Ko’z qataraktasi (ditostomatoz) kasali va uni qo’zg’atuvchisi. Ko’z diploztomozi yoki ko’z kataraktasi kasalini qo’zg’atuvchisi-so’rg’ichlilarning lichinkalari, ya’ni-Diplostomum spathaceum. Parazit digenetik so’rg’ichlilarning metatserkariyasi orqali tarqaladi, diploztomoz urug’iga tegishli bo’lib baliq ko’zida yashab baliq ko’zini ko’r qiladi. Natijada baliqchilik ho’jaligida katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kasallik qo’zg’atuvchisi unchalik katta bo’lmagan (0,5 mm) yumalok shakldagi harakatchan so’rg’ichlilarning lichinkasi. Parazit so’rg’ichli bo’lib, so’rg’ichlar og’iz va qorin sohalarida joylashgan. So’rg’ichlarda yopishish uchun maxsus bezlar bor. Asosan baliq ko’zida parazitlik qiladi (ko’z gavxari 1sobig’ida va shishasimon tanada). Quyidagi baliq turlariga: karp, do’ngpeshona va boshqa baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Uning zarari yosh baliqlarga ko’prok ta’sir qiladi. Baliq ko’zi kuchli zararlanadi, ko’z kattalashadi, gavhar xiralashadi, baliq ko’r bo’lib qoladi.
Parazitning rivojlanish tsikli ancha murakkab bo’lib, ikkita oralik, ho’jayin ishtirokida o’tadi (akam-tukam mollyuskasi va baliq) va bitta oxirgi hujayin (chayka va boshqa balikxo’r qushlar).
Parazitlarning voyaga yetgan zotlari baliqxo’r qushlarning ichagida yashaydi. Parazit tuxumlari kushlarning axlati bilan tashqariga, suvga chiqadi. Bu tuxumlardan suvda lichinka (miritsidiy) chikadi. Miritsidiyning rivojlanishi uchun u avval mollyuskaga o’tishi kerak, mollyuskaning ichida rivojlanadi (birinchi oralik xujayin). Mollyuskaning ichida miratsidiy tserkariyaga aylanadi. TSerkariya esa mollyuska ichidan chiqadi va suvda suzadi, keyinchalik u baliq tomonidan yutiladi (ikkinchi oraliq xujayin). TSerkariya baliq ichiga kirgandan keyin qon oqimi bilan baliq ko’ziga kelib joylashib oladi va kasallikni qo’zg’atadi.
Profilaktik choralar. Bu kasallikning karshi kurash profilaktikasi shundan iboratki, ho’jalik hovuzlaridagi mallyuskalar va baliqxo’r qushlarni yo’qotishdan iborat. Qarshi kurashganda eng avval birinchi oraliq xujayin mollyuskalarni yo’qotish yo’lini qidirish kerak. Buning uchun birinchidan hovuz suvini quritish va hovuzni so’ndirilmagan ohak bilan ohaklash kerak. Suv havzalarini 20% li xlorli ohak bilan ishlash va boshqa choralar ko’rilishi lozim. Suv havzasi xlorli ohak bilan dizenfektsiya qilingandan so’ng, hovuz toza suv bilan bir necha marotaba yuviladi, toki xlorli ohak qolmaguncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |