Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


O’zbekiston suv havzalari baliqlar parazitofaunasi va uni o’rgangan olimlar



Download 210 Kb.
bet13/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

O’zbekiston suv havzalari baliqlar parazitofaunasi va uni o’rgangan olimlar. O’zbekistonda ixtioparazitologik tadqiqotlar 1951 yilda Orol dengizi, Amudaryo va Respublikamizning boshqa suv havzalarida olib borilgan. Dastlab ixtioparazitologik tadqiqotlar Koraqalpog’istonning ekonomika va madaniyat institutlarida 1951-1956 yillarda olib borilgan, keyinchalik 1957 yilda ixtiologiya va parazitologiya bo’limi tashkil etilgan. 1959 yildan boshlab Qoraqalpog’istonda parazitologiya laboratoriyasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda, mazkur laboratoriyaning yo’nalishi baliq parazitlarini va suv umurtqasiz hayvonlarini o’rganishdan iborat.

Ilk marta baliq parazitlarini o’rgangan va parazitologik metodlarni V.A.Dogel 1933 yilda ishlab chiqqan. Keyinchalik uning shogirdlari A.P.Markevich 1951 yilda va I.E.Bыxovskiy-Pavlovskiy 1952 yilda parazitologik metodlarni ishlab chiqqan.

O’zbekistonda birinchi marta ixtioparazitologik tadqiqotlar V.L.Yakimov tomonidan 1917, 1923 yillarda Amudaryo baliqlarining parazitlarini o’rganish bilan boshlangan. V.L.Yakimov som (o’zbekchasi) balig’ida qon so’ruvchi parazit Cryptobia ninae kohli-yakimovi (qon plazmasida) turini va Haemogragarina turkestanica (qonning eritrotsitida) turini topgan.

V.A.Dogel va I.E.Bыxovskiy 1934 yilda Amudaryo deltasidan ostroluchkilarda (o’zbekchasi) Ichthyopthirius multifiliis, Diplozoon paradoxum, Diplostomum spathaceum, Posthodiplostomum cuticola, Rhipidocotyle illense, Ergasilus sieboldi parazit turlarni aniqlagan.

S.O.Osmanov 1952 yilda baliqlarda 15 tur parazitlar borligini aniqlagan, ulardan 8 turi birinchi marta Amudaryoda topilgani qayd etilgan. Keyinchalik S.O.Osmanov 1954, 1960 yillarda Amudaryo deltasida 18 tur baliqlarda (780 ekzemplyar baliq tekshirilgan) 73 turdagi parazit gelmintlar borligini ma’lum qilgan. Ulardan 52 tur parazitlar Amudaryoda birinchi marta uchrashi qayd etilgan. S.O.Osmanov 1964, 1965 yillarda Amudaryo va Zarafshan daryolaridan to’plangan materiallarida nematodalar (Procamallanus siluri, Rhabdochona varicorhini), monogenetik so’rg’ichlilar (Dactylogyrus pseudominor, D.neoparvus, D.narimani, Gyrodactylus pusanovi) trematodlar (Asymphylodora kafirnighani)ning turlari birinchi marta topilgani qayd etilgan.

U.D.Jalilov va N.G.Gavrilovlar 1956 yilda usachlarda yangi tur – Diplozoom tadzhikistanicum ni aniqlagan. U.D.Jalilov 1966 yilda Amudaryoda Trypanosoma danilewskyi, T.markewitschi, Chloromyxum fluviatili, Ch.varicorhini, Rhabdochona filamentosa, Capillaria tomentosa parazitlarni birinchi marta qayd etgan.

S.O.Osmanov 1963 yilda Amudaryo deltasida baliq parazitlaridan Bothriocephalus gowkongensis turini aniqlagan. S.O.Osmanov 1966 yilda o’zining tadqiqotlari natijasida va adabiyotlardagi ma’lumotlardan foydalanib Amudaryoda baliq parazitlarini 202 turini uchrashi va ularning tarqalishi, parzitofaunaning zoogegrafik xususiyati va parazitlarning kasallik tarqatishdagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirgan.

S.O.Osmanov va O.Yusupov 1967 yilda baliqlarda parazitlardan - Ichthyopthirius multifiliis, Dactylogyrus hypophthalmichthys, D.suchengtaii, Pseudacolpenteron pavlovskii, Cysticercus gryptorhynchus, Diplostomum spathaceum, Contracaecum squalii, Capillaria brevispicula, Piscicola geometra, Ergasilus sieboldi, Paraergasilus longidigitus, Caligus lacustris turlari uchrashini qayd etgan.




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish