Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Epizootologiyaning qonuniyatlari



Download 210 Kb.
bet12/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Epizootologiyaning qonuniyatlari. Epizootiyaning yuzaga kelishi va keng tarqalishiga olib keluvchi omillardan biri populyatsiyaning zichligi yoki g’uj bo’lib joylashish xususiyati bilan bog’liq hisoblanadi. Haqiqatdan xam uncha katta bo’lmagan hududda bitta turga mansub bo’lgan ko’p sondagi tur individlarining mavjud bo’lishi natijasida ularning o’zaro aloqalarga kirishish darajasi yuqori bo’lib, bir – biriga kasallik qo’zg’atuvchilarining yuqtirilishi ehtimolligi darajasi xam ortadi. Bundan tashqari, kasallangan hayvonlar ahlati orqali kasallik qo’zg’atuvchilarining (tuxumi, tsistalari, baketriyalar, viruslar, sporalar, parazit lichinkalari) mahalliy hududda yashovchi hayvonlani kasallantirishi kuchayadi va natijada kasallikning yoppasiga tarqalishi kuzatiladi. Ayrim holatlarda hayvonlarning zich joylashishi bitta kasallikning hudud bo’ylab tezlik bilan tarqalishiga olib kelishi kuzatiladi. Tarqoq holatda joylashgan populyatsiyalarda esa kasalangan hayvonlardan sog’lom hayvonlarga kasallik qo’zg’atuvchilarining yuqishi tasodifiy tarzda, kam hollarda qayd qilinadi. Ayniqsa, bu holat bo’yicha ko’pgina tasdiqlovchi vaziyatlar tibbiyotda va ekologiyada sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarning tabiatda son dinamikasini nazorat qilish yo’nalishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu holat baliqlarga xam tegishli hisoblanadi. Ko’p miqdorda baliqlar joylashgan suv havzalarida kasallik qo’zg’atuvchilari mavjud sharoitda, navbatdagi davrda suv havzalarida nisbatan baliqlar kam bo’lgan holatlarga nisbatan epizootiyalarning tezkor tarzda paydo bo’lishi va tarqalishi kuzatiladi. Ushbu ko’rinishda qishlovchi suv havzalarida karp baliqlari yetishtirish sharoitlarida baliqlar odatda g’uj holatda joylashadi va bu holatda tabiiy ko’l va daryolarda kam kuzatiluvchi epizootiyalarning yuzaga kelishi va keng tarqalishi qayd qilinadi. Bu keltirib o’tilgan ma’lumotlardan albatta baliqchilik suv havzalarida samarali faoliyat olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin emas, bunda birinchi navbatda baliqchilik suv havzalari xo’jaliklarida tegishli sanitar – profilaktik chora – tadbirlarning qat’iy tartibda va o’z vaqtida amalga oshirilishi bu joyda epizootiyalar paydo bo’lishi va tarqalishining oldini oladi. Epizootiyalarning paydo bo’lishi va keng tarqalishida ta’sirga ega bo’lgan yana bir muhim omillardan biri baliqlarning kasallikka moyillik darajasi bilan belgilanadi. Agar suv havzasiga bitta turga mansub baliqlar joylashtirilsa, u holatda turli xil baliqlar mavjud sharoitga nisbatan bu joyda epizootiyalar osonlik bilan tarqalishi kuzatiladi. Bu holat turli xil baliqlarning bitta kasallikka nisbatan turli xil darajada moyillik xususiyatini namoyon qilishi bilan bog’liq holatda izohlanadi. Suv havzasida turli xil baliqlarni aralash holatda joylashtirishda har bir baliq turi boshqalaridan ma’lum ma’noda alohidalangan bo’lib, bu esa o’z navbatida suv havzasida epizootiyalar tarqalishini susaytirishi kuzatiladi. SHu sababli epizootiyalar bilan kurashish nuqtai nazaridan alohida ayrim holatlarda suv havzalarida karp va lin baliq turini birgalikda, shuningdek karp va orfa baliq turini birgalikda yetishtirish tavsiya qilinadi. Biroq, baliqlarni birgalikda yetishtirish hamma holatlarda xam epizootiyalarga qarshi samarali natijalarga olib kelavermasligi qayd qilingan. Ushbu ko’rinishda, bir vaqtning o’zida bitta suv havzasida karp va karas (tovonbaliq) turini birgalikda yetishtirish sharoitida karp baliqlarining jabrasida yashashga moslagan parazitlar ta’sirida daktilogiroz kasalligining rivojlanishi uchun qulay sharoit yuzaga yelishi aniqlangan. Baliqlaning yoshiga bog’liq kasallikka moyillik xususiyatlarini hisobga olgan holatda epizootiyalarga qarshi kurash yo’nalishida suv havzalarida karp balig’ining bir yillik chavoqlarini ushbu mavsumda uvildiriqdan chiquvchi avlodlari bilan birgalikda boqish amalga oshiriladi. Ko’pincha holatlarda epizootiyalarning amalga oshish davomiyligi jadalligi buning ma’lum bir suv havzasida birinchi marta yoki takroriy tarzda yuzaga kelishi xususiyatlari bilan xam bog’liq hisoblanadi. Takroriy holatda epizootiyalar yuzaga kelgan sharoitlarda o’z navbatida baliqlarda immunitetning kuchsiz shakllanishi qayd qilinadi. Epizootiyadan keyin suv havzasida tirik saqlanib qolgan baliqlarda immunitet mexanizmlari nisbatan kuchli shakllangan bo’lib, ularda kasallik kuchsiz shaklda o’tadi. Biroq, bu ko’rinishdagi baliqlar tanasida kasallik infektsiyasi saqlanib qoladi va bu suv havzasiga joylashtirilgan yangi baliqlarda ushbu kasallik manbasi orqali zararlanish darajasi ortishi mumkin. Epizootiyalarning jadal rivojlanishiga ayrim holatlarda baliqlarning yangi suv havzalariga ko’chirilishida ularning tanasi jarohatlanishlari ham sezilarli ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Bunda baliqlar tanasiga jarohat yetkazmaslik maqsadlarida maxsus tutish vositalaridan foydalaniladi. Baliqlar tanasida bu sharoitda yuzaga keluvchi ayrim jarohatar tezda tuzalib ketishi mumkin, biroq jarohat orqali baliq tanasiga tushuvchi saprofit bakteriyalar va zambrug’lar tananing jarohatlangan sohasida shamollash jarayonlarini yuzaga keltirishi va navbatdagi bosqichlarda baliq organizmining kuchsizlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu jarohatlar orqali baliqlar tanasiga turli xil kasallik qo’zg’atuvchilari (bakteriyalar, zambrug’lar, viruslar) kirishi amalga oshadi. Baliqlarning yangi joylarga ko’chirilishi bevosita yangi iqlim sharoitlari bo’ylab amalga oshirilsa, u holda so’zsiz ravishda ularning kuchsizlanishiga olib keladi. Bu sharoitda baliqlar tanasiga yetkazilgan jarohatlar bevosita ularda kasallikning faol tarzda rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Baliqlar organizmi ko’chirish davomida kuchsizlanib, kasalliklarga qarshilik xususiyati sezilarli darajada susayadi va o’z navbatida kasallik qo’zg’atuvchilarining kuchsizlangan baliq tanasida virulentlik xususiyati ortadi. SHu sababli, ayrim holatlarda epizootiyalar aynan baliqlarning yangi joylarga ko’chirilishi vaqtida yuzaga keladi. SHunday holatlar xam kuzatiladiki, ko’chirilishi jarayonida baliqlar tanasida sezilarli darajada jarohatlanishlar bo’lmasada, suv havzasida mavjud bo’lgan parazitlar, kasallik qo’zg’atuvchilariga nisbatan baliqlar organizmi qarshilik xususiyati susayishi natijasida kasalliklar avj olishi qayd qilinadi. Ko’chirilgan paytda immuniteti susaygan baliqlarda kasallik jadal tarzda rivojlanishi bu vaqtda mahalliy baliqlarning tanasida immunitet yuqoriligi sababli ularning zararlanmasligi qayd qilinadi. SHuningdek, baliqlarning yangi suv havzalariga ko’chirilishida ular bilan birgalikda ko’pincha holatlarda yangi parazitlar, kasallik qo’zg’atuvchilari, ya’ni epizootiya manbalari xam keltiriladi. Tashqi muhit sharoitlarining keskin tarzda o’zgarishlari xam epizootiyalarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin (haroratning keskin o’zgarishlari, gidrologik, gidrokimyoviy rejim ko’rsatkichlarining tebranishlari va boshqalar). SHuningdek, bunda ozuqa tarkibi va uning miqdori xam jiddiy o’rin tutadi. To’la qimmatli tarkibga ega bo’lmagan sifatsiz ozuqalar baliqlar organizmida parazitar bo’lmagan kasalliklarning (moddalar almashinuvi me’yoriy holatdan buzilishi, avitaminoz) yuzaga kelishiga olib keladi, bunda baliqlar organizmi kuchsizlanadi va bu sharoitda esa parazitar kasalliklar (infektsiya va invaziyalar) yuzaga kelish ehtimolligi ortadi. Ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanishicha, tajribalarda tarkbiida yetarli miqdorda yog’lar, uglevodlar, oqsillar va vitaminlar mavjud bo’lgan ozuqa bilan oziqlantirilgan baliqlarda xo’jayin tanasidan ayrim turdagi parazitlarning tushib ketishi qayd qilingan. Ayrim holatlarda to’la qimmatli hisoblangan sifatli ozuqa bilan oziqlanishi natijasida baliqlar tanasida mavjud bo’lgan parazitlar rivojlanishi susayadi, ularning jinsiy jihatdan voyaga yetishi yakunlanmay qoladi. Biroq, ayrim kasallik qo’zg’atuvchilari shu darajada kuchli virulentlik xususiyatiga ega hisoblanadiki, bu holatda baliqlarning ozuqa tarkibi yaxshilanishi kasallik qo’zg’atuvchilariga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.

Ayrim holatlarda epizootiya va epidemiyalarning yuzaga kelishida ma’lum bir joy va suv havzalarida kasallik qo’zg’atuvchilarining oraliq (yoki yakuniy) xo’jayinlarining parazitlar rivojlanish tsikli uchun yetarli miqdorda mavjudligi hal qiluvchi o’rin tutadi. Masalan, baliqlar qoni tarkibida tripanoplazmalar mavjudligi suv havzasida zuluklarning mavjudligi bilan bog’liq bo’lib, zuluklar vositasida bu parazitlar baliqlarga yuqadi. Opistorxis so’rg’ichlisi (Opisthorchis felineus) odam jigarida, it va mushuklar jigarida yashashga moslashgan bo’lib, ayrim holatlarda geografik jihatdan ushbu parazitning oraliq xo’jayini – molyuska turi Bytinia leachi mavjud bo’lmasligi natijasida ushbu parazitlar umuman uchramasligi qayd qilinadi.




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish