Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


MAVZU: BALIQLARNING MIKOZLI (ZAMBURUG’LI) KASALLIKLARI



Download 210 Kb.
bet41/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

6.MAVZU: BALIQLARNING MIKOZLI (ZAMBURUG’LI) KASALLIKLARI
Reja

  1. Baliq parazitlarini o’rganish uslublari.

  2. Baliqlarning mikozli kasalliklari va ularning paydo bo’lishi.

  3. Saprolegnioz va unga qarshi kurashish.

  4. Branximikoz kasalligi va qarshi kurash.

  5. Branxionekroz kasaligi va qarshi kurash.

  6. Baliqlarda suv o’tlari keltirib chiqaradigan kasalliklar


Tayanch iboralar: Branximikoz, branxionekroz, saprolegnioz, mikotoksikoz
Zamburuglar chaqiradigan kasalliklar

Zamburug’lar kasalligining etiologiyasi ikkita katta guruxga bo’linadi: mikozlar va mikotoksikozlar.



Mikozlar xayvon organizmida patogen zamburug’larning kirishi va rivojlanishi bilan tavsiflanadi.

Mikotoksikozlar zaxarli zamburug’lar bilan zararlangan o’simlik ozuqalarini xayvonlar yeyishi natijasida paydo bo’ladi.

Zamburug’lar chaqiradigan kasalliklar xamma xovuz xo’jaliklarida, sadoklarda, sun’iy suv xavzalarida, akvariumlar va boshqa suv xavzalarida uchraydi. Saprolegniozlar, branxiomikoz va ixtiofonoz kasalliklari ayniqsa keng tarqalgan va o’rganilgan.

Baliqlarda zamburug’ infektsiyasi 1748 yildan ma’lum bo’lib, birinchi saprolegnioz ro’yxatga olingan.

Baliqlar mikozlarining etiologiyasi, patogenezi va ularga qarshi kurash choralari bo’yicha ko’plab savollar xozirga qadar sust o’rganilgan. Masalan, branxiomikoz qo’zg’atuvchilari - branxiomitses zamburug’larining sistematik xolati aniqlanmagan, ixtiofonoz qo’zg’atuvchilarining o’ziga xos xususiyatlari aniq tushuntirib berilmagan.



Branxiomikoz

Bronxiomikoz - turli turdagi baliqlarning o’ta yuqumli kasalligi bo’lib, jabra apparatidagi qon tomirlarning zararlanishi va jabra tuqimasining nekrozlanib tushib qolishi bilan xarakterlanadi. Kasallik Garbiy Yevropaning baliqchilik suv xavzalarida uchraydi. Bizda bu kasallik qayd etilmagan bo’lsa-da, uning kelib qolish xavfi bor. Ukraina va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida uchraydi.

Etiologiyasi. Zog’orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, qumbaliq turdagi baliqlarning bronxiomikoz kasallik qo’zg’atuvchisi bu Branchiomyces sanguinis Plehn, 1912 churtan baliqlarning qo’zg’atuvchisi

Branchiomyces demigrans Wundsch 1929 lin turdagi baliqlarda esa xar ikkala turdagi zamburug’lar parazitlik kilishadi.

Branchiomyces sanguinis - spetsifik kon paraziti xisoblanadi.

Zamburug’larning giflari (ichidagi xuddi tuxumga o’xshagan pushtlari) kuchli shoxlangan bo’lib, kalinligi 8-30 mkm, uzunligi 10-15 mkm ga teng.


Ular kurtak shaklida, odatda, yupka bo’lib, spora xosil kilganida esa kalinlashadi. Kuchli shoxlangan (tarmoklangan) giflar fakat jabraning kon tomirlarida joylashadi xamda jabraning bulmalarida va nafas olish organining burmalarida buladi. Branchiomyces demigrans zamburug’ining miqeliysi daraxtsimon shoxlangan giflardan iborat bo’lib, pustlog’i kalin ikki konturli membrana shaklida, kalinligi 0,5-0,7 mkm, rivojlanishning oxirgi boskichida 22-28 mkm gacha uzayadi. Gifning eni 13-15 mkm. Giflar dastlab nafas oluvchi katlamlardagi kapillarlarda, sungra esa vena kon tomiriga kirib, uning yorilishi natijasida jabraning biriktiruvchi tukimasiga kirib oladi va u yerda usishi davom etadi.

Branxiomikoz qo’zg’atuvchilari Branchiomyces sanguinis Epizootologik ma’lumotlar. Bronxiomikoz qo’zg’atuvchisi tabiatda keng tarkalgan. Biroq bu kasallikning epizootiya va enzootiya kurinishi tabiiy suv xavzalarida kayd kilinmaydi. Kasallik, asosan, sun’iy suv xavzalarida urchitilayotgan baliqlar orasida kelib chiqadi, agarda bunday suv xavzalarida qo’zg’atuvchining rivojlanishi uchun kulay sharoit mavjud bulsa, bular, birinchidan, xovuz va suv xavzalari antisanitariya xolatida va veterinariya-sanitariya madaniyati juda xam past darajada bulganida kelib chiqadi.

Kasallikning epizootiya va enzootiya kurinishi yozda, suvning xarorati +22+25 °S bulganida kuzatiladi. Kasallikka zog’orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, kushbaliq, lin va churtanbaliqlar moyil. Yukorida kursatilgan baliqlarning barcha yoshdagilari kasallikka moyil, biroq 1-2 yoshdagilari kuprok zararlanadi. Kasallik ularda og’ir kurinishda kechib, ulim 46-71% ni tashqil kiladi. Infeksiyaning asosiy manbai - bu kasal baliqlar, kasallikdan ulgan baliqlarning jasadlari va parazit tashuvchi baliqlardir. Zararlanish xovuzdagi balchiklar orqali amalga oshadi. Bir suv xavzalaridan ikkinchisiga qo’zg’atuvchilar kasal baliqlar orqali yoki kasallanib soFaygan baliqlar orqali, yoinki nosog’lom xujaliklarning suvlari orqali tarkaladi. Kasallikning kelib chikishi va avj olishiga baliqlarni tuyimsiz oziqalar bilan oziklantirish, suv okimining pastligi, suv kamligi va suv xavzalarining xaddan tashkari organik moddalar bilan ifloslanganligi xam ancha yordam beradi.

Kasallikning klinik belgilari. Kasallik juda xam og’ir kechadi. Kasallikning epizootik kurinishi kuprok yozda kuzatilib, tashqi muxitning xaroratiga boFlik xolda 5-12 kun davom etadi, ya’ni utkir okimi namoyon buladi. Kasallikning boshida Branchiomyces demigrans zamburug’i jabra bulmalarining kon tomirlariga kirib olganida nuktasimon kon kuyilishlar kuzatiladi, sungra zamburug’ ning giflari jabra kon tomirining ichida usishi okibatida uning tulishi (parazitar emboliya) va kon aylanishning buzilishiga olib keladi, natijada jabra tukimasi ayrim kismlarining kon bilan ta’minlanishi yomonlashadi, okarib koladi. Ayrim kismlari esa uladi (nobud buladi) va jabraning burchaklari notekis bo’lib koladi. Jabraning boshka kismlari konning kon tomirlarda yiFilib kolishi okibatida kukimtir tusga kirib oladi.

Kasal baliqlar oziqa qabul qilmaydi, tashqi muxit taassurotlariga javob qaytarilishi keskin pasayadi yoki umuman javob qaytarmaydi, suvning yuzasiga suzib chiqadi, biroq xavoni qabul qilmaydi, bunda baliqlarni qo’l bilan ushlash juda xam oson. Kuchli zararlangan baliqlar yonboshiga yotib, shu xolatda nobud buladi. CHiqim 50-70% ga yetadi. Ulmay kolgan baliqlarda esa kasallik yarim utkir yoki surunkali okimga utib oladi. Kasallanib soFaygan baliqlarning jabrasi xuddi yeyilganga uxshaydi. Uning tiklanishi yillab davom etadi.

Patogenezi. Zamburug’ning usgan giflari kon tomir ichini berkitadi, natijada tukimalarning kon bilan ta’minlanishi va kislorod almashinuvi buziladi, nekrozga uchragan jabra tukimalari yemiriladi va ikkilamchi saprofit mikroblar va zamburug’larning rivojlanishi uchun kulay sharoit tuFiladi. Zamburug’ning giflari barcha ichki parenximatoz organlarda, jumladan, kon xosil kiluvchi organlarning kon tomiriga kirib olib usishi okibatida kasallikning kechishi yana xam avj olib, baliqlarning nobud bulishiga olib keladi.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish