi joylashgan.
Nematodalarni lichinkalarini baliqlarni tana bo’shlig’i, musukullari va ichaklarida (filometroydeslarni) ko’rish mumkin. Voyaga yetgan parazit chualchanglar turli organlarda lokalizatsiya qiladi, masalan baliqlarning epiteliy teri qoplamlarida, tangachalarni cho’ntaklarida, suzgichlari va ko’zlarida (filometroydeslarni o’rg’ochilari) , baliqlarni ichaklarida va boshqa organlarida. Parazitlar tana bo’shlig’ida, suzgich pufaklarini devorida (filometroydeslarni) va bo’shlig’ida ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |