Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021



Download 210 Kb.
bet23/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Opsoninlar. Agar bakteriyalar koloniyasi tarkibiga leykotsitlarni qo’shib, aralashma mikroskop ostida kuzatilsa, u holatda fogotsitoz jarayoni amalga oshishini ko’rish mumkin. Bakteriyalar bu holatda leykotsitlar orqali fagotsitlanishi qayd qilinadi. Agar bir xil miqdorda bakteriyalar va leykotsitlarni olib, shuningdek qon zardobi sharoitiga qo’shilsa, u holatda fagotsitoz oldingiga ko’ra jadalroq tarzda amalga oshishini kuzatish mumkin, bu holatda bakteriyalar leykotsitlar tomonidan nisbatan faol tarzda bog’lab olinadi. Qon zardobining bu ko’rinishda fagotsitozni faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi opsonik ta’sir deb ataladi. Dastlab tadqiqotlarda qon zardobi o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi tahmin qilinib, uning ta’sirida bakteriyalar leykotsitlar tomonidan oson bog’lab olinadigan holatga o’tishi qayd qilingan, va leykotsitlar qon zardobi muhitida faolligi ortishi ushbu holat bilan izohlangan. Haqiqatdan ham qon zardobi bakteriyalarga nisbatan faolligini susaytiruvchi ta’sir xususiyatiga ega hisoblanadi. O’zining fizik – kimyoviy xususiyatlari o’zgarishga uchragan bakteriyalar leykotsitlar tomonidan osonlik bilan bog’lab olinadi. Me’yoriy holatdagi qon zardobining opsonik xususiyati immunitet yuzaga kelmagan hayvonlarda xam fagotsitoz jarayoni faollashishga olib keladi. Immun qon zardobi tarkibida opsoninlar me’yoriy holatdagi qon zardobidagi opsoninlardan farq qilib, qo’shimcha tarzda bakteriotrop ta’sir xususiyatini xam namoyon qilishi kuzatiladi. Bunda qon zardobining opsonik ta’sir xususiyati kasallik vaqtida immunitet shakllanishi davomida yanada kuchayishi tahmin qilinadi.

Immunobiologik reaktsiyalar qon tarkibiga tushuvchi miroorganizmlar va begona oqsil moddalariga nisbatan yuqori darajada spetsifiklik xususiyatiga ega hisoblanadi. Bu reaktsiyalar ko’pgina holatlarda organizmlarning zoologik jihatdan sinflari va avlodlarini tasniflashga yordam beradi. Immunobiologik reaktsiyalar shuningdek kasalliklaga tashxis qo’yish davomida xam amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hayvonlarning kasalliklarga qarshilik xususiyati ularning to’la qimmatli tarkibli ozuqa bilan oziqlantirilgan holatlarda yuqori bo’lishi kuzatiladi. To’la qimmatli bo’lmagan ozuqalar bilan oziqlanish va shuningdek ozuqa tarkibida vitaminlar yetishmovchiligi sharoitida hayvonlar organizmda immunitet darajasining keskin susayishi va kasalliklaga moyillik darajasi ortishi qayd qilinadi. SHuningdek, ko’pgina holatlarda hayvonlarga kasallangan sharoitda ozuqa rejimini qayta ishlab chiqish, jumladan ozuqa tarkibini vitaminlar bilan boyitish orqali ayrim parazitlar ta’sirida yuzaga keluvchi invaziyani butunlay yo’q qilish yoki ularning kasallik qo’zg’atish xususiyatini susaytirish, parazitlarning o’sishi va rivojlanishini cheklashga, bundan tashqari ularning jinsiy jihatdan voyaga yetishi to’xtatilishiga erishish mumkinligi tasdiqlangan.


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish