Sangvinikolez va uning qo’zg’atuvchisi. Sangvinikolez qo’zg’atuvchisi-Sanguinicola inermis. Uzunligi 1 mm, eni 0,3 mm. Tanasi uzunchoq, lantsetnikka o’xshash, kutikula bilan qoplangan. So’rg’ichlisi yo’q. Og’izdan keyin uzun ichak boshlanadi. Qonda parazitlik qiladi. Sangvinikolalarning lichinkalari xavfli hisoblanadi, voyaga yetgan davrda ular unchalik patogen xususiyatga ega emas. Bu parazit boshqa trematodalar (so’rg’ichlilar) singari ikki jinsli.Urug’don 15 juft, tuxumdon esa bitta. Qon parazitlari hisoblanadi. Ko’pchilik voyaga yetganlari yurak, aortaning boshlang’ich qismida, qorin aortasida va jabraga keluvchi qon tomirlarda lokalizatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |